451. Valyuta birjalari qanday infratuzilma tarkibiga kiradi? # Moliya bozori infratuzilmasi
452. Ishga joylashtirish firmalari qanday infratuzilma tarkibiga kiradi? # Mehnat bozori infratuzilmasi
453. Tizimli risklar - … # bu xatar ta’siriga ba’zi bir qimmatli qog’ozlar emas, balki butun bozor, uni katta qismi uchraydi
454. Tizimsiz risklar - … # bunda xatarga ba’zi bir qimmatli qog’ozlar yoki ularning majmuasi uchraydi
455. Quyidagilardan qaysi biri tizimli risklarga xos emas? # Bunda ma’lum bir korxonaning qimmatli qog’ozlari xatarga uchraydi
456. Quyidagilardan qaysi biri tizimsiz risklarga xos emas? # Bunda butun bozor yoki uning katta qismi xatarga uchraydi
457. Quyidagilardan qaysi biri tizimli risk tarkibiga kirmaydi? # Tadbirkorlik riski
458. Quyidagilardan qaysi biri fors-major riski tarkibiga kirmaydi? # inflyatsiya
459. Loyiha ishtirokchilari riski – bu… # loyiha faoliyati doirasida ishtirokchilarning o’z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburan bajarmasligi
460. Loyiha smeta qiymatining oshish riski – bu… # loyihalashdagi xatolar, loyihani amalga oshirish shartlarini o’zgarishi
461. Sotish riski – bu… # loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot bahosining pasayishi
462. Mamlakat riski – bu… # loyiha amalga oshirilayotgan davlat siyosatining o’zgarishi
463. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy risk tarkibiga kirmaydi? # Sotish riski
464. Quyidagilardan qaysi biri ishlab chiqarish riskiga kirmaydi? # Mahsulot bahosining pasayishi
465. Quyidagilardan qaysi biri huquqiy risk kelib chiqishiga ta’sir ko’rsatmaydi? # Ishlab chiqarish davomiyligining buzilishi
466. Quyidagilardan qaysi biri fors-major riski tarkibiga kiradi? \# Tabiiy ofatlarning ro’y berishi
467. Tabiiy ofatlar bilan bog’liq risk qanday ataladi? # Fors-major riski
468. Quyidagilardan qaysi biri boshqaruv riski tarkibiga kiradi? # menejment darajasining pastligi va xatolari
469. Loyiha amalga oshirilayotgan davlat siyosatining o’zgarishi bilan bog’liq risk qanday ataladi? # Mamlakat riski
470. Loyihalashdagi xatolar, loyihani amalga oshirish shartlarini o’zgarishi bilan bog’liq risk qanday ataladi? # Loyiha smeta qiymatining oshish riski
471. Menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog’liq risk qanday ataladi? # Boshqaruv riski
472. Loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot bahosining pasayishi bilan bog’liq risk qanday ataladi? # Sotish riski
473. Loyiha faoliyati doirasida ishtirokchilarning o’z majburiyatlarini bajarmasligi bilan bog’liq risk qanday ataladi? # Loyiha ishtirokchilari riski
474. Loyiha ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar olishi bilan bog’liq risk qanday ataladi? # Ma’muriy risk
475. Investitsiya risklarini baholashda xarajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish hajmini aniqlash usuli qanday ataladi? # Zararsizlik nuqtasini aniqlash usuli