―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-rasm. Sokerkamerali visbreking qurilmasi prinsipial texnologik sxemasi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

5.1-rasm. Sokerkamerali visbreking qurilmasi prinsipial texnologik sxemasi:
I – ekstraktlar yoki kreking- qoldiq; II – suv yoki suv bug‗i; III – suv bug‗i.
5.2-rasm. Isitgichli visbreking qurilmasi prinsipial texnologik sxemasi (belgilanishlari 
4.2-rasmdagidek) 


202 
Pechli kreking kontakt vaqti kichik bo‗lgan yuqori haroratli jarayon, 
soker-kamerali kreking esa kontakt vaqti katta bo‗lgan past haroratli jarayondir. 
1980-yil boshlaridan boshlab tashqi reaksion kamerali sxemalar ko‗proq tarqala 
boshlangan. Shell va Lummus firmalari tomonidan o‗nlab bunaqa kameralardan 
foydalanilgan qurilmalar qurildi.
Reaksion kameralarning qo‗llanilishi issiqlik quvvati kam bo‗lgan 
pechlardan foydalanish imkonini berib, tutunli gazlar issiqligini utilizatsiya 
qilishni osonlashtiradi va bu suv bug‗larini kam miqdorda ishlab chiqarilishiga 
olib keladi. Lummus firmasi reaksion kamerali visbreking jarayonining oddiy 
(pechli)siga nisbatan quyidagi afzalliklarini qayd etadi [25]: kapital xarajatlarni 
10-15% ga kamayishi; pechning kichik hajmi; tutun gazlarini utilizatsiya 
qiluvchi uskunalarning kichik hajmi; pechda kichik bosimlar farqi va yonilg‗i 
sarfining kamligi; mahsulotlarning ko‗p chiqishi va yaxshi ajratilganligi; 
ta‘mirlash vaqtlari oralig‗ining kattaligi – 1 yilgacha; avariyalarga nisbatan kam 
sezuvchanlik. 
Reaksion kamerali visbreking jarayonini intensiv joriy etilishining sababi 
bo‗lgan, eng asosiy afzalliklaridan biri, energiya xarajatlarining kamligidir. Eng 
samarali konstruksiya sifatida vertikal silindrik reaksion kameralar tanilgan. 
Ko‗rsatilgan kameralarning qo‗lanilishi xomashyoni reaksion serpantinda 
chuqur qayta ishlanishini kamaytirish va uni soker-kamerada kerakli qiymatga 
yetkazishga imkon beradi. Agarda pechli vesbrekingda xomashyoni pechda 
480°С haroratgacha qizdirish kerak bo‗lsa, reaksion kamerali visbrekingda 
xuddi shu darajada qayta ishlash uchun 450 - 455°С harorat yetarli bo‗ladi. 
Mahsulot yuqoridan pastga qarab o‗tuvchi, qurilmada termik kreking mavjud 
bo‗lgan an‘anaviy reaksion kameralardan farqli ravishda, ushbu holatda, suyuq 
fazani reaksion zonada bo‗lish vaqtini sezilarli uzaytiradi va dastlabki 
xomashyoni qayta ishlanish darajasining oshishiga olib keladi. Reaksion 
kamerali 
visbrekingning 
material 
balansi 
serpantin 
quvurda 
amalga 
oshiriladigan visbreking material balansiga o‗xshashdir.
Reaksion kamerali va serpantin quvurli visbreking orqali olinadigan 


203 
qozonxona yoqilg‗isi xossalari bir xil, lekin, reaksion serpantinda jarayonni olib 
borishda qo‗llaniladigan yuqori issiqlik va suyuqlik devor oldi qavatida ko‗proq 
qizish mavjudligi natijasida reaksion kamerali visbrekingda olinadigan 
qozonxona yonilg‗isi barqarorligi birqancha yuqoridir. Tashqi reaksion kamerali 
variantning kamchiligi pechni va kameraning o‗zini koksdan tozalash qiyinligi. 
Bunday tozalash serpantin reaktorli qurilmalarga nisbatan kamroq qo‗llaniladi, 
chunki buning uchun ancha murakkab uskunalar talab etiladi. Hozirgi vaqtda 
Foster Uiler va YUOP firmalari birgalikda ishlab chiqilgan serpantinli 
visbrekingni taklif etmoqda [ ]. Tashqi reaksion kamerali visbreking 
jarayonining litsenziya egasi SHell firmasi bo‗lib, juda ko‗plab sanoat 
qurilmalari uning texnologiyalari bilan jihozlangan. 
Visbreking jarayoni asosiy vazifasi jarayonda qovushqoqlikni tushirish 
bo‗lib, biz keyinchalik turli omillarning aynan shu parametrga ta‘sirini ko‗rib 
chiqamiz. Qoldiqlarning termik krekinga moyilligi ularni smola va asfaltenga 
ajralish xususiyati bilan bog‗liq va visbrekingni o‗tkazish sharoitlarini aniqlab 
beradi. Visbreking jarayonida smolalar distillyat xarakteriga ega bo‗lgan 
yengilroq 
uglevodorodlarga 
aylanganda, 
asfaltenlar 
nisbatan 
kamroq 
transformatsiyaga uchraydi. Visbrekingdan so‗ng qoldiqda asfalten - smola 
nisbati ortadi. Agarda kreking qat‘iy sharoitlarda o‗tkazilganda, unda smola 
miqdori asfaltenlarni suyuq yoqilg‗iga disperglash uchun yetarli bo‗lmay qoladi. 
Bunday tizimlarda asfaltenlar idish tagiga cho‗kadi va bunday qoldiqlar 
qozonxona yoqilg‗isini ishlab chiqarish uchun foydali bo‗lmaydi. Xomashyo 
tarkibida asfaltenlar miqdori qanchalik yuqori va smola kam bo‗lsa, visbreking 
qoldig‗ida qovushqoqlik shunchalik kam pasaytiriladi. Dastlabki xomashyoning 
kelib chiqish tabiati qovushqoqlikni tushirish darajasiga ham, visbreking 
material balansiga ham katta ta‘sir ko‗rsatadi. - bir xil asfalten tarkibli 
xomashyolar dastlabki xomashyoni turlicha chuqur qayta ishlashda bir xil 
darajadagi qovushqoqlik pasayishiga ega bo‗lishi mumkin; 
- dastlabki xomashyoda asfalten miqdori qanchalik katta bo‗lsa, 
qozonxona yonilg‗isining yetarli barqarorligini ta‘minlovchi qayta ishlashning 


204 
shunchalik kam ruxsat etilgan chuqurligiga erishish mumkin;
-qovushqoqlikning eng ko‗p pasayishi, yuqori dastlabki qovushqoqlikka 
ega bo‗lgan visbrekng fraksiyalashida kuzatiladi. Bu 490 - 540°С dan yuqori 
haroratlar chegarasidada qaynovchi fraksiyalardir. 400 - 490°С chegarasida 
qaynovchi va past dastlabki qovushqoqlikka ega bo‗lgan fraksiyalar, amalda 
qoldiq qovushqoqligining kamayishiga olib kelmaydi. Termik jarayonlarning 
asosiy omillari va reaksiya davomiyligidir.
Bu omillar ba‘zi harorat chegaralarida o‗zaro almashinuvchi, ya‘ni 
xomashyoning ushbu qovushqoqligini uning kreking zonasida yuqori haroratda 
va qisqa vaqt davomiyligida bo‗lganida, yoki aksincha, pastroq harorat rejimida, 
lekin uzoqroq reaksiya davomiyligida olish mumkin. Haroratning nisbatan katta 
bo‗lmagan miqdorda o‗zgartirilishi, kreking jarayonining sezilarli tezlashishi 
yoki sekinlashishiga olib keladi. Kreking vaqti (yoki reaksiya tezligi) va harorati 
orasidagi taxminiy bog‗liqlik Vant-Goff kimyoviy reaksiyalar qonuniga 
bo‗ysunadi va aynan, haroratni 10°С ga oshirish bilan kreking reaksiyasi tezligi 
ikki marta ortadi (ya‘ni, kreking vaqti ikki marta ortadi). Termik parchalanish 
300 - 350°С da boshlanadi, 400°С atrofida sezilarli namoyon bo‗ladi va 450°С 
va undan yuqori haroratlarda tez o‗sib boradi. Kreking tezligi harorat va 
xomashyo xarakteriga bog‗liq. Haroratning bir xil bosimda va o‗zgarishning bir 
xil darajalarida oshirilishi mahsulot tarkibida yengil komponentlarni oshib 
borishi va og‗ir fraksiyalar chiqishining kamayishigi olib keladi. Bu shunday 
holatda sodir bo‗ladiki, past haroratda qaynovchi uglevodorodlar hosil 
bo‗lishiga olib keluvchi, kreking reaksiyasi uchun harorat koeffitsiyenti, yuqori 
haroratda qaynovchi mahsulotlarni hosil qiluvchi ikkilamchi reaksiyaga nisbatan 
ko‗proqdir. BashNIINP pilot uskunalari tajribalari ko‗rsatdiki, qovushqoqlikning 
pasayishi eng yuqori darajasi 450-460°С da kuzatiladi, haroratning keyingi 
ortishida qoldiq qovushqoqligi oz miqdorda kamayadi. Bir qator tadqiqotlarda 
gudron visbrekingi xomashyoga ta‘sir etib, reaksiya haroratini tushiruvchi 
moddalar mavjudligida o‗tkazishni taklif qilingan. Bunday moddalar vodorod 
manbai bo‗lib, polikondensatsiya va reaksiyaning salbiy reaksiyalar ulushini 


205 
kamaytiradi, tizimda koks hosil bo‗lishini oshiradi. Gudronga qo‗shimcha 
sifatida neft fraksiyalaridan foydalaniladi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin