122
zavodlarga zamonaviy qurilmalar va katta unumdorlikda ishlab chiqarish
jihozlar loyihalanadi, shuning uchun ular tejamkor bo‗ladi. Neftni birlamchi
qayta ishlash qurilmalari neftni qayta ishlash zavodlarining asosini tashkil qiladi,
ularning ishi olinadigan yoqilg‗i komponentlarining sifatiga va chiqishiga
hamda ikkilamchi va neftni qayta ishlashni boshqa jarayonlarining xom-
ashyosiga bog‗liq bo‗ladi.
Ishlab chiqarish amaliyotida neft fraksiyalarga ajratiladi va qaynash
haroratining chegaraviy haroratlari bilan farq qiladi. Bunday farqlanish neftni
birlamchi haydashda qizdirish, distillyatsiya va rektifikatsiya, kondensatsiya va
sovutish jarayonlarini qo‗llashni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: