―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


* —, **  — rostlanadigan kesimli kontakt fazalari.  3.8-rasm. Massa almashinuv jarayonlari kontakt qurilmalari klassifikatsiyasi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

* —, ** 
— rostlanadigan kesimli kontakt fazalari. 
3.8-rasm. Massa almashinuv jarayonlari kontakt qurilmalari klassifikatsiyasi 
Kesishib oquvchi likopchalar (elaksimonini hisobga olmaganda), 
suyuqlikning ularda bo‗lish vaqti boshka turdagi likopchalarga nisbatan 
ko‗proqligi uchun, ajratuvchi qobiliyatining kattaligi bilan tavsiflanadi. 
Qalpoqchali likopchalarning kamchiligi solishtirma unumdorligining pastligi, 
nisbatan 
yuqori 
gidravlik 
qarshilik, 
metall 
sig‗imining 
kattaligi, 
tayyorlanishning murakkabligi va narxining yuqoriligi hisoblanadi.
Parchalovchi elakli likopchalar qalpoqchali likopchalarga nisbatan 
kichikroq gidravlik qarshilikka, yuqori unumdorlikka hamda tor ishchi 
diapazonga ega. Ular vakuumli kolonnalarda ko‗proq qo‗llaniladi. 
Klapanli va ballastik likopchalardan, asosan gaz tezligining o‗zgaruvchan 


162 
sharoitlarda ishlashga mo‗ljallanganligi sababli oxirgi vaqtlarda foydalanilishi 
kengroq tarqalmoqda va kontakt qurilmalarining eski konstruksiyalarini asta - 
sekin siqib chiqarmoqda.
3.9-rasm. Qalpoqcha va klapanlarning turlari

qalpoqchalar: a-dumaloq; b-oltiburchakli; v-to‗g‗ri burchakli; g-tarnovli; d - S-simon
klapanlar: ye-to‗g‗ri burchakli; j-pastki cheklagichli dumaloq; z- yuqori cheklagichli 
dumaloq; i-ballastli; k-kesishib oquvchi ejeksion diskli; l-kesishib to‗g‗ri oquvchi plastinkali; 
m- S-simon klapanli qolpoqcha; 1- likopcha diski; 2-klapan; 3-cheklagich; 4-ballast 
Klapanli likopchalarning ishlash prinsipi shundan iboratki, likopcha 
tuynugi ustida erkin yotuvchi turli shakldagi klapan likopcha tekisligi va klapan 
orasidagi bo‗shliq maydoni qiymatini gazbug‗ yuklamasiga bog‗liq holda 
avtomatik rostlaydi va bu bilan gazning doimiy (klapanning ko‗tarilish 
balandligi chegarasida) tezligini va o‗z navbatida likopchada umumiy gidravlik 
qarshilikni ta‘minlaydi. Klapanning ko‗tarilish balandligi cheklagich(to‗siq) 
(kronshteyn, oyoqchalar) balandligi bilan cheklanadi. 
Ballastli 
likopchalar klapanli likopchalardan ularda yengil klapan va 
cheklagich orasida klapandan og‗irroq bo‗lgan ballast o‗rnatilganligi bilan 


163 
farqlanadi. Klapan gaz va bug‗ning katta bo‗lmagan tezligida ko‗tarilishni 
boshlaydi. Natijada ballastli likopcha, faqatgina klapanli likopchaga nisbatan 
ishga ancha ertachiroq kirishadi, kengroq ishchi diapazoniga, anchagina ajratish 
samaradorligiga (15...20 % ga) va kichik gidravlik qarshilikka (10.15 % ga) ega 
bo‗ladi.
Aralash qalpoq-klapanli likopchalar qalpoqchaliga nisbatan ko‗proq 
rivojlanayotgan va samaraliroqdir. Shunday qilib S – simon likopcha klapan 
bilan quyidagicha ishlaydi: gaz (bug‗) past tezliklarda S – simon elementlar 
kesik joylari orqali o‗tadi va gaz ma‘lum tezlikka erishganda klapanni ishga 
qo‗shadi. Likopchalarning bunday ikki bosqichli ishi rektifikatsion kolonna 
unumdorligini 25....30% ga oshirishga va ishchi yuklamasining keng 
diapazonlarida ajratishning yuqori samaradorligini saqlashga imkon beradi. 
Kesishib to‗g‗ri oquvchi likopchalar 
kesishib oquvchilardan, ularda gaz 
(bug‗) energiyasi suyuqliklarning likopcha bo‗ylab yo‗naltirilgan harakatini 
tashkil etishda foydalaniladi, bu bilan ko‗ndalang notekislik va suyuqlikning 
likopchada qayta aralashib ketishining oldi olinadi va natijada kolonnaning 
unumdorligi oshadi. Faqatgina ularda kontakt samaradorligi kesishib oquvchi 
likopchalarga nisbatan birmuncha kamroq. 
Klapanli likopchalar yangi avlodlari orasidan, mamlakatlar NQIZlariga 
joriy qilinishi neftni haydash qurilmalari texnik-ikqtisodiy ko‗rsatgichlarini 
yaxshilashga imkon yaratgan, diskli ejeksion (kesishib oquvchi) va plastinkali 
kesishib to‗g‗ri oquvchi likopchalarni ajratish mumkin. 
Ejeksion klapanli likopcha bu teshikli (0...90 mm) tasma va qo‗yuluvchi 
uskunali likopcha. Likopcha tasmasi teshiklariga, ejeksiyali kanallarga 
suyuqlikning bir tekis oqishi uchun taqsimlovchi tumshuqqa ega bo‗lgan, 
suyuqlik ejeksiyasi uchun teshigi (kanali) bo‗lgan botiq diskdan (0 - 110 mm) 
iborat klapanlar o‗rnatiladi. Klapanlar 4 ta cheklovchi oyoqchalar va 12 ta 
ejeksiyali kanallarga ega. Ularning qalinligi 0,8...1,0 mm bo‗lgan 
zanglamaydigan po‗latdan shtamplab tayyorlanadi. Bitta klapan massasi bor 
yo‗qi 80 - 90 gr ni tashkil qiladi (bug‗ muhitli kapsulali esa – 5 - 6 kg). 


164 
Bug‗larning minimal yuklamasida klapanlar dinamik rejimda ishlaydi. 
Yuklamani oshirish davomida klapanlar cheklagichga tirgalguncha ko‗tariladi 
va klapanlar ustida suyuqlik ejeksiyasi boshlanadi hamda bu klapan ustidagi 
bo‗shliqda suyuqlikning jadalroq aralashuviga imkon beradi. Klapandagi 
taqsimlovchi tumshuq kolonna to‗xtatilganda likopchadan suyuqlikning to‗liq 
oqimini ta‘minlaydi. 
Sanoat-tajriba sinovlari ularning quyidagi yuqori ishlatish afzalliklarini 
ko‗rsatadi: yuklamaning keng diapazonlarida suyuqlikni olmasdan turib tekis va 
barqaror ishlashini; favqulodda yuqori FIK (~ 80 - 100%), qalpoqchali 
likopchalar unumdorligidan ~ 20% ga oshuvchi yuqori unumdorlik va h.k.
3.10-rasmda ba‘zi likopchali kontakt qurilmalarining samaradorliklari 
taqqoslanishi keltirilgan. Ko‗rinib turibdiki, gidgavlik qarshilik bo‗yicha eng 
yaxshi ko‗rsatgichlarga elakli va S – simon klapanli likopchalar, FIK bo‗yicha 
esa – ballast klapanli va S – simon klapanli likopchalar ega. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin