O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

 
 


51 
 
 
 
Qariyalar va keksa insonlarda uglevod almashinuvining xususiyatlari. 
Metabolik sindrom. 
Uglevod almashinuvining boshqarilishida insulin, somatostatin va glyukogon muxim 
rol o’ynaydi. Glyukozaning normal darajasini va organizm energiya sarfini ta’minlashda 
quyidagi asosiy faktorlar muhim ro’l o’ynaydi. 
1.
To’qimalarda to’plangan uglevod va lipidlarning to’plangan miqdori (energetik 
zahira). Organizm uglevodlar hisobiga bo’lgan ehtiyojini qoplaydi, biroq uning 
ovqat orqali tushishining kamayishida organizm energiyaga bo’lgan ehtiyojini 
yog’lar orqali qoplaydi;
2.
Insulin biologik effektivligi qondagi gormonal va nogormonal antagonistlarning 
bo’lishiga, 
to’qima 
retseptorlarining 
sezuvchanligiga 
va 
jigar- 
buyrak 
funktsiyasining harakteriga bog’liq bo’ladi; 
3.
Glukozaga organizmning tolerantligi; 
4.
Organizmning energetik ehtiyojlari va energetik sarflari.
Metobolik sindrom uchrash chastotasi yosh o’tishi bilan oshib boradi. Bu sindrom erkak 
larda ayollarga nisbatan ko’proq uchraydi, biroq uning klinik formalari ko’proq
abdominal semizlikka uchragan ayollarda uchraydi. Metobolik sindrom bilan bog’liq
kasalliklar soni oxirgi 20 yil 
ichida oshgan. Bu noinfeksion xavf faktorlaridan gipodinamiya noratsional ovqatlanish, 
psixoemosional zo’riqish kabi omillarning o’shishi bilan bog’liq. Yoshi o’tgan va qari 
yoshlarda insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet klinikasining xususiyatlari qandli 
diabet endokrin almashinuv kasalligi bo’lib, uning asosida insulinning absolyut va nisbiy 
yetishmovchiligi yotadi, bu esa modda almashinuvining barcha turlari buzilishiga olib 
keladi. Boshqacha aytganda bu surunkali giperglikemiya omillari ta'sirida kelib chiqadi
(1981, VOZ) qandli diabet bilan og’rigan bemorlarni yoshiga bog’liq kategoriyasi va 
qandli diabetning etiopatogenezi bo’yicha guruxlari 23-jadvalda ko’rsatilgan. Qandli
diabetning tashxis mezonlariga glyukozaning och qorindagi miqdorining 7.8 mmolga
oshishi kiradi. Bundan boshqa xolatlarda glyukoza toleranti test o’tkaziladi.
Bu test ma'lumotlari VOZ tavsiyasi asosida 2ta ketma- ket kapillyar qon analizlari 
bilan tasdiqlanadi. (24-jadval) 
GTT o’tkazish qoidalari: 1. 3 kun davomida tekshiriluvchi parxezga amal qilmasligi kerak, 
ko’nikkan xayot tarzi va mexnat faoliyatini olib borishi kerak. 
2. Oxirgi iste'mol qilingan ovqat bilan GTT orasidagi interval 12-14 soatni tashkil 
qilishi kerak.
3. Sinamasi o’tkazish vaqtida sinamadan oldin chekish taqiqlanadi. 
4. Och qoringa va uglevodli zo’riqish (75 g glyukoza) so’ng kapillyar qon olinadi. 
Glyukoza tolerantlik testi natijalariga ta'sir ?qiluvchi faktorlar:

Jismoniy aktivlik gipokineziya glyukozaga tolerantlikni kamaytiradi; 

Alkogol 

Endokrin kasalliklari; 

Jaroxatlar, operasiyalar; 

Og’ir yurak qon tomir, nafas, oshqozon- ichak tizimi kasalliklari; 


52 

50 dan yuqori yoshdagilar xar keyingi 10yilda glyukoza bilan zo’riqishdan 
so’ng och qorindagi ?qndagi glyukoza miqdori 0,55 mmolga oshadi; 
"Dori preparatlari diuretiklar, nikotin kislota, kofein, katexolominlar,
glyukokortikoidlar betta- xujayralarning insulin ajratishini kamaytiradi va 
insulinaza
aktivligini oshiradi;
"Furosemid glyukoza transportini kamaytiradi va katexolaminlar ajralishini
oshiradi;
"Simpatomimetiklar glikogenolizni kuchaytiradi; 
Insulinga boqg’liq qandli diabet 
Insulinga bog’liq bo’lmagan
qandli diabet 
Ko’proq 
yoshlarda 
uchraydi 
qandli 
diabetning bu turining yuzaga chiqishining 
cho’qqisi prepubertat va
pubertat davrlarga to’g’ri keladi. Qandli 
diabetning bu turi betta xujayralarning 
birlamchi
zararlanishi bilan bog’liq; genetik moyillik 
virus 
persistentsiyasi 
autoimmun 
jarayonining aktivlanishi
betta 
xujayralari 
destruksyasi 
insulin 
yetishmasligi, klinik namoyon bo’lishi. 
Shunday qilib, bu diabet
asosida insulining absolyut yetishmasligi 
yotadi insulinga bog’liq qandli diabetning 
emiziklik va
erta postnatal davrda katta tana vazniga ega 
bo’lgan 
bolalarda 
rivojlanish 
xavfi 
oshganligi xaqida
ma'lumotlar bor. Bu gepatit umumiy axoli 
sonining 0,1-1% ida uchraydi ko’proq bu 
kasallik oq tanli 
axoli
orasida 
tarqalgan. 
Kasallik 
shimoldan 
ekvatorga qarab ko’payib boradi
Asosida insulining absolyut yetishmasligi 
emas, balki insulinga rezistentlik yotadi 
katta yoshdagi va
qariyada 
uchraydi, 
bunda 
insulinga 
rezistentlik metobolizimdagi o’zgarishlar 
tufayli kelib chiqadi.
Bu gepatit 40 yoshdan keyin rivojlanadi, 
biroq 1chi marta kasallanganlar ichida 60 
yoshgacha bemorlar
10%ini tashkil qiladi. Qandli diabetning bu 
turi g’arb xayot tarzi qandli diabeti nomini 
olgan,
kasallik va aloxida ovqatlanish xususyatlari 
ya'ni ovqat rasionida yuqori kalloriyali ,
rafinadlangan maxsulot va spirtli ichimliklar 
bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Yuqorida 
aytilgan
xolatlar bilan gipodinamiya birga kelishi
semizlik, 
IR 
va 
insulinga
bog’liq bo’lmagan
qandli diabetga olib keladi. A'yniqsa bu 
shimoliy Amerika, Afrika, Avstraliyada
odatiy hayot tarzi
G’arb hayot tarziga almashinishi bilan 
bog’liq. 
20-50 

holatlarda 
qandli 
diabetning bu turi insulin
etishmasligi fonida yosh bilan bog’liq 
oshqozon osti bezi o’zgarishlari, betta 
xujayralar hajmining
kamayishi tufayli kelib chiqadi. Qandli 
diabetning bu turi umumiy axoli sonining 2-
10 % ini
tashkil qiladi. 


53 
Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet laborotor tekshiruvlarda aniqlanmagan 
shaxslarda diabet rivojlanish xavfi yuqori bo’lganligi uchun alohida etiborga muhtojdirlar. 
Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet xavf sinflariga kiradi:
1. 
Nasliy moilligi bor shaxslar; 
2. 
Bolalari tug’ulganda 4,5 kg dan yuqori tana vazniga ega bo’lgan onalarda, tug’ma 
rivojlanish nuqsonlarida; 
3. 
O’z-o’zidan sodir bo’lgan abort o’tkazgan ayollarda; 
4. 
Tez-tez qaytalanuvchi teri infeksiyalari va teri qichishlari uchraydigan shaxslarda; 
5. 
Og’iz bo’shlig’i kasalligi bor shaxslarda; 
6. 
Vulva qichishi bor shaxslarda; 
7. 
Ko’z olmasi retraktsiyasi buzilishlarida; 
8. 
Noma'lum genezli nefropatiyalarda; 
9. 
Pereferik neyropatiyalarda; 
10. 
Noma'lum genezli retinopatiyalarda; 
11. 
Endokrin kasalliklar bilan og’rigan bemorlarda; 
12. 
Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet bilan assosiyasiyalashgan kasalliklar 
(semizlik, arterial gipertenziya, YuIK, tuxumdonlarning skleropolikistozi) bilan og’rigan 
bemorlarda; 
13. 
Yog’ kislotalari trigliseridlar miqdori yuqori shaxslarda, yuqori zichlikli 
lipoproteidlar
miqdorining pasayishi bilan; 
14. 
Uzoq vaqt prodiabetogen terapiya olgan shaxslarda; 
Bu kategoriyadagi bemorlarni dinamik kuzatuvchi ko’pincha insulinga bog’liq bo’lmagan 
qandli diabetni borligini tasdiqlaydi. Ko’p xolatlarda bu bemorlarda tranzitor
giperglikemiya bo’lib, u 1 martalik tekshiruvlarda aniqlanmaydi. Bu gepatit bilan 
kasalanish yosh o’tishi bilan uglevod va yog’lar metabolizmini rivojlanishi, qon tomir 
xolatining o’zgarishi, mushak to’qimasining morfologiyasi o’zgarishi va neyrogumoral 
boshqarish mexanizmlari muvozanatining buzilishi tufayli oshib boradi. 
Yoshi o’tgan insonlar va qariyalarda ko’p a'zolar patologiyasining kuzatilishi tufayli
ularning uzoq vaqt dori preparatlarini qabul qilish betta xujayralar disfunksiyasiga sabab 
bo’ladi, bu esa insulin metobolizmi buzilishiga va uning biologik aktivligi pasayishiga olib 
keladi.
Prodiabetogen 
preparatlariga 
glyukakortikoidlar, 
simpatomimetiklar, 
nosteroid, 
yallig’lanishga qarshi preparatlar, ko’pgina analeptiklar, tiazid, diuretiklar, ayrim betta 
blokatorlar, gipotenziv va ko’pgina ximioterapevtik moddalar kiradi. Yoshi o’tgan shaxslar 
va qariyalarda qandli diabetning klinik kechishi insulinga bog’liq bo’lmagan tipida kam 
simptomli bo’ladi.


54 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin