O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi


Dori vositalarining ovqat bilan o’zaro ta’siri



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Dori vositalarining ovqat bilan o’zaro ta’siri. 
 
Ma’lumki, farmakoterapiya samarasi nafaqat amaliyotga yangi yuqori samarali dorilarni 
etkazib berish, orqali balki, ularni ratsional to’g’ri tavsiya etish hamdir. Dori vositasini 
og’iz orqali ( per os ) tavsiya etganda oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’g’ri kelishini 
e’tiborga olinishi kerak. Keksa yoshdagi insonlarga per os dori tayinlaganda bu vosita 
oshqozon-ichak faoliyatini e’tiborga olinishi, (so’rilish jarayoni susayganligi, atrofik 
jarayonlar) – dori vositasining farmakologik ta’sirini kuchaytirish va aksincha susaytirishi 
mumkin. 
Shuning uchun ham hamshira dori vositalarini keksa bemorlarga qabul qilishi soatlariga 
rioya qilishlarini to’g’ri tushuntirib, o’zlari ichirib qo’yishlari kerak bo’ladi. Dorini qabul 
qilish va uning so’rilishi ovqat tarkibiga ham, oshqozon shirasi, undagi massaning ph va 
ovqatning oshqozonda turishi muddatiga ham bog’liq. Bu omillar dorining ichak shilliq 
qavatida so’rilish tezligini aniqlaydi. Ovqat mahsuloti- oshqozon phyb o’zgartirish mumkin. 
Ertalab och qorinda oshqozon ph-juda pasayib ketadi (1,7-1,9) va bemor ovqatlangandan 
so’ng ph-3 martagacha oshadi (ovqat tarkibiga qarab). Ba’zi bir dorilar masalan: aspirin-
oshqozon-ichak shilliq qavatidan passiv diffuziya yo’li bilan so’riladi. Shuning uchun ham 
aspirin –oshqozon-ichak shilliq qavatidan oldin-kraxmalli kisel bilan ichilishi tavsiya 
etiladi. Bunda aspirinning shilliq qavatga nojo’ya ta’siri kamayishi bilan birga ta’sir tezligi 
va so’rilish tezlashadi. Ba’zi bir dori vositalari (5-ftouratsil, angishvona gul preparatlari, 
riboflavin, askorbin kislota, temir preparati)-hujayra membranasi transport tizimidan aktiv 
transporti orqali so’riladi. Agar bu guruh dorini qarshi qabul qilgan bemor-ovkat 
mahsulotlari tarkibida (go’sht, o’simlik va sutli oqsil ovqatlar bo’lsa dori bilan oziq-ovqat-
yagona yo’l bilan ya’ni aktiv transport yo’li bilan so’rilishi uchun kurashadi. 
Yana bir shunday ovqat-dori ta’sirini sut mahsulotlari va tetraktsiklin dori vositasi misolida 
ko’rish mumkin. Oshqozon shirasi sutdagi kazeihhogenni kazeinat kaltsiy yirik 


45 
birikmalariga va tetratsiklin (metatsiklin, doksitsiklin) ta’sirlarida esa so’rilmaydigan –
kompleks hosil qiladi. Shuning uchun tetratsiklin, pennitsillin, sefalosporin gurux 
antibiotiklarini sut bilan ichish va sut mahsulotlari eyish tavsiya etilmaydi. Sutning dori 
vositalariniichakda so’rilishini tezlashtirish ba’zi hollarda ya’ni nosteroid yallig’lanishga 
qarshi dori(reopirin, butadion, voltaren, indometatsinlar; GKS dorilar (prednizolon, 
deksametazon) –sut bilan birga ichish tavsiya etiladi. Choyda tannin bo’lib, u oshqozonga 
tushgach qiyin so’riluvchi –kompleks hosil qiladi. Tarkibida alkaloid bo’lgan (papaverin, 
platifillin, kodein) , rezerpin, ba’zi neyroleptiklar (aminazin, galoperidol) –choy bilan 
ichilsa murakkab kompleks hosil qiladi va dori ta’siri birmuncha uzayadi. Sulfanilamid 
dorilarni albatta ishqorili mineral suv bilan ichish tavsiya etiladi. Chunki bu antiobiotiklar 
ishqorli muxitda eriydi va osonlikcha organizmdan siydik orqali chiqib ketadi. Eritromitsin, 
oleandomitsin, sumamed, rulid, linkomitsin, do’latsin, kabi antibiotiklarni esa pepsi-kola 
,fanta, koka kola va bazi sharbatlar bilan ichish mumkin emas, chunki bu guruh dorilar ham 
bu guruh sharbatlar bilan murakkab kompleks hosil qiladi,dori so’rilishi va tasir etish vaqti
cho’ziladi. Tarkibida tiromin va serotonin moddalari bo’lgan bazi oziq-ovqatlar 
(brinza,suzma,dudlangan seld balig’i,baliq va go’sht konserva mahsulotlari ,qizil va qora 
ikra), kofe,shokolad, pivo, vino va banan,ananas,sitruslar,uzum,smarodina),bazi 
dori vositalari(antidepressantlar,izoniazid,psihostimulyatorlar )bilan ko’p va doimiy qabul
qilinganda bemorning arterial qon bosimi ko’tarilishi kuzatiladi(dorilarning nojo’ya 
tasiri oziq- ovqatlarning ta’sirida kuchayishi sababli). Antikoagulyant dorilarni qabul 
qilayotgan bemorlarning ovqat ratsionodan-karam, shpinat(organizmda vitamin K –
antikoagulyantlar antaganissti ko’payadi. Betta blokatorlar dori guruhi ham fizik-kimyoviy 
hossalariga ko’ra ikkiga bo’linadi: 
1.suvda eriydigan(atenolol, metoprolol, nadolol)-och qoringa ichish tavsiya etiladi, chunki 
yahshi eriydi (pH past bo’lganda) 
2.yog’da eriydigan 
(propranalol,obzidan,anaprilin)-ovqatdan keyin 
ichish tavsiya 
etiladi.Bazi bir yog’da eriydigan dori vositalari oshqozonga ovqatdan keyin 
tavsiya(verashpiron,zamburug’ga qarshi dorilar )etiladi, chunki ovqat luqmasi o’t ajralib
chiqishini kuchaytiradi,o’t tarkibidagi o’t kislatalari yog’da eriydigan dori vositalari tez
erishi va so’rilishiga olib keladi.Bazi dori vositalari esa aksincha 
(diazepam,fenozepam,tazepam,nozepam,lizapam ) ovqatdan keyin ichilganda bu dorilarni
so’rilish vaqti susayadi va uzayadi .Shuning uchun ham bu guruh dorilarni maqsadli
ovqat istemolidan keyin tavsiya qilinadi. Alkagol va alkagolli ichimliklar juda ko’p
dorilarning farmakokinetikasiga nojo’ya tasir ko’rsatadi. Oshqozon shilliq qavatini
HCL sekretsiyasi kuchaytirish orqali qitiqlaydi va oshqozonda ovqat evakuatsiyasini 
sekinlashtiradi va bu orqali dorilarning oshqozon shilliq qavatidan so’rilish va
zaharlanishini kuchaytiradi.Hozirgi kunga kelib oziq- ovqat mahsulotlar tarkibida katta
miqdorda nitrat,nitrit va boshqa pestitsidlar bo’ladi.Ular bazi bir dori vositalari bilan 
(ranitidin,tsimetadin, famotidin, gijjaga qarshi dorilar, nitroglitserin, izosorbit dinitrat, 
izosorbit mononitrat,diabeton,minidiap.)Bu dori vositalari ovqatdagi nitrat bilan –
murakkab nitro birikmalar hosil qiladi,bu birikmalar esa kanserogen tasirga ega
bo’ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin