167
3.11. Sanoat qurilmalarining turlari
Neftni haydash texnologik qurilmalari neftni fraksiyalarga ajratish va
ularni keyinchalik qayta ishlash yoki tovar neft
mahsulotlari komponentlari
sifatida foydalanish uchun mo‗ljallangan. Ularda motor yoqilg‗ilari, surkov
moylari, ikkilamchi jarayon uchun xomashyo va neft kimyo sanoatining barcha
komponentlari ishlab chiqariladi. Olinadigan komponentlar assortimenti va
sifati, neft xomashyosining keyingi qayta ishlash jarayonlari ko‗rsatgichlari
ularning ishiga bog‗liq bo‗ladi. Neftni qayta ishlash jarayonlari atmosfera
quvurchali (AT) va vakuumli quvurchali (VT) yoki atmosfera-vakuumli trubkali
(AVT) deb nomlanuvchi qurilmalarda amalga oshiriladi.
Neftni haydab fraksiyalarga ajratish qurilmalarining foydalanilish
yo‗nalishiga ko‗ra ularni yoqilg‗ili, moyli yoki yoqilg‗i-moyli
va neftni qayta
ishlash varianlarini ham shunga mos ravishda nomlash qabul qilingan.
AT qurilmalarida yoqilg‗i (benzinli, kerosinli, dizelli) fraksiyalari va
mazut olish bilan neftni chuqur bo‗lmagan haydash amalga oshiriladi. Ulardan
olinadigan gazoylli, moyli fraksiyalar va gudron ularni yoqilg‗i, surkov moylari,
koks, bitumlar va boshqa neft mahsulotlari olinadigan keyingi (ikkilamchi)
qayta ishlash jarayonlari xomashyosi sifatida ishlatiladi.
Zamonaviy neftni haydash jarayonlari suvsizlantirish
va tuzsizlantirish,
benzin fraksiyalarini ikkilamchi haydash va barqarorlashtirish jarayonlari bilan
aralash jarayondir: ELOU-AT, ELOU-AVT, ELOU-AVT – ikkilamchi haydash
va h.k.
Yanada ko‗proq iqtisodiy afzalliklarga AT va VT larni gazni fraksiyalash,
yoqilg‗i va gazoyl fraksiyalarini gidrotozalash, katalitik riform,
katalitik
kreking, moy fraksiyalarini tozalash va h.k. kabi texnologik jarayonlar bilan
kombinatsiyalashtirish orqali erishiladi.
AT va AVT larning eski va keyin avlodlari ishlatishda bo‗lib,
mamlakatimizdagi neftni haydash qurilmalari haydash sxemalarining juda ko‗p
turliligi va olinadigan fraksiyalar keng assortimenti bilan tavsiflanadi. Bir xil
unumdorlikdagi rektifikatsiya kolonnalar turli hajmga, bir xil bo‗lmagan
168
likopchalar
soni va turlariga; turli xil issiqlik almashinish, sovuq, issiq va
sirkulyatsiyani ta‘minlashni yechimining, shuningdek
turli xil vakuum hosil
qilish sxemalariga ega. Shu sababli, quyida neftni haydashning yuqori
unumdorli zamonaviy turlariga kiruvchi qurilmalarining faqatgina alohida
bloklari (seksiyalari) texnologik sxemalari keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: