Nazorat savollari
1.Neftni qayta ishlash zavodlaridagi texnologik jarayonlarni ikki
guruhga sinflash mumkinmi?
2.Termik jarayonlarni kimyoviy reaksiyalarni olib borilishiga
muvofiq qanday turlarga bo‗linadi?
3.Suv va mexanik aralashmalarga nisbatan neftni kon sharoitida va qayta
ishlashga tayyorlashdagi qurilmalarning ishiga ko‗proq salbiy ta‘sir
ko‗rsatadimi?
4.Temir xlorid suvli eritmaga o‗tadi, ajralib chiqqan vodorod sul‘fit esa
qaytadan temir bilan reaksiyalanadi?
5.Trap-ajratgichlardan keyin neftning tarkibida necha % miqdorida erigan
gazlar qoladi?
6. Zamonaviy turdagi deemulgatorlarga qanday talablar qo‗yiladi?
7.Neftning yuqori qaynovchi qoldiq fraksiyalari, haydash jarayonida
distillyatga tushganda ularning foydalanish tavsiflarini yomonlashtiradimi?
8.Neftni haydashning ishlab chiqarish jarayonlarida kolonnalar balandligi
bo‗yicha harorat rejimini rostlashning qanday usullari qo‗llaniladi?
9.Rektifikatsiya kolonnasida texnologik parametrlarni optimallashtirishda
qanday bosim va harorat tanlanadi ?
10.Bug‗latuvchi agent sifatida suv bug‗ini qo‗llashning qanday
kamchiliklari mavjud?
179
IV
– bob. TERMIK KREKING VA TERMIK DESTRUKTIV
JARAYONINING SANOATDAGI QURILMALARI
4.1. Termik kreking haqida tushuncha, kreking vaqtida uglevodorodlarni
o‗zgarishi, xom-ashyo va olinadigan mahsulotlar
Termodestruksiya jarayonlari orqali neft va neft mahsulotlarini issiqlik
ta‘sirida parchalanishi tushuniladi. Jarayonlar uch bosqichda o‗tkaziladi:
Suyuq neft mahsulotlari va xom-ashyosini yuqori bosim ostida (20-70
atm)
termokrekinglash
(visbreking)
neft
qoldiqlarini
past
bosimda
termokrekinglash. Suyuq va gaz holatidagi neft xom ashyosini yuqori haroratda
(450
0
С dan 1200
0
С) piroliz qilish.
Yuqori bosimda olib boriladigan kreking 470-540
0
С gacha nisbatan
yengil xom ashyolarni (ligroin, mazut) qayta ishlab benzin olish uchun
ishlatiladi. Neft qoldiqlari yarim gudron va gudronlarni qayta ishlashda asosiy
mahsulot sifatida qozonxona yoqilg‗isi olinadi. Bunday jarayon og‗ir qoldiq
xom ashyoni yengil sharoitda bir karrali termik parchalanishdir. Visbreking xom
ashyosi neftni atmosferali haydashdan olingan mazut yoki vakuum gudronlari
hisoblanadi.
Visbreking orqali xom ashyoning qovushqoqligiga nisbatan pasaytirilgan
suyuq qozonxona yoqilg‗isi ishlab chiqarish uchun (1 variant), yoki
gidrokreking va katalitik kreking qurilmalari xom ashyosi bo‗lgan gazoyl ishlab
chiqarishni yo‗naltirish uchun (2 variant) o‗tkaziladi. Har ikkala variantda ham
yengil mahsulotlar gaz va benzin fraksiyalari hisoblanib odatda ularni chiqishi 3
va 8%dan oshmaydi. Viskreking qurilmasi kompleks qurilmalar tarkibida bir
seksiyali ko‗rinishda kiradi. Masalan neftni atmosferali haydash, atmosferali
mazut visbreking gazoyl fraksiyasi uchun visbreking mazutni vakuumli
haydash gazoyllarni ajralishi, kerosin chiqish miqdorini oshirish maqsadida
gazoyl aralashmalarini terming krekinglash.
Gudronlarni krekinglash jarayoni 460-500
0
С harorat, 1,4-3,5 MPa bosim
sharoitida o‗tkaziladi. Kreking jarayoni issiqlik yutilishi (endotermik) reaksiyasi
180
bilan kechadi.
4.1
-Jadval
Dostları ilə paylaş: |