―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

4.5 -jadval 
Avtomobil benzinlari A-76, A-80, AI-93, AI-98 va ekstra yoki AI-95 markali bilan 
chiqariladi. 
A-76 
A-80 
AI-93 
AI-98 
Ekstra AI-95 
O.S i.m. 


93 
98 
95 
mm 
72 
76 
85 
89 
87 
QTE, g/kg
0,41 
0,41 

0,82 
yo‗q 
Oltingugurt, % 
0,10 
0,1 
0,1 
0,1 
0,05 
 


188 
Benzin A-80 
- tayyorlash uchun A-76ga QTE (qo‗rg‗oshin tetroetil)
qo‗shiladi. QTE qo‗shmasdan A-80 olish uchun katalitik jarayon benzinlarini 
ulushini ko‗paytiriladi. Ba‘zan qattiq rejimdagi platforming benzini qo‗shiladi. 
Benzin AI-93 
- asosan qattiq rejimdagi platforming benzinidan 
tayyorlanib, kerakli fraksion tarkibini olish uchun neftdan to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
olingan benzindan biroz qo‗shiladi. Yana alkilat va izomerizatsiya mahsulotidan 
qo‗shiladi. 
Benzin AI-98 
- buni tayyorlash uchun QTE qo‗shilmasdan tayyorlangan 
AI-93 ga QTE qo‗shiladi. 
Benzin ―EKSTRA‖ - AI-95. Bu maxsus texnik qo‗rsatma asosida 
tayyorlanadi.
Benzinlarni qaynashi 35
о
С da boshlanib 185..195
о
С da oxiri bo‗lishi 
mumkin. Shu bilan birga 10%, 50, 90, 97,5% hajmiy miqdorlarining qaynash 
haroratlari ham belgilab qo‗yilgan. 
Aviatsiya benzini. 
Oxirgi vaqtda porshenli dvigatellar yordamida uchuvchi 
samoletlar kamayib bormoqda. Shu sababli, benzinni iste‘mol qilish ham 
kamaymoqda. 
Benzin B-70 
- ba‘zi bir neftlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri haydab olinadi va shu 
bilan 
birga 
platformingdan 
olingan 
benzinni 
tarkibidagi 
aromatik 
uglevodorodlarni bir qismi olib tashlangandan so‗ng qolgan qismi ishlatiladi. 
Dizel yonilg‗ilar. 
Dizel yonilg‗ilari dizel matorlarida yoqiladi. Fraksion 
tarkibi asosan 200-350
о
С ga tengdir. Dizel yonilg‗ilarining tarkibida parafin 
uglevodorodlari nisbatan ko‗proq bo‗ladi. Yonilg‗ining bug‗lari va havoning 
aralashmasi motor silindrlarida porshen yordamida siqilganda aralashma qattiq 
qizib, tashqaridan uchqun olib kelmaganda ham alanga olib ketadi. 
Bu xildagi yonilg‗ilarni tayyorlash uchun neftdan olingan dizel 
yonilg‗isining fraksiyasi gidrochistka jarayonida tozalanib, har xil prisadkalar 
(qo‗shmalar) qo‗shiladi. 
Reaktiv dvigatellari uchun yonilg‗i. 
Bu xildagi yonilg‗i ikki guruhga 
bo‗linadi: 


189 
1) товуш тезлигигача бўлган тезлик билан учадиган самолетлар 
учун;
2) tovush tezligidan yuqori tezlik bilan uchadigan samoletlar uchun. 
Ikkinchi guruhdagi yonilg‗ilar samolyot tovush tezligida ikki marotaba 
oshiq tezlik bilan uchganda shuning xisobiga 150 - 180
0
С gacha isiydi. (tovush 
tezligi 1200 km/soat). 
Birinchi guruhga kiruvchi yonilg‗ilarni markasi T-1, TS-1 va RT va 
ikkinchi guruhlarniki - T-8 va T-6. 
Yonilg‗i T-1-kam 
oltingugurtli neftlardan haydab olinadigan kerosin (150-
280
0
С) fraksiyasi, kristalga tushish harorati -60
0
С dan past. Oltingugurtning 
miqdori 0,1% mass.gacha. 
Yonilg‗i TS-1 - 
oltingugurtli neftlardan olinadi, fraksiya 150-250
0
C ga 
teng. Oltingugurtning miqdori 0,25% mass.gacha 
Yonilg‗i RT- 
hamma neftlardan gidrochistka yordamida olinadi. 
Yonilg‗ining issiqlikka chidamligi yuqori S~0,1% prisadka qo‗shilgan fr.135-
280
0
С 
Yonilg‗i T-8 -
Kerosin fraksiyasining gidrotozalash qilib olinadi. 
Qaynashning boshlanish harorati birmuncha yuqori fr. 165-280
0
С, issiqlikka 
chidamliligi yuqoriroq. 
Yonilg‗i T-6 -
neftdan to‗g‗ri olingan yoki ikkilamchi qayta ishlashdan olingan 
gazoylni tozalangan va to‗yintirilgan fraksiyasi (195-315). 
Bu yonilg‗ilarga bir va birnecha xildagi prisadkalar qo‗shiladi. 
Oldingi boblarda qayd qilib o‗tganimizdek zavodlarda, masalan Farg‗ona 
neftni qayta ishlash zavodida neftdan atmosfera bosimida benzin va dizel 
yonilg‗isi fraksiyalarini ajratib olingandan keyin vakuum sharoitida ishlaydigan
qurilmalar mazutdan har xil turli moy fraksiyalari olinadi. Bu fraksiyalarni 
tarkibidagi yuqori molekulali aromatik va parafin uglevodorodlar ajratib 
olingandan qolgan qismini gidrotozalash qurilmalarida tozalanadi. 
Buni biz moy 
komponentlari deymiz. 
Tovar moylarni tayyorlash. 
Tovar surkov moylari odatda turli distillyat va 


190 
qoldiq fraksiyalardan olingan moy komponentlarini aralashtirib olinadi. Surkov 
moylarining sifatini yaxshilash uchun ularga 3-8%, ba‘zan 17% gacha xar xil 
prisadkalar – maxsus kimyoviy birikmalar qo‗shiladi. 
Zavodlardagi aralashtirish stansiyalarda maxsus avtomatik usulda 
ishlovchi moslamalar yordamida bir vaqtda kerakli moy komponentlari va 
prisadkalar mo‗ljaldagi miqdorda aralashtiriladi. Aralashtirish uzluksiz ravishda 
olib boriladi. Aralashmadan analizga olinadi va uni sifatini tekshirib turiladi. 
Har bir turdagi surkov moyini olish uchun qancha miqdorda va qaysi moy 
komponentlaridan olinishini maxsus texnika talablarida qayd qilingan bo‗ladi. 
Motor moylari transportda qishloq xo‗jaligida ishlatiladigan va boshqa 
mashinalardagi porshenli dvigatellarda ishlatiladi. Motor moylari neftdan 
olinadigan moylarni umumiy miqdorini 50% dan ortiqrog‗ini tashkil etadi. 
Motor moylari oltita guruhga bo‗linadi (A,B,V,G,D, va Ye). Bular 100
0
C dagi 
qovushqoqligi bilan farq qiladi.
Tovar moylarni M-8A, M-10B kabi belgilar bilan yuritiladi. М-motor 
moyi, 8 yoki 10-100
0
Сdagi qovushqoqligi, A, B, . . . moy guruhdir. B, V va G 
guruhlari yana ikkiga bo‗linadi: 1- karbyurator va 2 - dizel dvigatellari uchun, 
masalan М-10B
2

Aviatsiyadagi porshenli dvigatellar uchun asosan yuqori qovushqoqli, 
yaxshilab tozalangan moylar ishlatiladi: MS-14, MS-20, MS-22 (S-selektiv 
erituvchi bilan tozalangan). 
Turboreaktiv moylarga alohida talab qo‗yiladi
. Dvigatellarning 
ishlaydigan muhitini harorati - 60
0
С, dvigatelni o‗zi esa ishlash davomida 140-
160
0
С gacha qiziydi. Moylar oksidlanishga qarshi turg‗unligi yuqori bo‗lishi 
lozim. Past va yuqori haroratda qovushqoqligi kam o‗zgarishi, mexanizmlarni 
yuzasini yaxshilab moylashi kerak. 
Shular bilan bir qatorda, xalq xo‗jaligi uchun industrial, transmissiya, 
turbina, kompressor moylari, elektroizolyatsiya va gidravlik tizimlarda 
ishlatiladigan moylar ham ishlab chiqariladi. 
Plastik surkov moylari
. Plastik surkov moylari neft mahsulotidan olinib, 


191 
quyuq xolatda bo‗ladi. Ularning tarkibida 70-90% suyuq moy, 10-13% quyuq 
qismi va 1-15% moylash qobiliyatini yaxshilashini ta‘minlaydigan prisadka va 
boshqa qo‗shimchalar bor. Suyuq qismini asosan neftdan olingan industrial 
moylar tashkil etadi. Ba‘zi podshipniklar yuqori tezlik bilan va har xil haroratda 
ishlaydi. Bu xildagi podshipniklarni moylarini asosan sun‘iy moylar tashkil etadi 
(
polisiloksanlar, murakkab efirlar, poliglikollar
). Sun‘iy moylarni tannarxi juda 
qimmat. Ba‘zan neft va sun‘iy moylar aralashmasi ishlatiladi. 
Quyuq qismi yuqori molekulali yog‗ kislotalarini tuzlari, neftdan 
olinadigan qattiq uglevodorodlar va shunga o‗xshashlardan iborat. Plastik 
moylar harorat o‗zgarishi bilan o‗zlarining surkov qobiliyatini yo‗qotishi 
mumkin emas Bu narsa sodir bo‗lmasligi uchun plastik moylarni 
tayyorlanayotgan vaqtda kerakli moddalar qo‗shiladi. 
Plastik moylar ishlash jarayonida haroratni pasayishi bilan ularning 
qovushqoqligi ortadi, harorat ko‗tarilishi bilan qovushqoqlik kamayadi. Ayni 
vaqtda plastik moy surilgan narsa kuchli tezlik bilan aylanadi va qovushqoqlikka 
ta‘sir etadi. Demak qovushqoqlik harorat va tezlikni ta‘siriga juda ham 
ta‘sirchan bo‗lishi mumkin emas Plastik surkov moylari uzoq vaqt saqlanganda 
ularning tarkibidagi suyuq qismi sizilib chiqmasligi lozim. O‗z og‗irligi hisobiga 
bu voqea sodir bo‗lmasligi uchun moylar kengroq idishlarda saqlanadi. 
Yuqori harorat (qisqa muddat ichida) ta‘sirida moyning sifati 
o‗zgarmasligi lozim. Moylar havodagi kislorod va metall yuzlarning ta‘siriga 
berilmasligi lozim, boshka so‗z bilan aytganda kerakli meyorda kimyoviy 
turg‗unlikka ega bo‗lishi kerak. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin