―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


 Furfurol bilan neft moylarni tozalash qurilmasi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

11.3. Furfurol bilan neft moylarni tozalash qurilmasi
 
Neftni moyli fraksiyalarini tozalash qurilmasi-rafinat olish uchun neftning 
moyli xomashyosidan keraksiz bo‗lgan komponentlari chiqarib yuborish uchun 
mo‗ljallanadi [6]. Xomashyo moyli distillyatlar yoki deasfaltizat bo‗lishi 
mumkin. Qurilmada rafinatdan tashqari qo‗shimcha mahsulot-ekstrakt olinadi. 
Rafinatning chiqishi xomashyoning sifatiga va uni talab bo‗yicha chuqur 
ishlashga bog‗liq bo‗ladi hamda chiqishi 60-90 % (mass.)ni tashkil qiladi, 
qurilmada yuqori indeksli komponent ishlanganda rafinatning chiqishi 
kamayadi. Bunday jarayondan dizel distillyatlarini va pech yoqilg‗ilarini 
tozalashda, katalitik kreking xomashyosini, katalitik gazoyl‘-retsirkulyatlarini, 
texnik uglerod ishlab chiqarishda xomashyoni tozalashda qo‗llaniladi [7]. 
Qurilmaning 
tarkibiga 
quyidagi 
seksiyalar 
kiradi: 
xomashyoni 
deaeratsiyalash; 
ekstraksiyalash; 
rafinat 
eritmasidan 
furfurolni 
regeneratsiyalash; ekstrakt eritmasidan furfurolni regeneratsiyalash; suvli 
eritmalardan furfurolni ekstraktsiyalash.
Sanoatda bir oqimli hamda yiriklashtirilgan kombinatsiyali (ikki oqimli) 
qurilmalar amalda 
mavjud, qaysiki, ular ikkita deaeratsiyalash va 
ekstraktsiyalash 
seksiyalari 
mavjud, 
rafinat 
eritmalardan 
furfurolni 
regeneratsiyalashning ikkita seksiyasi (bir xil turdagi yoki birdaniga ikki xil 
turdagi xomashyoni tozalashni imkoniyati mavjud) va ekstrakt eritmalaridan 
eritgichlarni regeneratsiya qilish seksiyalar. Xomashyoni bir oqimini tozalashni 
(ikkinchi chiziq birinchi chiziqqa o‗xshashdir) va ekstrakt va suvli eritmalarning 
aralashmasidan furfurolni regeneratsiyalashni umumiy blokini texnologik 
sxemasi 11.2-rasmda keltirilgan. 


458 
Xomashyo nasos (1) issiqlik (2) almashtirgich orqali deaeratorga (3) 
beriladi. Kolonnadan (26) olib kelinadigan xomashyo suyuq furfurol yordamida 
issiqlik almashtirgichda (26) qizdiriladi. Deaeratsiya suv bug‗i yordamida (9,97 
MPa) vakuumda olib boriladi. Havo va suvning bug‗lari vakuum-hosil qiluvchi 
tizim yordamida surib olinadi. Deaeratorning pastki qismidan (3) olinadigan 
xomashyo nasos (6) olinib issiqlik almashtirgichda (8), havoli va suvli 
sovutgichlarda (5 va 10) sovutiladi va rotorli-diskli kontaktorning (12) pastki 
qismiga kirib keladi. Shu kontraktorning yuqori qismiga nasos (27) yordamida 
kolonnaning pastki qismida joylashgan (26) buferli yig‗gichdan quruq furfurol 
beriladi. Quruq eritgich oldindan issiqlik almashtirgichda (2) va havo 
sovutgichda (7) sovitiladi. 
Kontaktorda haroratning gradiyentini hosil qilish uchun hamda rafinatni 
ajralish aniqligini oshirish va chiqishini kuchaytirish uchun ekstrakt eritmasini 
sovutgich (13) orqali va nasos (11) yordamida mavhum-rafinat tindirgich (13*)
apparatini pastki qismidan sirkulyatsiya bo‗lishi oldindan tayyorlanadi. Rafinat 
eritmasi kontaktorning (12) yuqori qismidan qobul qilgichga (4) olib o‗tiladi, 
ekstrakt eritmasi esa tindirgichning (13*) o‗ng qismidan nasos (14) yordamida 
eritgichni regeneratsiyalash seksiyasiga yo‗naltiriladi. 
Rafinat eritmasidan furfurol ikki pog‗onada regeneratsiyalanadi. Rafinat 
eritmasi qabul qilgichdan (4) olib ketiladi va nasos (5) yordamida issiqlik 
almashtirgich (18) va zmeyevikning quvurli pechi (20) orqali kolonnaga (15) 
beriladi. Shu kolonnaning o‗zida rafinat eritmasidan vakuum ostida furfurolning 
asosiy qismi regeneratsiyalanadi. Pechning qizdirish (20) harorati 215°С dan 
oshib ketmaydi, qaysiki, furfurol past haroratli termik barqarorlikka egadir. 
Quruq furfurolning bug‗lari kolonnadan (15) havoli sovutish apparatiga (33)
keyin esa sovutgichga (34) beriladi. Bu yerdan furfurol vakuumli qabul 
qilgichga (35) oqib o‗tadi. Qabul qilgichdan (35) quruq furfurol sug‗orish 
sifatida nasos yordamida (sxemada ko‗rsatilmagan) kolonnalarga (15,24,29 va 
32) beriladi. Furfurolning qoldiq qismi ekstraktsiyalash seksiyasiga 
yo‗naltiriladi.


459 
Rafinat eritmasi kolonnaning (15) pastki qismidan bug‗lantirish 
kolonnasiga (16) oqib o‗tadi, bu yerdagi furfurolning qoldig‗i esa kolonnaning 
pastki qismiga berilayotgan suv bug‗ining o‗tkir bug‗lari yordamida olib 
chiqiladi. Shu kolonnaning o‗zida vakuum ushlab turiladi. Furfurolning va 
suvning bug‗lari kolonnaning (16) yuqori qismidan havoli sovutish apparatiga 
(41) kirib keladi; kondensat sovutgich (40) orqali o‗tib, vakuum-qabul qilgichda 
to‗planadi. 
Nasos (38) namli furfurolni tindirgichga (45) uzatish uchun xizmat qiladi. 
Rafinat kolonnaning (16) pastki qismidan nasos (17) yordamida issiqlik 
almashtirgich (18) va havoli sovutish apparati (19) orqali qurilmadan 
rezervuarga olib chiqiladi. 
Furfurol ekstrakt eritmasidan to‗rt bosqichli regeneratsiyalanadi. Ekstrakt 
eritmasi tindirgichdan (13) issiqlik almashtirgich (8,23 va 21) orqali 
zmeyevikdagi quvurli pechga (20) uzatiladi, u yerdan namli furfurolni quvish 
uchun 0,22 MPa bosim ostida ishlaydigan bug‗lantirish kolonnasiga (24) 
yo‗naltiriladi. Bu kolonnada ekstrakt eritmasining tarkibidagi furfurol va hamma 
namlikning 30 % (massasiga) bug‗lantiriladi. 
Kolonnaning yuqori (24) qismidan chiqadigan furfurol va suvning 
bug‗lari issiqlik almashtirgichda (23) kondensatsiyalanadi (23) va hosil bo‗lgan 
kondensat quritish kolonnasiga (26) kirib keladi va u yerda furfurol 
suvsizlantiriladi. Shu kolonnaning yuqorisida azeotrop furfurol aralashmasi-suv 
kolonnada (0,15 MPa bosimda va 110°С haroratda) ishchi bosim ostida qaynash 
haroratida ushlab turiladi. Kolonnaning (26) haydovchi zonasining pastki 
qismida pastki likopchaning tagida va kub qismida ishchi bosim ostida furfurol 
bug‗larining kondensatsiyalanish harorati ushlab turiladi. Kolonnaning (26) 
pastki qismidagi harorat pasayganda eritgich suvlanadi va rafinatning sifati 
yomonlashadi. 
Ekstrakt eritmasi kolonnaning (24) pastki qismidan nasos (25) yordamida 
zmevikning quvurli pechi (28) (230°Сdan yuqori haroratda qizdiriladi) orqali 
yuqori bosimli evaporatorga (29) yo‗naltiriladi. Furfurol bug‗lari apparatdan 


460 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin