Международный
научный
журнал
№
7
(100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
февраль
, 2023
г
453
TIJORAT BANKLARINING BALANSDAN TASHQARI OPERATSIYALARI VA ULARNING
BANK FAOLIYATIGA TA’SIRI
Abdumutal Ergashev Jamol o’g’li
O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya akademiyasi tinglovchisi
Kalit so’zlar
:
Shartnomaviy majburiyat, balansdan tashqari operatsiyalari, trast
operatsiyalarini.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar, barcha bozor
ishtirokchi subektlari yuqori foyda olishga harakat qilmoqda.Ushbu
sababli raqobat
kurashida bozor segmenti uchun keskin kurash ketmoqda.Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro
miqyosida integratsiyalashuvi o’z navbatida Jaxon iqtisodoyotini vujudga kelishiga va
ularning bir biriga ta’sirchan bog’liqligini oshirmoqda. Bunda
Banklarning roli yaqqol
na’moyon bo’lmoqda va jaxon miqyosida kapitalning taqsimlanishiga olib kelmoqda .Milliy
va xalqaro miqyosida banklar o’rtasida raqobatni vujudga keltirmoqda. Raqobat kurashida
banklar xizmatlar ommabopligini va maxsulotlar xilma -xilligiga katta e’tibor bermqda
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son ”2022 —
2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan
100-ta maqsadlardan biri Davlat ulushiga ega tijorat
banklarida transformatsiya
jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60
foizgacha yetkazish vazifasi belgilab berilgan.
Banklarning xo’jalik hisobini tashkil qilishda buxgalteriya hisobida umume'tirof etilgan
tamoyillardan foydalaniladi: buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usuli yuritish;
uzluksizlik; xo‘jalik
operatsiyalari, aktivlar va passivlarni pulda baholanishi; aniqlik;
mazmunning
shakldan ustunligi; ko‘rsatkichlarning operatsiya sodir bo’lgan vaqtda aks
ettirilishi; moliyaviy
hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining
muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Banklarning asosiy
daromadi pul qarz berish , xizmat ko’rsatish va qimmatbaho
buyumlarni saqlab berishdan vujudga keladi. Daromad tarkibida Kreditlarning salmog’i
alohida urin tutadi. Kredit operatsiyalarni hisobga olish uchun kredit hisobvaraqlaridan va
balansdan tashqari hisobvaraqlaridan foydalaniladi. Tijorat banklarida
kreditlarni hisobga
olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004 yil 17 iyuldagi №
15/3 Qarori bilan tasdiqlangan va (Adliya vazirligi № 773–17–son bilan ro‘yxatdan
o‘tkazilgan) «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari
rejasi»da keltirilgan hisobvaraqlardan foydalaniladi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini hisobga olish bo‘yicha chiqarilgan Nizom
va yo’riqnomalar asosida olib boriladi.