92
mos kelishini nisbatan haqiqiy ishlab chiqaradigan ikkita usul mavjud: motor
metodi va tadqiqotlash metodi. Oktan soni bu ikki aniqlanmaning o‗rtachasi
bo‗yicha aniqlanadi.
Qo‗shmalar (prisadka).
Amalda hamma benzinlarning tarkibida har xil
qo‗shmalar mavjud bo‗ladi, shundan smola hosil qiluvchi ingibitorlar va eng
ko‗p miqdorda bo‗yoqlar. Sanoati rivojlangan ko‗pgina davlatlarda qonuniy
ravishda benzindagi qo‗rg‗oshinli birikmalarni ko‗rsatgichi pasaytirilgan
(etillangan benzinning tarkibida tetraetilqo‗rg‗oshin oktan sonini oshiradi va
umumiy benzinning 20% ni tashkil qiladi ).
Kerosin
– bu yengil uchuvchan va uchuvchan yoqilg‗i hisoblanadi.
Birlamchi davrda kerosin faqat yoritish sifatida foydalanilgan, keyingi davrda
esa nonvoyxonalarda, isituvchi va qizdiruvchi asboblarda, fermalardagi
jihozlarni isitishda hamda motor yoqilg‗isini ko‗p komponentlari sifatida
foydalanilmoqda. Eng yaxshi kerosinning rangi (taxminan 250-300 mm.li
Shtammer shkalasiga ega bo‗ladi), pilikni yetarlicha bir meyorda shimilishi
uchun qovushqoqlikka ega bo‗lishi va hakozolar. Kerosinning xavfsizligi
yorituvchi chiroqlarda qo‗llanilganda standart alangalanishga ega bo‗lishi kerak.
Kerosin juda sekin shishi yoki metall kosachalarda qizdiriladi.
Dostları ilə paylaş: