―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


 Mazutni ikki pog‗onali vakuumli haydash qurilmasi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

2.15. Mazutni ikki pog‗onali vakuumli haydash qurilmasi
 
Mazutni ikki pog‗onali vakuumli haydash qurilmasi-keng bo‗lmagan 
fraksiyali tarkibdagi yog‗li distillyatlarni bir pog‗onali qurilmaga nisbatan
ishlab chiqarishga mo‗ljallangan. Vakuumli fraksiyalash kolonnasining I – chi 
pog‗onasidan - solyar, gudron va keng fraksiya tarkibli yog‗li distillyatlar (350 - 
575°С) da olib chiqiladi. Yog‗li distillyat II-chi pog‗onada uchta maqsadli 
distillyatga ajratiladi: parafinli (350 - 460°C), avtolovli (asosiy fraksiya 460 - 
490 °С)da va silindrli (qaynashni boshlanish harorati 490°С) ga yaqin [4]. 
Texnologik sxema 2.19-rasmda keltirilgan. Mazut nasos bilan (33) 
haydalguncha zmeyevik pechiga (3) kirib kelguncha boshlanishida distillyat 
bilan birgalikda (29, 28 va 22 issiqlik almashtirgichda – mazutni birinchi 
oqimida; 25 va 24-ikkinchi oqimda), keyin esa issiqlik almashtirgichlarda (1 va 
2) qizdiriladi.
Vakuum kolonnasi (6) mazutni solyarga, keng fraksion tarkibli yog‗li 
distillyatlarga ajratish uchun xizmat qiladi, vakuumli qabul qilgichda (7) 
yig‗iladi, gudron kolonnadan nasos (5) yordamida chiqariladi. Qabul qilgich (7) 
muvozanatlovchi chiziq bilan ta‘minlangan. Solyar yarim yopiq likopchadan 
nasos (4) yordamida olinadi va ketma-ket issiqlik almashtirgich (29) va 
sovutgichdan (32) o‗tadi. U sovutilgandan keyin bir qismi kolonnaning (6) 
yuqori zonasiga qaytadi, ortiqcha qismi esa rezervuarga yo‗naltiriladi (sxemada 
ko‗rsatilmagan). 
Yog‗li distillyat nasos (8) bilan olinadi va issiqlik tashuvchi sifatida 
apparatlar orqali: issiqlik almashtirgich (28), bug‗li qozon-utilizator va 
teplofikatsion suvni qizdirgichi (21) orqali o‗tkaziladi. Bu retsirkulyat 
sovutgichdan (20) chiqqandan keyin kolonnaning(6) o‗rta zonasida to‗planadi. 
Keng fraksion tarkibli yog‗li distillyatning balans miqdori qabul qilgichdan (7) 


117 
nasos (9) zmeyevik pechi (10) orqali vakuum kolonnasiga (13) yo‗naltiriladi.
Bu kolonnaning mahsuloti sifatida: yarim yopiq likopchalarda 
yig‗iladigan parafinli distillyat, nasos (17) yordamida bug‗lantiruvchi
chiqaruvchi seksiyadan (14-chi kolonna) olib ketiladigan avtolov distillyati va 
silindr distillyati, issiqlik almashtirgichning (24) boshlanishiga nasos (15) bilan 
yo‗naltiriladi, keyin esa qozon-utilizatorga (26) va sovutgichga (27) beriladi.
Avtolov distillyatning retsirkulyatsiya qismi nasos (16) bilan olinadi, 
sovituvchi apparatlarga (11 va 12) va uchta oqim bilan kolonnaning (13) o‗rta 
zonasiga beriladi. Avtolov distillyatning balansli miqdori nasos (17) bilan 
issiqlik almashtirgich (22), qozon-utilizator (30) va suvutgich (31) orqali 
rezervuarga beriladi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin