―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


 -rasm. Neftni elektr-tuzsizlantiradigan qurilmaning tartibli sxemasi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

3.4 -rasm. Neftni elektr-tuzsizlantiradigan qurilmaning tartibli sxemasi: 
 
I – xom neft; II - deemulgator; III - soda-ishqorli eritma; IV – toza suv; V – tuzsizlagan neft; 
VI - elektr-degidratorning 2-chi bosqichidan chiqqan suv (EG-2); VII - EG-1 dan chiqqan 
tuzli suv. 
EG-2 kirishiga qisman tuzsizlantirilgan neftni oqimiga neftning massasiga 
nisbatan 5...10 % miqdorida (daryo, aylanma yoki bug‗li kondensat) toza suv 
beriladi. Elektrgidrator gorizontal ko‗rinishidagi silindrsimon apparat bo‗lib, 
uning o‗rtasiga bir-biriga 25 – 40 sm masofadagi parallel 3 ta juft elektrodlar 
o‗rnatiladi hamda ularning oralig‗ida 32 – 33 kV kuchlanish ushlab turiladi. 


143 
EGga xomashyoni kiritish va undan chiqarish apparatning pastki va yuqori 
qismida joylashtirilgan quvurli teshilgan taqsimlovchi quvurlar orqali chiqariladi 
hamda kiruvchi neftning oqimini bir tekis taqsimlanishini ta‘minlab beradi. 
EGning pastki qismida taqsimlagich va elektrodlar oralig‗idagi tarkibida 
deemulgator bo‗lgan aniq hajmdagi suvning sathi ushlab turiladi ya‘ni 
deemulsiya termik ishlov berish sodir bo‗ladi va yirik suv tomchilarini 
ajralishini ta‘minlaydi. Suv yuzasi va pastki elektrod tekisligi oralig‗i zonasida 
neft deemulsiyasi kuchsiz elektr maydoni ta‘siriga beriladi, elektrodlar 
oralig‗ida esa – yuqori kuchlanishli elektr maydoni ta‘sirida bo‗ladi.
Tuzsizlantirilgan va suvsizlantirilgan neft issiqlik almashtirgichlarda 
sovutilgandan keyin tayyorlangan neft rezervuarlariga olib ketiladi, jamlangan 
qurilmalarni ETQsini seksiyasida sovutilmasdan neftni birlamchi tayyorlash 
qurilmasiga beriladi. 
3.5. Neft va gazni haydash jarayonlarining nazariy asoslari 
Neft va gazni fizik qayta ishlash jarayonlarining asosiy qonuniyatlari, 
xususan haydash va rektifikatsiyalash hamda qo‗llaniladigan apparatlarning
konstruksiyasi va ish tartiblari bilan talabalar ―Neftni qayta ishlash jarayonlari 
va apparatlari‖ kursida tanishadilar.
Shu sababli, quyida neftni kayta ishlash uchun birlamchi haydash (qayta 
ishlash) va uni NQIZ larida mahsulotlarni yoki ularning komponentlarini olishni 
nazarda tutuvchi ikkilamchi (fizik yoki kimyoviy) qayta ishlashdagi 
jarayonlarning nazariy asoslari buyicha umumlashtirilgan ma‘lumotlar 
keltiriladi. 
Neft va gazni haydash va rektifikatsiyasi haqida umumiy ma‘lumot. 
Haydash (distillyatsiya)
– neft va gazni dastlabki aralashmadan va bir-
biridan qaynash harorati chegaralari bo‗yicha farq kiluvchi fraksiyalarga 
(komponentlarga) fizik ajratish jarayonidir. Jarayon olib borilishiga muvofiq 
oddiy va murakkab haydashlarga ajratiladi. 
Oddiy haydash 
ketma-ket, bir yoki ko‗p marotabali bug‗latib amalga 
oshiriladi. 


144 
Ketma – ket bug‗latib haydashda 
neft boshlanishdan oxirgi haroratigacha 
bosqichma - bosqich qizdiriladi, hosil bo‗lgan bug‗lar uzluksiz qaytariladi va 
kondensatsiyalanadi. Neft va neft mahsulotlarini bunday usulda haydash asosan 
laboratoriya sharoitida fraksian tarkibini aniqlashda qo‗llaniladi. 
Bir marotabali haydashda 
suyuqlik (neft) bug‗lari hosil qilinadi va ular 
muvozanat holatga yetguncha belgilangan haroratgacha qizdiriladi va bug‗lar 
suyuqlik faza – qoldiqdan bir martali ajratiladi. Bu usul, bosqichma-bosqich 
bug‗latib haydashga nisbatan, haydashning katta qismini bir xil harorat va bosim 
bilan ta‘minlaydi. Bu usulning muhim ustunligi shundaki, neftni haydash 
amaliyotida, neft kreking qilinmasdan turib qizdirishning cheragalangan 
haroratida bug‗larni maksimal ajratishga erishishda foydalaniladi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin