―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Ko‗rsatgichlar 
Yengil neft 
mazuti 
Yengil neft 
gudroni 
Neftning 
yarim 
gudroni 
Mahsulot chiqishi % (mass.) vodorod 
sulfid 
0,2 
0,3 

C
4
gacha bo‗lgan gazlar 
2,1 
2,2 
0,8 
C
5
va C
6
fraksiyalar 
1,4 
1,3 

C

va 185
0
C fraksiyalar 
4,7 
4,6 
5,6 
185-370
0
C fraksiya 
10,7 


Qoldiq (
0
C) 
80,9 


Qoldiq (
0
C) 

91,6 
92,6 
Jami : 
100,0 
100,0 
99,0 
Visbrekingdan olingan benzin fraksiyalari oktan soni 58-68 oralig‗ida 
bo‗ladi. Benzin va kerosin fraksiyalari tarkibida oltingugurt miqdori xom 
ashyoga nisbatan kam bo‗ladi. Olingan fraksiyalarni gidrotozalashga to‗g‗ri 
keladi. 
4.2. Reaksion kamerali visbreking qurilmasi 
Neftni haydash qurilmasidan qizigan mazut 1-nasos yordamida
2-zmeyevikli pechga beriladi. Xom – ashyo pechdan chiqib, 1,7 MPa bosim 
atrofida ishlovchi 3-reaksion kamerada krekinglanadi. Olingan mahsulotlar 
aralashmasi 4-reduksion klapan orqali o‗tib, so‗ngra 8-fraksiyalovchi kolonnaga 
beriladi. Aralashma kolonnaga kirguncha 7-nasos yordamida 6-suv haydaladi. 
4.3. Mazutni destruktiv haydash texnologik jarayoni 
Mazutni destruktiv haydash jarayonidan maqsad katalitik kreking 
qurilmalari uchun xom-ashyo hisoblangan gazoyl fraksiyalari miqdorini 
ko‗paytirishdir. Jarayonning muhimligi shundaki, xom-ashyo termik 
parchalanishi bilan uning smolali qoldiqlari bug‗latgichda qoladi. Destruktiv 
haydash vaqtida benzin va kerosin fraksiyalari asosan zmeyevikli pechda hosil 
bo‗lsa, gazoyl fraksiyalari past bosimlarda va 420-425
0
С da ishlovchi 
bug‗latgichda hosil bo‗ladi. Krekinglanadigan suyuqlikning bug‗latgichda 


181 
bo‗lish davomiyligi taxminan 1,5 soatni tashkil etadi. Xom – ashyoni pechdan 
chiqishdagi harorati 460-475
0
С ga teng. Xom – ashyoni bir karrali o‗tkazishdagi 
uzluksiz ishlovchi qurilma tarkibiga qizdirish pechi va bug‗latuvchini o‗z ichiga 
oluvchi yuqori haroratli seksiya va fraksiyalash hamda sovutish seksiyalari 
kiradi. Neftni haydash qurilmasidan kelayotgan mazut 8-nasos yordamida 5 va 
6-issiqlik aralashtirgichlardan o‗tib 2-zmeyevikli pechga beriladi. Mazut 
zmeyevikli konveksion quvurlari bo‗ylab o‗tib, radiant qismi quvurlariga 
tushadi. Radiant qism quvurlar ikkinchi qatori bo‗ylab qizdirilgan bug‗ kiritiladi. 
Aralashma zmeyevikni radiatsion qismidan chiqib, 3-bug‗latgichni pastki 
qismidan beriladi bu yerda ham aralashma berilayotgan qismni pastidan 
qizdirilgan suv bug‗i beriladi. Bug‗latgich hajmi suyuqlikni bo‗lish vaqti va u 
orqali suv bug‗ini haydash uchun etarlidir. 
Bug‗latgichdan 4-porshenli nasos yordamida chiqariladigan og‗ir 
qoldiqni qovushqoqligini kamaytirish maqsadida 2-nasos yordamida 
suyultiriluvchi qo‗shimcha qo‗shiladi. Suyultiriluvchi qo‗shimcha sifatida 
qurilmadan olinayotgan dizel fraksiyasidan oz miqdorda qo‗shiladi. 
Bug‗latgichni yuqorisidan chiquvchi tarkibida oz miqdorda kreking gaz bo‗lgan 
aralashma bug‗lari 5 – issiqlik almashgichda issiqlik tashuvchilar hisoblanadi, 
bu yerdan uglevodorod kondensati, gazlar va bug‗lar 9-rektifikatsion kolonna 
pastki likopchasidan beriladi. Bu kolonnani 6 va 7-likopchalar oralig‗ida ichki 
tub joylashtirilgan. Aralashma bug‗lari 6-likopchaga yetganda, 6-issiqlik 
almashtirgichga yuboriladi. Bu yerda hosil bo‗lgan suyuq flegma 5-likopchaga 
oqib tushadi, bug‗lari esa 7-likopcha ostidan kiritiladi, kolonnadagi 
likopchalarning umumiy soni 15 ta. 
Kolonna pastki mahsuloti boshlang‗ich qaynash harorati 340
0
С atrofidagi 
gazoyl fraksiyasi hisoblanadi. Dizel yoqilg‗isi fraksiyasi 10-bug‗latish kolonnasi 
orqali chiqariladi. Oltingugurtli mazut (zichligi 20
0
С da 942 kg/m
3
, koks 
darajasi 9,5% (massa, oltingugurt miqdori 2% massa) va 350
0
С gacha bo‗lgan 
fraksiya 4,7% massani mazutni destruktiv haydashdagi qurilma ish rejimi quyida 
keltirilgan.


182 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin