―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
Xulosa 
Visbreking orqali xom ashyoning qovushqoqligiga nisbatan pasaytirilgan 
suyuq qozonxona yoqilg‗isi ishlab chiqarish uchun, yoki gidrokreking va 
katalitik kreking qurilmalari xom ashyosi bo‗lgan gazoyl ishlab chiqarishni 
yo‗naltirish uchun o‗tkaziladi. Mazutni destruktiv haydash jarayonidan maqsad 
katalitik kreking qurilmalari uchun xom-ashyo hisoblangan gazoyl fraksiyalari 
miqdorini ko‗paytirishdir. Termik kreking jarayonining asosiy maqsadi texnik 
uglerod ishlab chiqarish uchun xomashyo ishlab chiqarish hisoblanadi. 
Xomashyo sifatida og‗ir katalitik gazoyllar aralashmasi va moylarni selektiv 
tozalashdan olingan distillyatli ekstraktlar ishlatiladi. Kreking jarayonida 
termogazoyldan tashqari, gaz, benzin fraksiyasi va kreking qoldiq olinadi. Dizel 
yonilg‗ilarining tarkibida parafin uglevodorodlari nisbatan ko‗proq bo‗ladi. 
Yonilg‗ining bug‗lari va havoning aralashmasi motor silindrlarida porshen 
yordamida siqilganda aralashma qattiq qizib, tashqaridan uchqun olib 
kelmaganda ham alanga olib ketadi. Zavodlardagi aralashtirish stansiyalarda 
maxsus avtomatik usulda ishlovchi moslamalar yordamida bir vaqtda kerakli 
moy komponentlari va prisadkalar mo‗ljaldagi miqdorda aralashtiriladi. 
Aralashtirish uzluksiz ravishda olib boriladi. Plastik moylar ishlash jarayonida 
haroratni pasayishi bilan ularning qovushqoqligi ortadi, harorat ko‗tarilishi bilan 
qovushqoqlik kamayadi. Ayni vaqtda plastik moy surilgan narsa kuchli tezlik 
bilan aylanadi va qovushqoqlikka ta‘sir etadi. Demak qovushqoqlik harorat va 
tezlikni ta‘siriga juda ham ta‘sirchan bo‗lishi mumkin emas Termik kreking 
jarayonida xomashyoning haroratga turg‗unligi, harorat, bosim va jarayonning 
davom etishi (vaqti) kreking jarayonining natijalariga ma‘lum darajada ta‘sir 
ko‗rsatadilar. Aromatik uglevodorodlar xomashyoni haroratga turg‗unligini 
ortdiradilar. Piroliz gazi, benzin va gazoyl‘ fraksiyalarini olinadigan 
jarayonlarga beriladigan xomashyo - parafinlarga boy bo‗lishi kerak. Koks olish 
uchun esa – xomashyo aromatik uglevodorodlarga boy bo‗lishi tavsiya qilinadi. 
O‗tgan asrning ikkinchi yarmida qurilgan neftni qayta ishlash zavodlarida neftni 


200 
og‗ir fraksiyalari katilitik kreking jarayoniga berilgan va undan yengil 
fraksiyalar olingan. Termik kreking qurilmalari o‗tgan asrning birinchi yarmida 
qurilgan zavodlarda mavjud. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin