131
ket bosim pasaytirilgandan keyin suyuqlikning tarkibidagi (suv va neft) yo‗ldosh
gaz ajratib olinadi, keyin esa oraliqdagi qabul qilgichlarda
kondensat ajratib
olinadi va gazni qayta ishlash zavodlariga yo‗naltiriladi (yoki qatlam bosimini
ushlab turish uchun quduqlardan haydaladi).
Trap-ajratgichlardan keyin neftning tarkibida 4% miqdorida erigan gazlar
qoladi. Trap – gaz ajratgichlarda gazni ajralib chiqishi bilan bir vaqtda xom
neftning tarkibidan mexanik aralashmalar va asosan kon suvlari ham cho‗kmaga
tushadi – shuning uchun bu apparatlar tindirgichlar deyiladi. Neft gaz-
ajratgichlardan keyin tindirish
rezervuarlariga kirib keladi, u yerdan neftni
tayyorlash
qurilmasiga
yo‗naltiriladi
(NTQ)
hamda
suvsizlantirish,
tuzsizlantirish va barqarorlashtirish amalga oshiriladi.
Suvsizlantirish jarayoni asosida qatlamga haydovchi quduqlar orqali
haydalgan suvlarni neftli deemulsiya parchalanadi va ajratib olinadi.
Suvsizlantirilgan neftni tuzsizlantirishda u chuchuk suv bilan aralashtiriladi va
sun‘iy deemulsiya hosil qilinadi va parchalanadi.
Qurilmada suv tozalanadi va
qaytadan neftni siqish va qatlam bosimini saqlab turish uchun qatlamga
haydaladi.
Neftni barqarorlashtirishdan maqsad NQIZlariga qayta ishlash uchun
haydashda bug‗lanishga yo‗qotilishini oldini olish va xarajatni kamaytirish
maqsadida amalga oshiriladi. Bunda tashqari neftning
tarkibida gaz mavjud
bo‗lganda quvur uzatmalarda tiqinlarni hosil qiladi va qayta haydashni
qiyinlashtiradi.
Neftning tarkibida erigan gazlarning miqdori kam bo‗lganda kon
sharoitida barqarorlashtirish uchun bir kolonnali qurilmalar qo‗llaniladi. Ikki
kolonnali qurilma neftning tarkibida gazning miqdori 1,5% dan yuqori
bo‗lganda qo‗llaniladi, ikkinchi kolonna gazli benzinlarni borqarorlashtirish
uchun xizmat qiladi. Neftni barqarorlashtirishni ikki pag‗onali sxemasi 3.2-
rasmda keltirilgan.
Kon rezervuarlaridagi nobarqaror neft issiqlik almashtirgichlarda va
qizdirgichlarda 60°С
gacha qizdirilgandan keyin
К-1
kolonnasining birinchi
132
likopchasiga barvarorlashtirish uchun beriladi. Benzin bug‗larini suv yoki havo
bilan kondensatsiyalanishida yaxshi sharoit yaratish uchun К-1 kolonnasidagi
bosim 0,2 dan 0,4 MPa.gacha ushlab turiladi. K-1 kolonnasining pastki
qismidagi harorat 130...150 °С
chegarasida ushlab turiladi, qizdirilgan pechda
barqaror neftning sirkulyatsiyasi ta‘minlanadi. Barqaror neft K-1 ning pastki
qismidan issiqlik-almashtirgichda va sovutgichda sovutilgandan keyin
chiqariladi, rezervuarga yo‗naltiriladi va keyin esa NQIZga tashiladi.
Dostları ilə paylaş: