―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


 Rektifikatsiya kalonnalarining harorat rejimini rostlash usullari



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

3.7. Rektifikatsiya kalonnalarining harorat rejimini rostlash usullari
 
Rektifikatsiya kalonnalarining normal ishlashi va haydalgan mahsulotdan 
talab qilinadigan sifati, issiqlik rejimini rostlash – kolonnaning konsentratsiyasi 
seksiyasidan issiqlikni olish va haydovchi seksiyasiga issiqlik berish, 
shuningdek xomashyoni optimal haroratgacha qizdirish yo‗li bilan 
ta‘minlanadi. Neftni haydashning ishlab chiqarish jarayonlarida kolonnalar 
balandligi bo‗yicha harorat rejimini rostlashning quyidagi usullari qo‗llaniladi 
(3.7-rasm). 
konsentratsiyalash seksiyasida issiqlikni olish:
a) parsial kondensatordan foydalanish; 
b) bug‗lanuvchi (sovuq) ta‘minotni tashkil qilish; 
v) bug‗lanmaydigan (sirkulyatsion) ta‘minotni tashkil qilish; 
Haydash seksiyasiga issiqlikni berish:
a) rektifikatsiya qoldig‗ini isitgichda bug‗ muhitida qizdirish; 
b) trubali pechda qizdirilgan qoldiq qismi sirkulyatsiyasi yo‗llari bilan 
amalga oshiriladi. 
Parsial kondensator - 
kolonna ustida gorizontal yoki vertikal o‗rnatilgan, 
qoplama trubali issiqlik almashinuvchi apparatdir. Sovituvchi agent bo‗lib suv, 
ba‘zan dastlabki xomashyo xizmat qiladi. Quvur oralig‗i qismiga kelib 
tushuvchi bug‗lar qisman kondensatsiyalanadi va yuqori likopchaga 
ta‘minlovchi ko‗rinishida qaytadi, rektifikat bug‗lari esa kondensatordan olinadi. 
Kondensator montajining va xizmat ko‗rsatishning qiyinligi va sezilarli 
korroziyasi tufayli bu usul cheklangan darajada qabul qilinadi (kamtonnajli 
jihozlarda va zarur hollarda 
rektifikat bug‗ ko‗rinishida
olinadi). 
Sovuk (o‗tkir) ta‘minot 
(3.8-rasm). Bu usul neftni qayta ishlash 
amaliyotida kolonna yuqorisidan issiqlikni olishning eng ko‗p tarqalgan usuli. 
Kolonna yuqorisidan ko‗tariluvchi bug‗ oqimi kondensator-xolodil‘nik (suvli 


153 
yoki havoli)da to‗liq kondensatsiyalanadi va idishga yoki ajratgichga tushadi, u 
yerdan rektifikator bir qismi nasos yordamida sovuq bug‗lanuvchi ta‘minot 
sifatida rektifikatsiya kolonnaga qayta beriladi, uning balans qiymati esa oxirgi 
mahsulot sifatida olinadi. 
Sirkulyatsion bug‗lanmaydigan ta‘minot 
(3.8 v-rasm). Kolonna 
konsentratsiya seksiyasidan issiqlikni olishning bu varianti neftni qayta ishlash 
texnologiyasida kolonnaning nafaqat yuqori qismida, balki murakkab 
kolonnilarda o‗rta kesimlarida xam haroratni rostlashda keng qo‗llaniladi. 
Sirkulyatsiya ta‘minotni hosil qilish uchun kolonnaning ba‘zi likopchalaridan 
flegma (yoki yon distillyat) bir qismi chiqarib olinadi, issiqli almashinuvchi 
apparatda dastlabki xomashyoga issiqlik berib sovitiladi, shundan so‗ng nasos 
orqali yuqorida turuvchi likopchalarga qaytadi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin