447
Xulosa
Aromatik uglevodorodlarni olish uchun (benzol, toluol, paraksilol,
metaksilol, ortoksilol va etilbenzol) katalitik riforming
jarayonidan olingan
mahsulotlardan foydalaniladi. NQIZ blokida aromatik uglevodorodlarni ishlab
chiqarish mavjud bo‗lganda uni tuzilishi aniq mahsulotlarni ishlab chiqarishi
aniqlanadi. Hozirgi vaqtda benzol va paraksilol
xom ashyosidan kimyo
sanoatida
keng
foydalaniladi.
Aromatik
uglevodorodlar
desorberdagi
ekstragenda bug‗lantiriladi. Regeneratsiya qilingan absorbent issiqlik
almashtirishdan o‗tgandan keyin absorberga qaytariladi. Uning bir qismi termik
destruksiya mahsulotlaridan tozalashga olinadi. Bunday texnologiya asosida
faqat benzol va toluol ishlab chiqarishni kengaytirmasdan
umumiy ksilolni
oshirish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari bu texnologiya asosida har xil
xomashyolarni olishdan tashqari chegaralanmagan uglevodorodlarga boy
mahsulotlarni olish mumkin. Avtomobil benzinlarini ishlab chiqarishda ularning
oktan sonini doimiy
oshirishga intilish kuzatiladi, chunki yuqori oktanli
benzinlardan foydalanish karbyuratorli dvigatellarning gabaritini oshirmasdan
turib quvvatini oshirishga va bir vaqtda yoqilg‗ining
solishtirma sarfini
kamaytirishga imkon beradi. Paraksilolni past haroratda kristallash yangi
texnologiyasida ishonchli va yuqori unumdor jihozlardan foydalanish,
shuningdek issiqlik va material oqimlarini optimallashtirish
hisobiga qurilma
ishining samaradorligini oshirishga va paraksilolni adsorbsion chiqarish
qurilmasining
ba‘zi
ko‗rsatgichlari
bo‗yicha
ustunlikka
erishilgan.
Aromatiklarni
ajratib
olish
uchun
yuqori
ajratuvchan
Solventlarni
(ekstragentlar), aromatik halqani tashkil qiluvchi molekulalararo ta‘sir kuchi
noaromatik birikmalar molekulalari ta‘sir kuchidan farq qiluvchi molekulalararo
o‗zaro ta‘sir kuchini qo‗llash mumkin. Amaliyotda retsirkulyatsiya sikllarining
yetarlicha ko‗p sonida Solventda yengil va og‗ir uglevodorodlar va noaromatik
qo‗shimchalar yig‗ilishi yuz beradi. Agarda xomashyo
tarkibida naftenlar va
olefinlar ko‗p bo‗lsa bu ta‘sir yanada kuchayishi mumkin, bu esa energiya
sarfini sezilarli darajada oshiradi. Ikki komponentning
toza aralashmasida
448
benzol geptanga nisbatan ko‗proq uchuvchi birikma hisoblanadi. Biroq, yuqori
ajratuvchan Solvent qo‗shilganda geptanning uchuvchanligi benzolning
uchuvchanligidan yuqori bo‗lib qoladi, a uchuvchanliklar nisbati qanchalik katta
bo‗lsa, ajratish shunchalik yengil kechadi.
Dostları ilə paylaş: