Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar tarbiyasiga alohida to'xtalib: Bolalarimizni birovlarning qo'liga berib qo'ymasdan, ularni o'zimiz tarbiyalashimiz lozim



Yüklə 26,3 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü26,3 Kb.
#130735
PEDAGOGIKA


Uzoq va boy tarixga ega bo'lgan Markaziy Osiyo xalqlari o'zining ta'lim-tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do'stlik, sahiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma'naviyatimizning o'zagini tashkil etadi. Shu sababli undan bugun yoshlarimizning ta'lim va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, "Ajdodlarimizdan qolgan meros millatimizning nafaqat o'tmishi, shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai hisoblanadi" [2:47]. Har bir xalqning ta'lim-tarbiyaga oid an'analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining asosi bo'lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o'z farzandlarini barkamol inson bo'lishini istaydi, o'zlari eta olmagan orzu-umidlariga bolalarining etishligini o'ylaydi. Bolalarning har bir yutug'idan
quvonishadi, mag'lubiyatidan tashvishga tushishadi. Farzandlarini baxtli ko'rish ular uchun eng baxtiyor damlar hisoblanadi. Buning uchun ularga bor kuch-quvvatini sarflashadi.
O'tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma'naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o'z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo'lamiz.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar tarbiyasiga alohida to'xtalib: "Bolalarimizni birovlarning qo'liga berib qo'ymasdan, ularni o'zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko'proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko'mak berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz" Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana shu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o'g'il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug' ajdodimiz nima deb yozganlar: "Xalqning aniq bir maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi yoki zaif bo'lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi ularning o'z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog'liq" [11] deya ta'kidlab o'tdi.
Tarbiya o'z navbatida oiladan boshlanar ekan, biz o'z farzandlarimizni baxti-saodatini, kamolini, iqbolini, buyuk inson bo'lib etishganligini va hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviy qo'rg'oni bo'lmish o'z oilamizning mustahkamligini ko'rishni istar ekanmiz, demak oilada tarbiyalanuvchilarimizni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalashda tarbiyaning barcha turlariga e'tiborni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-bobolarimizdan qolgan boy ma'naviy merosning yosh avlodni har tomonlama yuksalishi tizimidagi o'rni va roli o'ziga xos xususiyatga va ko'rinishlarga ega. "Darhaqiqat, ajdodlar tomonidan
yaratilgan tarbiyaviy qadriyatlarni o'rganishda ta'lim tizimi imkoniyatlarga alohida e'tibor qaratishlozim. Sharq mutafakkirlarining asarlarini o'rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega" [12:43]. Ular o'z asarlarida shaxs ma'naviyati, insonda odob-axloqning yuksak namunalarini tarkib toptirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, halol mehnat bilan kun kechirish, atrof-muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo'lishga oid qarashlarni bayon qilganlar. Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari va allomalari o'z asarlarida insonning bilim olishi, hunar egallashi, undagi yuksak ma'naviy-ahloqiy sifatlarni ulug'laydilar va shunday fazilatlarga ega bo'lishga barchani chorlaydilar. Ma'naviy yuksak, zamonaviy ilm-fanni egallagan, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosga sohib chiqqan avlodni hech qanday tashqi kuch, g'oya yoki mafkura aslo o'z ta'siriga tushira olmaydi. Bunday avlodni voyaga etkazgan xalqning
Yüklə 26,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin