Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

Takrorlash uchun savollar 
 
1.
Boshqaruv madaniyati organik ravishda qanday tarkibiy ele-
mentlarni o‘z ichiga oladi?
2.
Shaxs madaniyatiga qanday jarayonlar kiradi? 
3.
Tadbirkorlik madaniyatiga taalluqli jarayonlarni ayting. 
4.
Professional madaniyat qanday jarayonda aks etadi? 
5.
Korporativ va tashkiliy madaniyatni tushuntiring. 
6.
Biznes madaniyat qanday jarayon hisoblanadi? 
7.
Korporativ 
madaniyat 
darajasini 
baholashda 
Kameron-
Quinnning baholash vositasini tushuntiring. 
8.
Makrodarajadagi korxona madaniyati qaysi parametrlari bilan 
ajralib turadi? 
9.
“Ishlab chiqarish madaniyati” va “Ishlab chiqarishni boshqarish 
madaniyati”ni tushuntiring. 
10.
OCAI oltita asosiy tashkiliy o‘lchovda har bir turdagi madani-
yatning namoyon bo‘lishini baholash uchun mo‘ljallangan, ular qaysi-
lari? 
 
 


93 
VII BOB. PERSONAL MOTIVATSIYASI 
7.1. Personal motivatsiyasini tashkil etishning
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati 
Insonning aqliy, jismoniy, kasb va malaka salohiyatidan to‘liq 
foydalanish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish kerak? Nima uchun 
xodimlarning mehnat unumdorligi turlicha bo‘ladi? Nima uchun bir 
korxonada, bir xil sharoitda ba’zi xodimlar g‘ayrat-shijoat bilan 
ishlaydi, boshqalar esa o‘z mehnat faoliyatlariga loqaydlardir? 
Personalni mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, uning sifatini 
oshirish uchun izlanishga, shaxsiy tashabbus ko‘rsatishga qaysi omillar 
rag‘batlantiradi? Nima uchun mehnat jamoasi a’zolari bir xil toifasini 
korxona maqsadi yuksak samaradorlikka erishishga munosib hissa 
qo‘shishga qiziqtirish uchun ish haqi omillaridan foydalanish, boshqa 
xodimlarni esa ma’naviy rag‘batlantirish hamkasblari oldida erishgan 
mehnat natijalari uchun maqtash, minnatdorchilik bildirish, faxriy 
yorliq bilan taqdirlash kifoya qiladi? Donishmandlar, buyuk 
ajdodlarimiz qadim-qadimdan bu masalalarga katta e’tibor bilan qarab 
kelganlar.
Kaykovusning “Qobusnoma”sida “Har kishi molini ziyoda qilmoq 
ta’masida bo‘lsa, bir tanga uchun mag‘ribdan-mashriqqa borur, o‘zini 
toqqa, daryoga urur, jonin, tanin va molin muxoratara (xatar)ga solur, 
yo‘lning noimligi (xavfligi)din, hayvonotdin (darranda, hayvondin) 
qo‘rqmas, shuning uchun mag‘ribdin-mashriqqa, mashriqdin-mag‘-
ribga borib xalqqa ne’mat keltirur”
7
 
degan hikmatli so‘zlarni o‘qiymiz.
 
Buyuk sohibqiron Amir Temur o‘z saltanatidagi tadbirkor, fidoyi 
fuqarolarni yuksak qadrlar edi. Shu bois o‘z tuzuklarida “Tajribotda 
ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, jang ko‘rgan, mard, 
shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. 
Chunki tajribali bir kishi minglab kishiga ish buyuradi”
8

Iqtisodiyot fanida ijtimoiy ishlab chiqarishda insonlar ishtirok 
etishini ifodalaydigan turli atamalar: mehnat resurslari, inson 
resurslari, inson omili, mehnatni tashkil etish, personalni boshqarish, 
kadrlar siyosati, jamoa, ijtimoiy rivojlanish, inson munosabatlari va 
7 Кайковус
.
Қобуснома. – Тошкент: Истиқлол, 1994. – 107-108-б. 
8 Темур тузуклари. – Тошкент: Шарқ,. 2005. – 13-б. 


94 
boshqa atamalar qo‘llaniladi. Ularning hammasi markaziga inson 
qo‘yilganligi tabiiydir. Chunki har qanday ishlab chiqarishni inson 
ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Iqtisodchi olimlar xodimlarning mehnat motivatsiyasi omillarini 
tahlil etar ekanlar, insonlarni mehnat qilishga u yoki bu ehtiyojini 
qondirish zarurati undaydi degan xulosaga kelganlar. Personal toifalari 
va ularning mehnat motivatsiyasi darajasi 7.1-jadvalda o‘z aksini 
topgan. 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin