3.10. Rektifikatsion kolonnalar va ularning kontakt qurilmalari klassifikatsiyasi Neft va gazna qayta ishlashda qo‗llaniladigan rektifikatsiyalash
kolonnalar quyidagiga bo‗linadi:
-qabul qilinishiga ko‗ra:
-neft va mazutni atmosferali va vakuumli haydash uchun;
-benzinni ikkilamchi haydash uchun;
-neftni, kondensatni, nobarqaror benzinni barqarorlashtirish uchun;
-tabiiy va neft, neftzavodi gazlarini fraksiyalash uchun;
-moylarni tozalash jarayonlarida aralashtirgichlarni haydash uchun;
-neft xomashyosi va gazlar va h.k.ni qayta ishlashning termodestruktiv va
katalitik jarayonlari mahsulotlarini ajratish uchun;
-suyuqliklarning bosqichlararo uzatilish usuliga ko‗ra:
-oquvchi qurilmalar bilan (bir, ikki yoki ko‗proq);
-bug‗ gaz va suyuqlik fazalari kontaktini tashkil qilish usuligi ko‗ra:
-likopchali;
-nasadkali;
-rotorli.
Qo‗llaniladigan kontakt qurilmalari turiga ko‗ra likopchali, shuningdek
nasadkali rektifikatsiya kolonnalar keng tarqalgan.
Rektifikatsiya kolonnalarda o‗zining tavsifi va iqtisodiy ko‗rsatgichlariga
ko‗ra ancha farq qiluvchi yuzlab turli konstruksiyadagi kontakt qurilmalari
qo‗llaniladi. Shu bilan birga, eng zamonaviy konstruksiyadagi kontakt
qurilmalari bilan bir qatorda shunday turdagi qurilmalardan (masalan, tarnovli
likopchalar va b.) foydalanilganda ulardan maqsadli mahsulotlarni olishga
imkon bersada, lekin zamonaviy va istiqbolli ishlab chiqarish uchun ularni
tavsiya qilib bo‗lmaydi.
Kontakt qurilmalari turlarini tanlashda odatda quyidagi asosiy
ko‗rsatgichlarga tayaniladi:
a)
unumdorligi;
160
b)
gidravlik qarshiligi;
v)
foydali ish koeffitsiyenti;
g)
ishchi yuklama diapazoni;
d)
smolali va boshqa cho‗kindilar hosil bo‗lishiga moyil muhitlarda
ishlash imkoniyati;
e)
material sig‗imdorligi;
j)
konstruksiyasining soddaligi, tayyorlash, mantaj va ta‘mirlashga
qulayligi.
Mavjud konstruksiyalarning barcha ko‗rinishlarini osonroq tushunish
uchun, biz 3.8-rasmda nafaqat rektifikatsiya, balki aralashmani ajratishning
absorbsion va ekstraksiya jarayonlarida ham qo‗llaniladigan kontakt qurilmalari
klassifikatsiyasini keltiramiz. Ular bilan mos ravishda likopchali kontakt
qurilmalari quyidagiga bo‗linadi:
-kontaktlashuvchi fazalar oqimlari nisbiy harakatini tashkil qilish usuliga
ko‗ra – teskari oquvchi, to‗g‗ri oquvchi, kesishib oquvchi va kesishib to‗g‗ri
oquvchi;
-kontaktlashuvchi
vazalar kesimi rostlanuvchanligiga ko‗ra –
rostlanmaydigan va rostlanuvchi kesimli likopchalar.
Nasadkali kontakt qurilmalarini quyidagi ikki turga ajratish qabul
qilingan: rostlanmaydigan va rostlanuvchi.
Teskari oqimli likopchalar suyuqlik bo‗yicha yuqori unumdorligi,
konstruksiyasining oddiyligi va kam metall sig‗imi bilan tavsiflanadi.
Ularning asosiy kamchiliklari – samaradorligining pastligi va turg‗un ish
diapazoning torligi, kolonna kesimi bo‗ylab oqimlarning notekis taqsimlanishi,
ularning qo‗llanilishini ancha cheklaydi.
To‗g‗ri oqimli likopchalar yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi, lekin
ajratishning o‗ta samaradorligi, yuqori gidravlik qarshilik va tayorlanishining
qiyinligi tufayli ularni bosim ostida ajratish jarayonlarida qo‗llash ma‘quldir.
Kesishib oquvchi likopchalar turiga zamonaviy neft va gazni qayta
ishlash texnologiyasida ko‗proq foydalanilayotgan quyidagi turlari kiradi:
161
kontaktlashuvchi fazalarning rostlanmaydigan kesimili likopchalarning
quyidagi konstruksiyalari: elakli, parchalovchi elakli, dumaloq, to‗g‗ri
burchakli, oltiburchakli qalpoqchali, S – simon, tarnovsimon qalpoqchali (3.10a-
d rasm)
konstruksiyalari: klapansimon klapanli; ballast klapanli; aralash
qalpoqcha-klapanli (masalan, S – simon va to‗rli klapan bilan)