2.19-rasm. Mazutni vakuumli haydashda ikki pog‗onali qurilmaning texnologik
sxemasi:
1,2,22,24,25,28,29-issiqlik almashtirgichlar; 3,10-quvurli pechlar; 4,5,8,9,15-17,18,33-
nasoslar; 6,13-vakuum kolonnalari; vakuumli qabul qilgichlar; 11,23,26,30-qozon-
utilizatorlar;
12,19,20,27,31,32,35-sovutgich;
14-bug‗lantiruvchi
kolonna;
21,34-
qizdirgichlar.
118
Kolonnadan (13) nasos (18) yordamida olib chiqiladigan parafinli distillyat
ketma-ket issiqlik almashtirgich (25), suvni qizdirgich (34) va sovutgichdan (35)
o‗tadi, qisman shu kolonnaning yuqori qismini sug‗orish uchun qaytariladi,
ortiqchasi qurilmadan chiqarilib rezervuaga beriladi. Gudron qurilmadan
chiqarilgunga qadar botma tipdagi sovutgich (19) orqali o‗zining issiqligini
issiqlik almashtirgichlardagi (1 va 2) mazutga beradi. Bug‗lantirsh seksiyasiga
suv bug‗lari kiritiladi. Buning uchun oldindan uzatishga radiant zmeyevik
pechlarni o‗rnatiladi. Qozon-utilizatorlar suv bug‗larini 0,6 MPa bosimda ishlab
chiqarishga hisoblangan, keyin esa issiq gaz bilan qayta qizdiriladi.
Xomashyoni pechda maksimal qizdirish harorati (3)- 435°С va pechda 10
- 385°C (zmeyevik pechlariga suv bug‗lari kiritilmasdan). Distillyatlarni va
gudronni chiqishi xomashyoning sifatiga va ajralishini aniqligiga bog‗liq
bo‗ladi.
2.15-jadval
Quyida kolonnaning ish rejimi keltirilgan
Ko‗rsatgichlar
Kolonna 6
Kolonna 13
Kolonna 14
Qoldiq bosim, kPa
Kolonnaning yuqorisida
Xom-ashyoni kiritish zonasi
Harorat,
o
C
yuqorida
pastda
Kolonnadagi likopchalar soni
5,33
13,33
70-90
390
20
5,33
14,53
90
340
26
-
-
-
320
5
Ba‘zi bir holatlarda distillyatlar uchun havoli sovutish apparatlarini qo‗llash
holi emas Mazutni vakuum ostida ajratish uchun ikki pog‗onali qurilmaning
boshqa sxemalari ishlab chiqarishda qo‗llaniladi. Bunda riktifikatsiya kolonnasi
yog‗li distillyatlar bilan bog‗langan bo‗lmasdan, sxemada ko‗rsatilganidek
polugudron bilan bog‗langan bo‗ladi [5]; yoki vakuumli qurilma qo‗shimcha
miqdordagi distillyatni gudrondan olish uchun past bosimli evaporator bilan
to‗ldiriladi [6].
|