165
samaradorligining asosiy ko‗rsatgichlari rektifikatsiya kolonnaning funksional
vazifasidan
kelib chiqib, qo‗yiladigan talabni eng ko‗proq qanoatlantiradigani
tanlanadi. Shunday qilib, vakuumli kolonnalarda imkon qadar kamroq gidravlik
qarshilikka ega kontakt qurilmalarini qo‗llash afzaldir.
Nasadkali kolonnalar asosan kam hajmli ishlab
chiqarishlarda va zarur
hollarda kam bosimlar farqi bilan kechadigan massa-almashinuv jarayonlarida
qo‗llaniladi.
Nasadkalarga quyidagi asosiy talablar qo‗yiladi:
- katta solishtirma yuza;
-suyuqlik bilan yaxshi ho‗llanuvchanlik;
-kam gidravlik qarshilik;
-suyuqlik va gaz (bug‗) oqimlarining tekis taqsimlanishi;
-yuqori kimyoviy va
mexanik chidamlilik;
-past narx (qiymat).
Ko‗rsatilgan talablarning barchasini to‗liq qanoatlantiradigan nasadkalar
mavjud emas, chunki ba‘zi bir talablar bir-biriga zid, masalan 1 va 3 punktlar.
Nasadkali kolonnalardan normal foydalanishda
massa-almashinuvi asosan
nasadka yuzasida ho‗llanuvchi suyuqlik bilan pardali rejimda kechadi. Tabiiyki,
nasadkalar solishtirma yuzasi qanchalik ko‗p bo‗lsa, massa-almashinuv
jarayonini samaradorligi ham shuncha ko‗p bo‗ladi.
Faqatgina, yuqori
solishtirma yuzali nasadkalar yuqori gidravlik qarshilik bilan tavsiflanadi.
Kimyo va neftgazni qayta ishlash sanoatida shakli va hajmiga ko‗ra
turlicha, turli materiallardan tayyorlangan (
keramik, chinni, stal‘ temir,
plastmassa va b)
nasadkalar qo‗llaniladi.
Rostlanmaydigan (to‗kma) nasadkalarning
ularni katta hajmli ishlab
chiqarishlarda qo‗llanishini cheklaydigan asosiy kamchiligi – apparat kesimi
bo‗ylab kontaktlashuvchi oqimlar taqsimlanishining notekisligidir. To‗rdan,
perforatsiyalangan
metall listdan, ko‗p qavatli to‗rlardan va h.k.lardan
tayyorlangan rostlanuvchi nasadkalar, halqali va egarli an‘anaviy nasadkalarga
nisbatan suyuqlik va bug‗ (gaz) ni tekisroq taqsimlanishini ta‘minlaydi.
Bundan
166
tashqari, ular 1 ta nazariy likopchada 1.2 mm sm.ust. (130...260 Pa) gacha
kichik gidravlik qarshilik kabi favqulotda muhim afzallikka ega.
Dostları ilə paylaş: