3.9. Suv bug‗i bilan haydashning o‗ziga xosligi
Neftni haydashning sanoat qurilmalari bo‗lgan atmosferali va vakuumli
kolonnalar pastki qismiga qo‗shimcha issiqlik berish uchun, kub qoldiqlari –
mazut va gudronning haroratga barqarorligi past bo‗lganligi sababli, bug‗
muhitli isitgich yoki ―issiq oqim‖ kabi usullarni qo‗llash nomaqbul hisoblanadi.
Shu sababli, bu kolonnalarning haydash seksiyasida talab qilingan bug‗
ta‘minotini hosil qilish maqsadida, shuningdek neftning past qaynovchi
fraksiyalarini bug‗latish maqsadida amaliyotda suv bug‗ini uzatish orqali
haydash keng qo‗llaniladi.
Haydash seksiyasiga suv bug‗i kiritilganida bug‗larning parsial bosimi
pasayadi va suyuqlikni xuddi qizib qolganga o‗xshab bug‗lanishga undovchi
sharoit hosil bo‗ladi (ya‘ni suv bug‗i ishi vakuumga o‗xshash). Bunda,
bug‗larning bug‗lanishi uchun kerak bo‗ladigan issiqlik suyuqlikning o‗zidan
olinadi va bu orqali u soviydi. Suyuqlikning suv bug‗i yordamida hosil qilingan
bug‗lanishi, qachonki haroratni tushirishda suyuqlik bug‗lari tarangligi parsial
bosimga teng darajaga tushganda to‗xtaydi. Shunday qilib, kontaktning har bir
nazariy bosqichida ushbu sharoitga mos fazalar muvozanati o‗rnatiladi.
Haydash seksiyasi va bug‗latish kolonnasida suv bug‗i uzatish bilan
kechadigan haydashga o‗xshash mexanizmni ko‗rib chiqamiz.
Kolonna pastki qismidan berilgan suv bug‗i suyuqlik (kub qoldig‗i yoki
yon haydash) ni bug‗latishda hosil bo‗lgan bug‗lar bilan birga yuqoriga
ko‗tariladi, yuqorida joylashgan likopchalarda oqib tushayotgan suyuqlik bilan
kontaktga kirishadi. Likopchadan likopchaga oqib tushuvchi suyuqlikda issiqlik
va massa almashinuvi natijasida, yuqoridan pastga qarab yo‗nalishda past
158
qaynovchi komponentlar konsentratsiyasi kamayadi. Shu yo‗nalishda
suyuqlikning bir qismi bug‗lanishi natijasida likopchalarda harorat ham kamayib
boradi. Shu bilan birga, qanchalik ko‗p miqdorda suv bug‗i va ularning
parametrlari (harorat va bosim) past qilib uzatilsa, shunchalik kub suyuqligi
ko‗proq past haroratgacha sovutiladi. Rektifikatsiya va suv bug‗ining bug‗latish
ishi samarasi har keyingi likopchada shunday ko‗rinishda pasayib boradi.
Shunday ekan, bug‗latish likopchalari sonini va suv bug‗i sarfini ma‘lum
chegaragacha oshirish maqsadga muvofiqdir. Qizdirilgan suv bug‗ining
bug‗latishga eng ko‗p samarali ta‘siri, uning sarfi dastlabki xomashyo
massasining 1,5... 2,0% ga teng bo‗lganda namoyon bo‗ladi. Neftni haydash
qurilmalari atmosferali kolonnalarida suv bug‗i umumiy sarfi 1,2 - 3,5 ni,
mazutni haydash vakuumli kolonnalarida esa haydaladigan xomashyo
massasining 5.8% ni tashkil etadi.
Bug‗latuvchi agent sifatida suv bug‗ini qo‗llashning quyidagi
kamchiliklarini ko‗rsatish lozim:
haydash va kondensatsiyalashga energiya (issiqlik va sovuqlik) sarfining
oshishi;
bug‗ bo‗yicha kolonna yuklamasining oshishi apparat diametrini
oshirishni va likopchalar orasidan suyuqlikni olishga olib keladi;
issiqlik
almashgichlarda
issiqlik
regeneratsiyasi
sharoitining
yomonlashuvi;
kolonna va boshqa apparatlarda qarshilik va bosimning oshishi;
neft mahsulotlarining suvlanishi va ularni quritishga ehtiyoj paydo
bulishi;
neft apparaturalarida korroziyaning kuchayishi va ko‗p miqdorda
ifloslangan oqova suvlarning paydo bo‗lishi.
Shu tufayli oxirgi yillarda butun jahon neftni qayta ishlash sohasida suv
bug‗ini qo‗llashni kamaytirish va quruq haydash texnologiyasi qurilmalariga
o‗tishga jiddiy intilish yuzaga kelgan.
|