―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Nazorat savollari 
1.Gazni va yengil fraksiyani hamda umumiy neftni qazib chiqarishdan 
yo‗qotilishi necha % ni tashkil qiladi? 
2.Trap-gaz ajratgichlarda gazni ajratib olish bilan birgalikda neftning tarkibidagi 
mexanik aralashmalar va xom suvning massasi cho‗kmaga tushiriladimi? 
3.Konlardagi elektr tuzsizlantirish qurilmasidan keyin barqarorlashtirish uchun 
qayerga yo‗naltiriladi? 
4.Neftni qayta ishlash zavodiga kirib kelish paytidan boshlab, undan olinadigan 
neft mahsulotlari qanday bosqichlardan o‗tkaziladi? 
5.Neftni haydash texnologiyasiga bog‗liq holda propan-butan fraksiyasi 
suyultirilgan yoki gazsimon holatda olinadimi? 
6.Moylovchi yog‗larni tozalashda qanday jarayonlar qo‗llaniladi? 
7.Neftni qayta ishlaydigan zavodlarning nechta asosiy turi mavjud? 
8.Eng mustahkam kichik dispersli neftning deemulsiyalari elektr toki yordamida 
parchalanadimi? 
9.Atmosfera bosimi ostidagi quvurli qurilma qanday texnologik qurilmalarga 
bo‗linadi? 
10.Vakuum hosil qilishda barometrik kondensator va ikki- yoki uch pog‗onali 
ejektorlar qo‗llaniladimi? 


123 
III bob. NEFT VA GAZKONDENSATNI IKKILAMCHI QAYTA 
ISHLASH
3.1.Neft va gazkondensatni qayta ishlashning asosiy yo‗nalishlari 
Neftni qayta ishlash sanoati – og‗ir sanoatning bir tarmog‗i bo‗lib, neftni 
va gazkondensatlarni qayta ishlash va yuqori sifatli tovar neft mahsulotlarini 
ishlab chiqarish sohasini egallaydi: motor va energetik yoqilg‗ilarni, moylash-
surkov moylari, bitumlarni, neftli koksni, parafinlarni, eritgichlarni, elementar 
oltingugurt, termogazoyl, neftkimyoviy xomashyoni va xalq xo‗jaligi iste‘moli 
uchun tovarlarni ishlab chiqaradi. 
Neft va gazkondensatni sanoatda ishlab chiqarish zamonaviy neftni qayta 
ishlash zavodlarida ko‗p pog‗onali murakkab fizik va kimyoviy qayta ishlashni 
alohida yoki jamlanmali yirik tonnajli texnologik jarayonlar orqali amalga 
oshiradi. Bu jarayonlar asosida har xil komponentlar va neft mahsulotlarning 
tovar assortimentlari ishlab chiqariladi.
Neftni qayta ishlash uchta asosiy yo‗nalish bo‗yicha amalga oshiriladi:
-yoqilg‗i; 
-yoqilg‗i-moyli; 
-neftkimyoviy yoki majmuali (yoqilg‗i-neftkimyoviy yoki yoqilg‗i-moyli-
neftkimyoviy). 
Yoqilg‗i yo‗nalishida neft va gaz asosan motor va qozonxona 
yoqilg‗ilarini ishlab chiqarish uchun qayta ishlanadi. Yoqilg‗i profilida 
NQIZlarida neft chuqur va chuqur bo‗lmagan texnologiya asosida ishlanadi. 
NQIZlarida chuqur bo‗lmagan qayta ishlashning texnologik sxemasi bir-biridan 
katta bo‗lmagan texnologik jarayonlarning soni va kichik neft mahsulotlarini 
assortimenti bilan farq qiladi. Bu sxema bo‗yicha motor yoqilg‗isini chiqishi 
massasi bo‗yicha 55 -60% ni tashkil qiladi hamda qayta ishlanadigan neft 
xomashyosining fraksion tarkibiga bog‗liq bo‗ladi. Qozonxona yoqilg‗ilarini 
chiqish massasi bo‗yicha 30 - 35% ni tashkil qiladi. 
Neftni chuqur qayta ishlashda 
motor yoqilg‗isini maksimal darajada 
yuqori sifatda chiqishini ta‘minlash uchun ularni ishlab chiqarishda atmosfera 


124 
va vakuumli haydashdagi qoldiqlarni hamda neftni qayta ishlash zavodlarida 
olinadigan gazni qoldig‗idan ham foydalaniladi. Bunday sharoitda qozonxona 
yoqilg‗isini chiqishi minimumga keltiriladi. Neftni qayta ishlash chuqurligi 70-
90%ga yetkaziladi. 
Yoqilg‗i
– moy varianti bo‗yicha neftni motor yoqilg‗isi bilan birgalikda 
qayta ishlanganda moylash-surkov moylari har xil navlarda olinadi. Eng oxirgi 
mahsulotni ishlab chiqarish uchun yuqori sifatga ega bo‗lgan moyli potensialli 
neft fraksiyasi tanlanadi.
Neftni kimyoviy va kompleks qayta ishlashda neftkimyosi sohasi uchun 
yoqilg‗i va moylar ishlab chiqarish bilan birgalikda aromatik uglevodorodlar, 
parafinlar, piroliz uchun xomashyo olish hamda neftkimyosi sintezi uchun tovar 
mahsulotini olish ham mo‗ljallanadi. 
Neft xomashyosining potensial imkoniyatini baholashda neftning 
texnologik klassifikatsiyasiga kiruvchi kompleks ko‗rsatgichlari amalga 
oshiriladi. Lekin qurilmaning, sexning va NQIZlarni material balanslarini 
tuzishda yuqorida keltirilgan ko‗rsatgichlarni aniqlashda, texnologik 
jarayonlarni, assortimentni va neft mahsulotining sifatini tanlashda yetarli emas 
Shuning uchun ilmiy-tadqiqot institutlarida loyihaviy ishlanmalarni neft 
xomashyosini birlamchi ko‗rsatgichlari sifatini o‗rnatilgan talablar darajasida 
olib borish uchun chuqur tadqiqotlar olib boriladi. Bu yerda neft 
xomashyosining yoqilg‗i va moyli komponentlarning juda qisqa fraksiyalari, 
oraliq xomashyoning texnologik jarayonlari chuqur o‗rganiladi. 
Bu tadqiqotlarning natijalari egri bog‗lanishlar, zichlik, molekulyar massalar, 
oltingugurtning miqdori, neft tarkibining past haroratli va qovushqoqlik 
xossalari bog‗lanish (2.1-rasm) ko‗rinishda hamda neftni sifat ko‗rsatgichlarini, 
neft mahsulotlarini fraksiyasini va komponentlarini tavsiflovchi jadval 
ko‗rsatgichlari shaklida ifodalanadi.


125 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin