139
dispersli tomchilari qutblanadi, himoyaviy qobiqning parchalanishi bilan
deformatsiyalanadi (cho‗ziladi yoki tortiladi), elektrodlarni qutblanishi
almashishi bilan (bir sekundda 50 marta) ularni to‗qnashuvi va yiriklashish
ehtimolligi oshadi, natijada globullarni alohida fazalarga ajralishi cho‗kish
tezligini oshiradi.
Suvsizlanish chuqurligi oshib borishi bilan qoldiq tomchilar oralig‗idagi
masofalar oshadi va koalessenlash sekinlashadi. O‗zgaruvchan tok maydonida
ishlangan neftdagi suvning eng oxirgi tarkibi 0,1% miqdorida chegaralandi. Suv
tomchilarining qoldiq koalessensiyasini elektr maydonining kuchlanishini aniq
chegaragacha oshirish orqali amalga oshiiladi.
Maydonni kuchlanishi yanada oshirilganda tomchini elektr disperslanish
jarayonini to‗g‗ri kelmagan holda tezlashadi va koalessensiyalanish yana
sekinlashadi. Shuning uchun aniq turdagi deemulsiya uchun eyektrodlarni
optimal o‗lchamlarini va ular orasidagi masofa tanlanadi. Neftdagi tuzlarni
qoldiq miqdori qoldiq suvning tarkibiga va uning tuzlanganligiga bog‗liq
bo‗ladi. Shuning uchun neftni chuqur suvsizlantirishga erishish uchun uni
chuchuk suvning optimal miqdorida yuvish amalga oshiriladi. Yuvuvchi
suvning miqdori ko‗p oshirilganda neftni tuzsizlantirish xarajatlari va oqavo
suvlarning miqdori ham oshib ketadi. Shunga bog‗liq holda chuchuk suvni
tejash maqsadida ko‗pgina NQIZlarida ETQlarida ikki pog‗onali sxemada
yuvuvchi suvlar qarshi oqim orqali uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: