―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


 Og‗ir xom-ashyoni visbreking qurilmasi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
5.2. Og‗ir xom-ashyoni visbreking qurilmasi
Visbreking-qoldiq og‗ir xom-ashyoni bir martalik termik kreking 
jarayonini yumshoq sharoitda olib borishdir. Visbrekingning namunaviy xom-
ashyosi-mazutlar, neftlarni atmosferada yoki vakuumli gudronlarni qayta 
haydash natijasida olinadi. Gudronni visbrekingda uning yumshash harorati va 
asfaltenlarning kamligi, erimaydigan n-pentanlar qanchalik darajada kam 
bo‗lishi qabul qiluvchanlikni shunchalik darajada oshiradi [I]. 
Visbreking 
– xom-ashyoning qovushqoqligiga nisbatan past suyuq qozon 
yoqilg‗isini ishlab chiqarish (1-variantda) yoki gidrokreking va katalitik kreking 
qurilmalari uchun juda yuqori miqdorda gazoyl‘-xomashyo ishlab chiqarish 
maqsadida olib boriladi (2-variant). Ikkala variantda gazlar va benzin 
fraksiyalari qo‗shimcha yengil mahsulotlar hisoblanadi, xomashyoga chiqishi 
amalda 3 va 8% dan (massa ulushi bo‗yicha) oshmaydi. Jarayonni juda qattiq 
sharoitda olib borish benzinni chiqishi bilan baholanadi, visbrekingning qoldiq 
mahsulotlarini boshqa og‗ir suyuq qozon yoqilg‗isi bilan aralashtirilganda 
yoqilg‗ini nobarqarorlikka olib keladi. Chunki nobarqaror yoqilg‗i qatlamlarga 
ajraladi va cho‗kindi hosil qiladi [2]. 
Visbrekingni 1-variant bo‗yicha olib borganda quyidagilarga mosdir: 
-qoldiq mahsulotning tarkibida (visbreking-mazutdan pastdagi) hamma 
suyuq fraksiyalarini saqlash, faqat benzin fraksiyasidan tashqari;
-visbreking-mazutni yuqori darajada (90 - 93% massasi bo‗yicha xom-
ashyoga) chiqishi; 
- visbreking-mazutni qovushqoqligi, boshlang‗ich qaynash haroratini va 
quyuqlashishini xomashyoga nisbatan juda kichikligi; 


206 
 
5.3-rasm. Ikki pechli, tashqariga chiqarilgan reaksion kamerali kreking - 
qurilmasining sxemasi:
P-1-og‗ir xomashyo pechi-yengil kreking pechi; p-2-yengil xomashyo pechi-
chuqurlashtirilgan kreking jarayoni pechi; p-1-tashqari chiqarilgan reaksion kaiyera; K-2 
yuqori bosimli parlatkichi; K-3-kondensator -xolodil‘tori; YE-4-ishqoriy cho‗ktirgich; YE-1- 
yuqori bosimli gaz almashtirgich; T-2- kondensator -xolidil‘tor; YE-4-ishqoriy cho‗ktirg‗ich; 
M-1-aralashtirgich; N-1-N-7-nasoslar 
Har xil sifatdagi qoldiq xom-ashyolarni qayta ishlashning texnologik 
sxemasining soddaligi va silliqligi. 
Gudronlarni visbreking natijasida qozon yoqilg‗isini tayyorlashda kam 
qovushqoqli distillyat qo‗shilmasini sarfi keskin kamayadi. Yuqori haroratli 
alangalanish yoqilg‗isin olishda visbreking qoldiq mahsulotida og‗ir benzin 
fraksiyalarini tarkibi chegaralanadi.
Visbreking jaryonini 2-chi varianti bo‗yicha olib borishda visbreking-
mazutdan vakuum-gazoylni ajratish uchun qurilmaga qo‗shimcha vakuum 
seksiyasi o‗rnatiladi. Jarayon natijasida vakuum-gazoylning xom-ashyodagi 
potensial tarkibi 25 - 40%ga (hajmiy) [3] oshadi. 
Ba‘zi bir zavodlarda 2-chi variant bo‗yicha og‗ir qoldiqning bir necha 
qismi vakuum kolonnasining pastki mahsuloti hisoblanadi va yoqilg‗i sifatida 
shu zavodning o‗zida foydalaniladi, qoldig‗iga kam qovushqoqli mahsulot 
qo‗shilgandan keyin tovar mazuti rezervuariga meyoriy qovushqoqlik bo‗yicha 


207 
yo‗naltiriladi.
Quyidagi 5.1-jadvalda visbrekingda qo‗llaniladigan xomashyoning tavsifi, 
mahsulotni chiqishi va sifati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar keltirilgan.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin