―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

3.7 - jadval. 
GFQ kolonnalari texnologik rejimi 
Rektifikatsiyalash kolonnasi*
Bosim, MPa
Harorat, °C
yuqorida 
pastda 
Deetanizator (1) 
2,6...2,8 
25...30 
110...115 
Propanli (2) 
1,2...1,4 
62...68 
145...155 
Butanli(Z) 
2,0...2,2 
58...65 
110...115 
Izobutanli (4) 
1,0...1,2 
65...70 
80...85 
Pentanli (5) 
0,3...0,4 
75...80 
120...125 
Izopentanli (6) 
0,35...0,45 
78...85 
95...100 
* Likopchalar umumiy soni – 390 dan 720 gacha. 
3.8 -jadval 
AGFQ kolonna texnologik rejimi 
Parametr 
Rektifikatsiyalash kolonnalari 




Bosim, MPa 
1,35 
0,93 
1,73 
0,59 
Harorat, °C: 
yuqorida 
35 
78 
44 
48 
ta‘minot 
40 
150 
86 
61 
pastda 
130 
218 
107 
106 
Likopchalar soni 
60 
60 
60 
60 
Flegma soni 
— 



Ma‘lumki, rektifikatsiya xarajatlari asosan flegma soni va kolonnada 
likopchalar soni bilan aniqlanadi. Kichik nisbiy uchuvchanlikka ega qaynash 
harorati yaqin bo‗lgan komponentlar uchun bu komponentlar juda muhimdir. 
Shuning uchun gazni fraksiyalashda umumiy kapital va ishlatish xarajatlarning 


177 
katta qismi (yarim atrofidа) g-С
4
-n-С
4
va g-С
5
-n-С
5
larni fraksiyalarga ajratishga 
to‗g‗ri keladi. Shu munosabat bilan, NQIZda tez-tez to‗yingan gazlarni S4 va 
undan yuqori fraksiyalarga ajratmasdan fraksiyalash bilan cheklaniladi. 
Xulosa 
Neft va gazkondensatni sanoatda ishlab chiqarish zamonaviy neftni qayta 
ishlash zavodlarida ko‗p pog‗onali murakkab fizik va kimyoviy qayta ishlashni 
alohida yoki jamlanmali yirik tonnajli texnologik jarayonlar orqali amalga 
oshiradi. Bu jarayonlar asosida har xil komponentlar va neft mahsulotlarning 
tovar assortimentlari ishlab chiqariladi.
Neftning tarkibida qatlam suvlarining mavjudligi uni quvuruzatmalar 
orqali tashishda va qayta ishlashda amaldagi narxini oshirib yuboradi. Neftni 
tarkibida suvning miqdorini oshishi uni bug‗lantirish va kondensatsiyasiga
sarflanadigan energiya xarajatlarini (benzinga nisbatan 8 marta yoki undan ham) 
oshirib yuboradi. Barqaror deemulsiyaning paydo bo‗lishi kon neftini 
suvsizlantirish va tuzsizlantirish uchun sarflanadigan xarajatlarni oshirib 
yuboradi hamda atrof muhitga zararli ta‘sir ko‗rsatadi. Neftni tarkibidagi qatlam 
suvlarni tindirgichlarda va rezervuarlarda ajratishda neftning bir qismi suv bilan 
birgalikda deemulsiya ko‗rinishida tashlab yuboriladi va oqova suvlarni 
ifloslantiradi. Neftni barqarorlashtirishdan maqsad NQIZlariga qayta ishlash 
uchun haydashda bug‗lanishga yo‗qotilishini oldini olish va xarajatni 
kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda tashqari neftning tarkibida gaz 
mavjud bo‗lganda quvur uzatmalarda tiqinlarni hosil qiladi va qayta haydashni 
qiyinlashtiradi. 
Neft emulsiyalarini parchalashda boshqa turdagi deemulgatorlar ya‘ni, 
sintetik ko‗rinishdagi SFM qo‗llanilganda neftlarda tabiiy emulgatorlarda 
nisbatan yuqori sirt faolligiga ega bo‗ladi hamda natijali bo‗ladi: Neft va neft 
aralashmalari rektifikatsiya uchun xomashyo sifatida ularni qayta ishlash 
texnologiyasida ba‘zi o‗ziga xosliklari bilan bog‗liq bo‗lgan spetsifik xossalari 
bilan tavsiflanadi. Neft fraksion tarkibga ajralish va komponentlarning mos 
ravishda uchuvchanligi bilan tavsiflanadigan ko‗p komponentli xomashyodir. 


178 
Hisob-kitoblar shuni ko‗rsatadiki, nisbiy uchuvchanlik koeffitsiyenti qiymati 
neft fraksiyalari og‗irlashishi bilan, shuningdek fraksiyalar qaynashining harorat 
oralig‗ini qisqarishi bilan uzluksiz (eksponensial) pasayadi. Rektifikatsiya 
kalonnalarining normal ishlashi va haydalgan mahsulotdan talab qilinadigan 
sifati, issiqlik rejimini rostlash – kolonnaning konsentratsiyasi seksiyasidan 
issiqlikni olish va haydovchi seksiyasiga issiqlik berish, shuningdek xomashyoni 
optimal haroratgacha qizdirish yo‗li bilan ta‘minlanadi.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin