―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Deemulsiyani 
shakllantiradigan va barqarorlashtiradigan modda – 
emulgator deyiladi; barqaror deemulsiyada adsorbsiya pardasini sirtini 
parchalaydigan modda – deemulgator deyiladi. 
Emulgator –
neftni qutbli moddasi hisoblanadi. Qaysiki, bunday 
moddalarga smolalar, asfaltenlar, asfaltogenli kislotalar va ularni angidridlari
neftli kislotaning tuzlari hamda har xil organik aralashmalari kiradi. Barqaror 
deemulsiyani paydo bo‗lishida har xil qattiq uglevodorodlar – neftning 
parafinlar va serezinlari qatnashadi. Deemulsiyalarning shakllanishi katta 
darajada emulgatorning xossalariga bog‗liq bo‗ladi: gidrofob xossalariga ega 
bo‗lgan emulgatorlar С/Н turidagi deemulsiyani hosil qiladi, gidrofil 
emulgatorlari esa – Н/С turidagi gidrofilli deemulsiyani hosil qiladi. 
Shunday qilib, emulgatorlar shunday turdagi deemulsiyalarni hosil qiladi 
qaysiki, emulgatorni turiga mos Kon amaliyotida ko‗pincha gidrofob 
deemulsiya shakllanadi ya‘ni, bunday holatda emulgator sifatida neftda 
eriydigan smolali-asfaltenli modda, organik kislota tuzlari hisoblanadi hamda 
judda kichik loyli zarralar, metallarni oksidlar va boshqalar. Bu moddalar neft-


135 
suv bo‗limi sirtida adsorbsiyalanadi, neft tomonidagi qatlam sirtiga tushadi va 
suv zarrachasining atrofida mustahkam qoplama hosil qiladi.
Teskarisiga ya‘ni, suvda yaxshi eriydigan va uglevodorodlarda yomon 
eriydigan ishqorli metallar turidagi gidrofilli emulgatorlar neftli kislotalarda suv 
fazasi tomonidan qatlam yuzalariga adsorbsiyalanadi, neft tomchilarini o‗rab 
oladi va gidrofilli neftli deemulsiyani shakllanishiga olib keladi.
Neft emulsiyalarini parchalashda boshqa turdagi deemulgatorlar ya‘ni, 
sintetik ko‗rinishdagi SFM qo‗llanilganda neftlarda tabiiy emulgatorlarda 
nisbatan yuqori sirt faolligiga ega bo‗ladi hamda natijali bo‗ladi:
1) suv globuli emulgatori yuzasidan adsorbsiyali siqib chiqarish, 
deemulsiyani barqarorlashtiruvchi;
2) qarshi turdagi nobarqaror deemulsiyani hosil qilish;
3)adsorbsiya pardasida kimyoviy erishi.
Suv globulining yuzasida tuzilma-mexanik mustahkamli gidrofilli 
adsorbsiyali qatlam hosil bo‗ladi ya‘ni, suv-neft deemulsiyasining destabillashi 
sodir bo‗ladi. Mustahkam deemulsiyadan nomustahkam deemulsiyani paydo 
bo‗lishi, keyin esa suvning yirik globullari yengil koalessirlanadi va dispersli 
muhitdan cho‗kadi. Beqarorlansizlanishni bosqichi neftni suvsizlantirishni va 
tuzsizlantirishni limitli umumiy jarayoni hisoblanadi.
U o‗z navbatida ikki bosqichdan iborat:
а) deemulsiya yuzasiga deemulgatorni yetkazish ya‘ni, tashish bosqichi – 
diffuziya jarayoni hisoblanadi
b) neft emulgatori bilan shakllangan bronlashgan qoplamani parchalash 
yoki kinetik bosqich. 
Neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmalarida suv eritmali, suv-
neft-eritmali va neft-eritmali deemulgatorlar keng qo‗llaniladi. Eng oxirgisi eng 
afzal hisoblanadi: 
-ular neftda yengil aralashadi (kuchsiz aralashishi), v kam darajada suv 
bilan yuviladi va oqova suvlarni kam ifloslantiradi; 
-uni sarfi amaliyotda neftni suvlanishiga bog‗liq emas;


136 
-neftning tarkibida qolib barqaror mustahkam deemulsiyani --shakllanishi 
va ularni eskirishini ogohlantiradi;
-metall korroziyasini ingibirlash xossasiga ega bo‗ladi; 
-past haroratli qotishga ega yengil harakatchan suyuqlik bo‗lib, eritgichsiz 
qo‗llaniladi hamda tashish va dozirovka qilishga qulay hisoblanadi; 
Neftni erituvchi deemulgatorning eritgichi sifatida pastmolekulyar spirtlar 
(metilli, izopropilli va boshqalar), aromatik uglevodorodlar va ularning har 
nisbatdagi aralashmalari qo‗llaniladi.
Suv eritmali deemulgatorlar 1-2%-li suvli eritmalar ko‗rinishida 
qo‗llaniladi. Ular drenaj suvlari ta‘sirida qisman yuviladi va tuzsizlantirishda 
sarf oshirib yuboradi. 
Zamonaviy turdagi deemulgatorlarga quyidagi asosiy talab qo‗yiladi: 
-ular maksimal yuqori dedeemulsiyalash faolligiga ega bo‗lishi, biologik 
jihatdan yengil yoyiluvchan (agar suvda eruvchan), zararsiz, arzon, yetarlicha 
bo‗lishi; 
-bakteritsidli faollikka ega bo‗lmasligi (oqava suvni biologik tozalash 
samarasi bog‗liq) va metallarni korroziyaga keltirmasligi. 
Bu talablarga to‗liq javob beradi va shuning uchun neiogenli 
deemulgatorlar keng qo‗llaniladi. Ular oldin qo‗llanilgan ionoaktiv 
deemulgatorlarni to‗liq siqib chiqargan. Ularning sarfi qurilmalarda neftni 
tuzsizlantirishda o‗nlab kg/t.ni tashkil qiladi. Chunki, ular biologik jihatdan 
yoyilmaydi, shuning uchun uni qo‗llash suv havzalarini ifloslanishga olib 
kelgan. Neiogenli SFM suvli eritmalarda ionlarga tushmaydi. Ular alkil oksidini 
(etilen yoki propilen) harakatchan vodorod atomi bilan organik biriktirish orqali 
olinadi, uning tarkibida har xil funksional guruhlar mavjud ya‘ni karboksil‘, 
gidroksil‘, aminli, amidli va boshqalar.
Shunday birikmalar sifatida eng ko‗p qo‗llaniladigan organik kislotalar, 
spirtlar, fenollar, murakkab efirlar, aminlar va amidli kislotalar hisoblanadi. 
SFMlarning gidrofoblik xossasi unga polioksipropilen zanjirini biriktirish orqali 
rostlanadi. Uni SFMlarda eruvchanligi uzaytirilganda suvdagi eruvchanligi 


137 
pasayadi, molekulyar massasi 1000 dan katta bo‗lganda amalda suvda erimaydi. 
Sanoatdagi deemulgatorlarning har xil molekulyar massaning polimerlarining 
aralashmasi odatda individual modda hisoblanmaydi. Mamlakatimizda va 
xorijda sanoat deemulgatorlar sifatida quyidagi oksialkenlashtirilgan organik 
birikmalardan foydalaniladi. 
Bu yerda: R — alkilli qoldiq, tarkibida 9.10 uglerod atomlari, p - 10.12 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin