127
va dizel yoqilg‗isi) va mazut ajratib olinadi qaysiki, ulardan qozonxona
yoqilg‗isi yoki keyin chuqur qayta ishlashda xomashyo sifatida foydalaniladi.
Atmosfera ostida haydalgan yoqilg‗i keyin qayta ishlashga beriladi:
geteroatom birikmalaridan gidrotozalash, benzinlarni – sifatini oshirish uchun
katalitik riformingga yoki alohida aromatik uglevodorodlardan – neftkimyosi
uchun xomashyo olishga (
benzol, toluol, ksilol va boshqalar
) haydaladi.
Vakuumli haydash yo‗li orqali mazutdan (VQ qurilmasida - vakuumli quvur
qurilmasida) keng fraksiyali vakuumli gazoyl‘ olinadi (350...500°С) – ya‘ni,
katalitik kreking yoki gidrotozalash qurilmalarida qayta ishlash asosida motor
yoqilg‗isining komponentlari yoki moyli fraksiyalarning qisqa distillyatlari
olinadi hamda qayta tozalash jarayonlariga (selektiv tozalashga, deparafinlashga
va boshqa) yo‗naltiriladi.
Vakuumli qayta haydash qoldig‗i
– gudron – qoldiq moy olish uchun
yoki chuqur qayta ishlash asosida qo‗shimcha motor yoqilg‗isi, neftli koks, yo‗l
va qurilish bitumlari hamda qozonxona yoqilg‗isiga xomashyo olinadi.
Dostları ilə paylaş: