O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi


Gerofarmakoterapiyaning asosiy prinsiplari. Dori - darmon terapiyasining keksa



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Gerofarmakoterapiyaning asosiy prinsiplari. Dori - darmon terapiyasining keksa 
va qariyalarda keltirib chiqaradigan muammolari Keksa va qari yoshdagi bemorlarga 
( mikropga qarshi, uxlatuvchi, siydik haydovchi, gepotenziv ) dori - darmonlarni 
berish usullari. 
 
GERIATRIK MODDALAR 
Erta qarishning oldini olish uchun qo’llaniladigan dori moddalari geriatrik moddalar 
deb ataladi. Ular organizmdagi moddalar almashinuvini me'yorga keltiradi, asab sistemasi 
va boshqa funksiyalar ishini yaxshilaydi, ya'ni yoshartiruvchi ta'sir ko’rsatadi. Vitaminlar. 
Yosh o’tgan sari organizmning vitaminlarga talabi ortadi. Vitaminlar moddalar 
almashinuvining katalizatori bo’lib, fermentlar ta'sirini amalga oshiradi. Aterosklerozning 
oldini olish va davolashda C, P, Ye, V6, V12, RR vitaminlari va folat kislotasi qo’llanadi. 
Askorbin kislotasi (S vitamin) _ ateroskleroz kasalligida lipid almashinuvini yaxshilaydi, 
qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi. P vitamini askorbin kislotasi bilan birga 
qo’llanganda, 
kapillyarlar 
o’tkazuvchanligini 
yaxshilaydi, 
gialuronidaza 
ta'sirini 
tormozlaydi, gistamin hosil bo’lishini kamaytiradi. Pridoksin, V12 vitamini, folat kislotasi 
ham lipotrop ta'sir ko’rsatadi. Stenokardiyada, trombangitda, ishemik holatlarda nikotin 
kislotasi keng qo’llanadi. D vitaminini keksa yoshli odamlarga tayinlab bo’lmaydi, chunki 


43 
ateroskleroz holatini tezlatadi. Dekamevit, undevit, meteonin kabi vitaminlar kompleksi 
gerontologik bemorlarga yaxshi naf beradi. Geriatrik bemorlarni mikroelementlar
novokainoterapiya, gormonlar va biogen stimulyatorlar bilan davolash organizmning 
qarshilik qobiliyatini oshiradi, fiziologik funksiyalar ishini quvvatlaydi. Geriatrik 
bemorlarga fizioterapevtik muolajalarni tayinlashda yurak va tomirlar sistemasidagi yoshga 
aloqador o’zgarishlarni e'tiborga olib, tekshirishlar o’tkazib, keyin tayinlanadi. Bunday 
bemorlarga dorilar elektroforezi, ultratovush bilan davolash, mahalliy ultra yuqori chastotali 
davo, past dozalarda Bernard toki, galvanizasiya yaxshi naf beradi.
Ultrabinafsha nurlariga sezgirlik qarilikda oshib ketadi. Suv muolajalarni tayinlashda 
albatta elektrokardiografiya o’tkazilgach, ruxsat berilgani ma'qul. Bemorlar kislorodli
azotli, yod bromli vannalarni yaxshi ko’radilar, sulfidli va narzan vannalari, suv osti massaji 
yurak xastaliklarida tayinlanmaydi. Sanatoriya va kurortlarga 65-70 yoshlardan keyin 
tavsiya etish noo’rindir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin