KR
KK
ZK
Vodorod
-
5,50
-
0,40
16,00
2,50
-
-
-
-
Metan
2,65
12,50
34,00
32,50
34,40
11,00
-
-
-
-
Etilen
-
-
-
4,50
29,30
6,00
-
-
0,12
3,50
Etan
13,32
24,50
24,50
21,50
5,00
8,00
0,80
1,60
0,84
5,00
Propilen
-
-
-
4,00
10,50
22,00
-
-
23,00
7,50
Propan
41,29
32,00
20,50
15,00
0,20
12,50
21,70
46,90
7,89
6,60
Izobutilen
-
-
-
2,20
1,30
6,00
-
-
19,81
2,15
ya-Butilen
-
-
-
4,40
1,20
14,00
-
-
18,81
6,60
Izobutan
8,02
11,00
21,00
7,00
-
14,00
14,80
26,20
17,47
12,90
p-Butan
24,50
14,50
-
8,50
0,50
4,00
48,20
21,10
4,14
15,50
Amilenlar
-
-
-
-
-
-
-
-
3,07
13,25
Izopentan
5,05
-
-
-
-
-
8,10
2,20
4,43
2,10
p-Pentan
3,27
-
-
-
-
-
3,50
2,00
0,90
11,50
Geksanlar va undan
yuqori
1,90
-
-
-
-
-
2,90
-
0,06
13,00
qo‗shimchalar
-
-
-
-
1,50
-
-
-
0,09
0,75
-metan-etanli (quruq gaz), ba‘zan piroliz uchun xomashyo yoki moylarni
chuqur parafinsizlantirish qurilmalarida sovituvchi agent va h.k. sifatida
ishlatiladigan etan;
pirolizda xomashyo, iste‘mol uchun siqilgan gaz va sanoat qurilmalarida
sovuq agent sifatida ishlatiladigan propan;
172
-sintetik kauchuk ishlab chiqarishda alkillash qurilmasi xomashyosi
bo‗lgan izobutan;
-
butadiyen
olish yoki iste‘mol uchun siqilgan gaz va avtobenzinlar
yoquvchi xossalarini rostlash uchun komponent sifatida ishlatiladigan butan;
-izopren kauchuk va avtobenzinlarning yuqori oktanli komponentlari
ishlab chiqarish xomashyosi bo‗lib xizmat qiluvchi izopentan;
-piroliz, izomerlash jarayonlari va h.k.lar uchun xoshashyo pentan
fraksiyalari. Ba‘zida pentan va undan og‗irroq uglevodorodlar fraksiyalarga
ajratilmaydi va gaz benzini sifatida ishlatiladi.
To‗yingan gazlar GFQlarida tarkibida olifen saqlovchi oqimlardan
quyidagi fraksiyalar ajratiladi:
-polimerlash va alkillash, neftkimyo sanoati jarayonlari xomashyosi –
propan-propilen;
-metiletilketon, poliizobutilen, sintetik kauchuk va boshqa ishlab chiqarish
uchun alkillash qurilmasi xomashyosi – butan-butilen;
-neftkimyo xomashyosi sifatida ishlatiladigan etan-etilen va pentan-
amilen fraksiyalari.
Uglevodorod gazlaridan GFQlarda olinadigan fraksiyalar sifati bo‗yicha
bu neft mahsulotlari texnik shartlariga to‗g‗ri kelishi kerak.
Uglevodorod gazlari fraksiyalanishdan oldin dastlab oltingugurt
vodorodidan tozalash va quritish bloklariga yuboriladi.
Neft va gazni qayta ishlash zavodlarida uglevodorod gazlarini individual
yoki chuqur texnik fraksiyalarga ajratishning quyidagi fizik jarayonlari eng keng
tarqalgan: kondensatsiyalash, kompressiya (bosim ostida siqish), rektifikatsiya
va absorbsiya. GFQlarda bu jarayonlar turli kombinatsiyalarda birlashtirilgan.
Kompreslash va kondensatsiyalash –
gazni kompressorlarda siqish va
sovutgichlarda gaz va suyuqlik ikki fazali tizimli hosil qilib sovutish
jarayonlaridir. Bosimni ko‗tarish va haroratini tushirish bilan suyuq fazaning
chiqishi oshadi, shu bilan birga, kondensatsiyalangan uglevodorodlar yengil
komponentlarni aralashtirib ularni suyuq holatga o‗tishini yengillashtiradi.
173
Odatda sovituvchi agent sifatida suv, havo, bug‗lanuvchi ammiak, propan yoki
etandan foydalangan holda kompreslash va sovutishning ko‗p bosqichli (2, 3
yoki ko‗prok) tizimlari qo‗llaniladi. Siqilgan va sovitilgan gazlarni ajratish gaz
ajratgichlar yordamida amalga oshiriladi, u yerdan esa gaz va kondensat
rektifikatsiya yoki absorbsiya usullari orqali keyingi fraksiyalashga jo‗natiladi.
Absorbsiya –
gaz aralashmalarini suyuq yutuvchi – absorbent bilan
xomashyodagi alohida komponentlarni tanlab yutilishiga asoslangan ajratish
jarayonidir. Uglevodorodlarni absorbentda aralashuvchanligi - bosim ortishi,
molekulyar massaning ortishi va jarayon haroratining absorbsiyalanayotgan gaz
kritik haroratidan pasayishi bilan ortadi.
Absorbsiya
- qaytar jarayon va u yutilgan gazlarni suyuqlikdan ajralishi –
desorbsiyaga asoslangan
. Absorbsiya va desorbsiyaning birlashishi ko‗p
marotaba yutuvchini qo‗llash va undan yutilgan komponentni ajratib olish
imkonini beradi. Desorbsiya uchun qulay sharoit bu absorbsiyada
bajariladiganiga nisbatan teskari sharoitdir, ya‘ni yuqori harorat va past bosim.
Uglevodorod gazlari uchun eng yaxshi absorbentlar ularga tuzilishi va
molekulyar massasi yaqin bo‗lgan suyuq uglevodorodlardir, masalan benzinli
yoki kerosinli fraksiyalar.
Rektifikatsiya -
uglevodorod gazlarini ajratishning yakunlovchi bosqichi
hisoblanadi. Neft fraksiyalarini rektifikatsiya qilishga nisbatan taqqoslanganda,
siqilgan gazlar rektifikatsiyasining o‗ziga xosligi – xomashyoning qaynash
haroratiga ko‗ra juda yaqin bo‗lgan komponentlari yoki fraksiyalarni yuqori
aniqlikda ajratish zarurligi. Shunday qilib, etan va etilennnig qaynash haroratlari
orasidagi farq 15°С ni tashkil qiladi. Butan-butilen fraksiyalarini ajratish eng
kiyinroq: izobutanni normal bosimda qaynash harorati - 11,7°С, izobutilen -
6,9°С, butenni - 1 - 6,29°С, а-butan - 0,5°С ni tashkil etadi.
Siqilgan gazlarni rektifikatsiyalash kolonnalarida yuqori bosimlarda
amalga oshirishga to‗g‗ri keladi, chunki suyuqlik ta‘minotini hosil qilish uchun
kolonna yuqori mahsulotlarini sun‘iy sovutishga murojaat qilmasdan oddiy
havoli va suvli sovutgichlarda kondensatsiyalash kerak bo‗ladi.
174
Ajratishning aniq sxemasini (ketma-ketligini), harorat, bosim va
kolonnada likopchalar sonini tanlash – dastlabki gaz aralashmasi tarkibi,
olinadigan mahsulotdan talab qilinadigan tozalik va assortimentiga ko‗ra
aniqlanadi.
NQIZda neftzavod gazlarini ajratish uchun asosan 2 turdagi gaz
fraksiyalash qurilmalari qo‗llanilib, ularning har biriga kompresslash va
kondensatsiyalash bloklari kiradi: rektifikatsion - qisqa GFQ va absorbsiya -
rektifikatsiya - AGFQ. 3.12 va 3.13 rasmlarda to‗yingan gazlarni ajratish
uchun GFQ va moyli gazlarni fraksiyalash va katalitik kreking benzinini
barqarorlashtirish uchun AGFQ ning prinsipial sxemasi keltirilgan (sxemalarda
oltingugurtdan tozalash, quritish, kompreslash va kondensatsiyalash bloklari
ko‗rsatilmagan). GFQ rektifikatsiya blokida (3.12-rasm) uglevodorod gazi
xomashyosidan dastlab deetanizator 1 da metan va etandan tashkil topuvchi
quruq gaz chiqarib olinadi.
1
kolonna yuqorisida ammiakli kondensator-
sovutgichda sovitilgan ta‘minotni uzatish orqali past harorat ushlab turiladi.
Deetanizator kubli qoldigi propan kolonnasi 2 ga tushadi, va u yerda bu
kolonnaning yuqori qismidan chiqarib olinuvchi propan fraksiyasi va butan
kolonnasi 3 ga jo‗natiluvchi С
4
va undan yuqori uglevodorod aralashmalariga
ajratiladi. Bu kolonnaning rektifikati izobutan kolonnasi 4 da izobutanli va
butanli fraksiyalarga ajraluvchi butanlar aralashmasidir. Kolonnaning 3 kub
mahsuloti keyinchalik pentan kolonnasiga 5 uzatiladi va u yerdan izopentan
kolonnasida
6
n-pentan va izopentanga ajraluvchi pentan aralashmalari yuqori
rektifikat ko‗rinishida chiqarib olinadi.
Kolonna 5 pastki mahsulotlari - С
6
va undan yuqori fraksiyalar –
qurilmadan chiqarib olinadi.
AGFQ qurilmalarida (3.13-rasm) katalitik kreking gazlarini deetanizatsiya
qilish uchun fraksiyalovchi absorber 1 dan foydalaniladi. U qo‗shilgan absorber-
desorber kolonnasidir. Fraksiyalovchi absorber yuqori qismida absorbsiya, ya‘ni
maqsadli (С
3
va yuqori) komponentlarni gazdan yutilishi, pastki qismida esa –
absorbentni berilayotgan issiqlik hisobiga qisman regeneratsiyasi kechadi.
|