O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

 
Poyafzal tanlash: 
-keng, chuqur poyafzal; 
-shishlarda poyafzalni almashtirish kerak; 
-poyafzal yumshoq bo’lishi kerak, hech qanday ichki chuqur choklar bo’lishi kerak emas; 
-poshnaning balandligi 2 smdan oshmasligi kerak. 
-ichi junlik oyoq kiyimlar bir o’lchamga katta bo’lishi kerak. 
 
Poyafzal kiyish qoidalari: 
-yangi oyoq kiyimni sekin-asta eskilatish zarur. 
-sintetik paypoqlarni kiymaslik kerak. 
-paxta tolasi va jundan tayyorlangan paypoqlar kiyish, ularni har kuni almashtirish kerak; 
-oyoqlarni doim issiqda tutish kerak va ular quruq bo’lishi talab etiladi; 
-oyoqni yashi himoya qila oladigan to’g’ri tanlangan oyoq kiyimni kiyish zarur.(bunga 
sandaliyalar kiradi) 
-kun davomida oyoq kiyimni kiyish 
mumkin emas. .
-40-45 minut oyoq kiyimda yursa, 15 minut oyoq kiyimsiz dam olish kerak.
 
-stelkalardan foydalanish(ortopedik korrektor). 
 
 
 
 


65 
Keksa va qariyalarda qandli diabetning davolash xususiyatlari. 
 
Qandli diabetni davolashda qariya va keksalarda buzilgan modda almashinuvi 
jarayonlarini maksimal darajada tiklashga asoslangan bo’lishi kerak. Faqat shu sharoitda 
yog’, oqsil, suv-tuz almashinuvini meyorlashtirish, asoratlarni oldini olish mumkin. 
Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet bilan og’rigan bemorlarni davolash taktikasini 
ishlab chiqishda uglevod almashinuvi darajasini hisobga olish kerak. Ketolaktoatsidoz, 
insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet dekompensatsiyasida, asoratlar kuzatilganda 
insulinoterapiya buyuriladi. Qariya va keksalarda ko’pincha bir necha kasalliklarni birga 
kelishi kuzatiladi va shuning uchun bir vaqtning o’zida giperglikemik ta’sirga ega bo’lgan 
preparatlar (indometatsin, kortikosteroidlar, l-tiroksin, tritsiklik antidepressantlar) va 
gipoglikemik ta’sirga ega bo’lgan preparatlar (betta-blokatorlar, trental) buyurish kerak. 
Glikemiya darajasini poliorgan patologiyasi borligi tufayli aniqlab bo’lmaydi.Qandli 
diabet dekompensatsiyasiga har qanday stress olib kelishi mumkin. Qariyalar va keksalarni 
davolashda ularning sotsial statusini, ruhiy holati, o’z ahvolini adekvat baholay olishiga, 
muolajalarni o’z vaqtida olishiga, to’g’ri ovqatlanish, gigienaga amal qilshiga ahamiyat 
berish zarur. 
Qandli diabet bilan og’rigan bemorlarni davolashda quyidagi maqsadlar qo’yiladi: 
-bu kasallik belgilarini engillashtirish; 
-yondosh kasalliklar kechishini yaxshilash; 
-profilaktik chora-tadbirlar o’tkazish; 
-bemor hayotining sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash. 
Maqsadga erishishning asosiy usullaridan biri bo’lib, to’g’ri tanlangan parhez, semizlik 
darajasini kamaytirish, uni oldini olish, adekvat jismoniy aktivlik, qand miqdorini 
kamaytiruvchi medikamentoz terapiyani qo’llash hisoblanadi. Terapevtik chora-tadbirlar 
effektivligida quyidagi faktorlar, ya’ni bemorlarni quyilgan shu maqsadlarning mohiyatini 
tushinishi muhim hisoblanadi. 
Dietoterapiya-qandli diabetni davolashda zarur metod hisoblanib, qandli diabet turi, 
kechish xarakteridan qat’iy nazar turli yoshlarda muhim ahamiyatga ega, ayniqsa insulinga 
bog’liq bo’lmagan qandli diabet bilan og’rigan qari va keksa yoshlarda yondosh semizlik 
bo’lganda, yana boshqa ko’pgina bemorlarda modda almashinuvi jarayonlarini faqat parhez 
bilan tiklash mumkin. 
To’g’ri ovqatlanishga o’rgatish-qandli diabetni davolashda birinchi qadam hisoblanadi. 70-
80% bemorlarda insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet ortiqcha tana vazni bilan birga 
kelganda asosiy ovqat tavsiyalariga ovqat kalloriyasini kamaytirish kiradi. Parhez o’z 
xarakteriga ko’ra fiziologik (uglevodlar-50-60%, oqsil-20-25%, yog’lar-15-20%) bo’lishi 
kerak. Buning uchun hayvon oqsillari, ularning umumiy miqdorini 60%ini tashkil qilishi 
kerak. Yog’ komponenti polito’yinmagan o’simlik yog’laridan iborat bo’lib, ular xolesterin 
miqdorini, past zichlikka ega bo’lgan lipoproteidlar darajasini kamaytirib, yuqori zichlikka 
ega 
bo’lgan 
lipoproteidlar 
xolesterinni 
oshirishi 
va 
qondagi 
triglitseridlarning 
kontsetratsiyasini kamaytiradi. Tovuqni tayyorlashdan oldin terisini va uning go’shtida 
ko’rinib turgan yuzasidagi yog’ni ham olib tashlash kerak, ovqatni grillda yoki bug’da 
pishirish kerak. Ovqatni oz miqdordagi yog’da (1 desert qoshiq zaytun, jo’hori yoki 
kungaboqar yog’ida) qovuriladi.
Yashirin yog’ni cheklash uchun yog’siz sut, yog’ moddasi kam bo’lgan qattiq va yumshoq 
moylar qo’llash mumkin, juda yog’li go’sht mahsulotlarini (pashtet, sosiskalar, salyami, 
cho’chqa va qo’y go’shti) iste’mol qilish mumkin emas. Qo’y go’shti, cho’chqa go’shti 


66 
qiyin eriydigan, yaxshi hazm bo’lmaydigan yog’lar saqlaydi, bu esa ketoatsidozga sharoit 
yaratib beradi. Yog’larga bo’lgan ehtiyojni engil hazm bo’luvchi yog’lar (smetana,sut, 
o’simlik yog’i), dengiz mahsulotlari(ikra, hayvon yog’ida qovurilgan baliq mumkin emas) 
hisobiga to’ldirish mumkin . Ovqat ratsionidan engil hazm bo’luvchi uglevodlarni(qand, 
guruch, manna yormasi, oq non, shirin qandolat mahsulotlari) olib tashlash kerak. Ratsionda 
etarli miqdorda vitaminlar, mineral tuzlar bo’lishi kerak. Ratsional dietoterapiya tez-tez 
ovqatlanishni nazarda tutadi. Bemorlarga tez-tez ovqatlanishning maqsadini tushuntirib 
berish kerak: 3ta asosiy ovqat va 3ta oraliq ovqatni qabul qilish. Ratsionning energetic 
qiymati tinch holda 20kkal/kg, engil jismoniy mehnatda 30kkal/kkkg, o’rta og’ir jismoniy 
mehnatda 40-45kkal/kg, og’ir jismoniy mehnatda esa 50kkal/kg gat eng bo’lishi kerak. Qari 
va keksa bemorlarda asosiy almashinuvninyoshga bog’liq o’zgarishlarini va mehnat 
faoliyatini to’xtashi va hajmining kamayishi tufayli energiya sarfining kamayishini ham 
hisobga olish kerak. Engil hazm bo’luvchi uglevodlarni cheklash bemorlarda salbiy 
hissiyotlar uyg’otishi mumkin va ularning ratsioniga shirin ta’m beruvchi mahsulotlarni 
qo’shishni talab etadi. Bularga sintetik qandlar: tsukli, tsiklamat natriy, saxarin, aspartam 
(ularni buyrak funktsiyasi buzilgan qari va keksa bemorlarda qo’llash mumkin emas) 
ishlatiladi. Bu preparatlar 100 marta va undan ko’p marta qanddan shirin, minimal 
kalloriyaga ega, qandli diabet asoratlarini keltirib chiqarmaydi, qaynatganda parchalanmaydi. 
Boshqa o’rinbosarlarni qo’llash (ya’ni nosintetik qandlarni) turli nojo’ya ta’sirlarga olib 
keladi. Ksilit va sorbit xolikinetik ta’sirga ega va osmotic aktivligi tufayli diareya chaqirishi 
mumkin. Ularning energetic qiymati saxarozaga yaqin bo’lib, 1g sorbit uchun 3,4kkalni 1g 
ksilit uchun 4,0kkalni tashkil qiladi. Bundan tashqari bu moddalar neyropatiya va 
kataraktalar rivojlanishiga olib keladi. Bu mahsulotlarning ratsiondagi miqdori qandli diabet 
kompensatsiya fonida 15-20g/sut ga teng bo’lishi kerak.
Qandli diabet bilan og’rigan bemorlar ratsionida uglevodlar 50-60% bo’lishi kerak. 
Organizmning uglevodlarga bo’lgan ehtiyoji sekin hazm bo’luvchi norafinadlangan 
uglevodlar hisobiga ta’minlanishi kerak. Qo’pol tolali kletchatka va planteksga boy bo’lgan 
iste’mol qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi, chunki ular ichak harakat aktivligini 
kuchaytirib xolesterin va uglevodlar so’rilishini kamaytiradi, vitaminlar va mineral moddalar 
so’rilishini aktivlashtiradi, hazm bezlar sekretsiyasini qo’zg’atadi, ichakdagi cherish 
jarayonlarini kamautiradi, ovqat hazm qilish trakti gormonlari darajasini nazorat qiladi. 
Ovqat tolalari manbai bo’lib lavlagi, yashil no’xat, sabzi, kartoshka hisoblanadi, lekin ularda 
uglevodlar miqdori ko’pligi tufayli , ularning qo’llanishi cheklanadi. Shuning uchun 
tarkibida faqat 5% uglevodlar saqlovchi karam, pomidor, bodiring, ko’katlar, redis, qovoq, 
baqlojonlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Sutkalik ratsionda 20-50 g kletchatka bo’lishi 
kerak. 


67 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin