O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi


Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabetni davolashda qand miqdorini kamaytiruvchi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabetni davolashda qand miqdorini kamaytiruvchi 
tabletkalarni qo’llash tartibi. 
 
Ovqatlanish tartibi va jismoniy zo’riqishlar fonida 3 oy mobaynida yaxshi metobolik 
nazoratga erishishning qiyinligi og’iz orqali qabul qilinadigan qand miqdorini kamaytiruvchi 
preparatlar qo’llashga ko’rsatma bo’ladi.(PSM). Bu preparatlar ta`sir mexanizmiga ko`ra 
sulfonilmochevinaning birikmalari, va uglevodlarninig ichakda so`rilishini kamaytiruvchi 
preparatlarga bo`linadi.
Sulfonilmochevina preparatlarining ta`sir mexanizimi: 
-
β 
hujayrada insulin sekretsiyasini kuchaytiradi
-
insulinga bog`liq to`qimalarning endogen insulinga ta`sirchanligini oshiradi. 
-
jigar tomondan ishlab chiqarilishini to`xtatadi.
Sulfonilmochevina preparatlarini qabul qilinganda quyidagi nojo`ya ta`sirlari kelib chiqadi: 
gipogilikimik reaktsyalar, ko`ngil aynishi, qusish, epigastral soxada og`riq, gipokaliemiya, 
fotodermatoz, allergik reaktsiyalar, suyak ko’migiga nojo’ya ta’sirlar (agranulatsitoz 
rivojlanish darajasigacha), alkogolga sezuvchanlikning oshishi, toksik ta’sirlar(toksik gepatit, 
alveolit). Qari va keksa bemorlarda bu preparatlar qo’llashga qarshi ko’rsatmalarga ayniqsa 
jiddiy qarash lozim. Bular: insulinga bog’liq qandli diabet, qandli diabet dekompensatsiyasi, 
prekoma, koma, sulfanilamidlarga sezuvchanlikning oshishi, kuchli ifodalangan buyrak-jigar 
etishmovchiligi, mikro va makro angiopatiyalar kuzatilganda, og’ir yondosh patologiya 
(ketoatsidoz uchun sharoit yaratadigan holatlar: semizlik, jigar patologiyasi bo’lganda), 
laktoatsidoz (to’qima va a’zolarning ishemiyasi), gipoglikemik holatga moyillik bo’lganda, 
yirik jarrohlik aralashuvlarda, alkogolizm, ruhiy buzilishlar. 


70 
Sulfonilmochevina guruh preparatlarining tavsifi. 
Preparat 
Kommertsiya 
nomi 
Ishlab 
chiqargan 
firma 
Ta’sir 
davomiyligi 

tabletkadagi 
miqdori 
Yuqori 
sutkalik 
dozasi 
Eslatma 
Tolbutamid 
6-12s 
0,25 
0,2g 
1,5-2g 
Qon tomondan 
asoratlar 
ehtimolining 
yuqoriligi.Bu 
preparatni 
qabul qilganda 
yurak 
qon-
tomir 
kasalliklari 
o’lish havfi 2,5 
martaga 
oshadi. 
Gipoglikemiya

koma 
rivojlanishi 
mumkin. 
Karbutamid Bukarban 
Chinion 
6-12s 
500mg 
2g 
Agranulotitoz 
va toksin 
alomatlar 
uchrash havfi 
yuqori. 
Glibenkla- 
mid 
Maninil 5 
Maninil 1,75 
3,5 
Berlin-
Chemie 
8-12s 
5mg 
1,75mg 
3,5mg 
0,02g 
Qonning 
trombogen 
hususiyatlarini 
kamaytiradi, 
qonda xs 
miqdorini 
kamaytiradi. 
Kardioprotekti
v ta’sirga ega. 
Antiaritmiya 
ta’siri boshqa 
SM 
preparatlarga 
nisbatan 
yuqori 
yumshoq 
farmokokinetik
a va 
farmokodinami
kaga ega. 
Ovqat qabul 
qilish 
oraliqlarida 
gipoglikimik 
xolatlar 
rivojlanish 
havfini oldini 
olish mumkin. 


71 
Glibenkla- 
mid 
Betanaz 
Glamid 
Daonil 
Euglukon 
Cadila Health 
care Hoechst 
Pliva 
Laborator 
ko’rsatkichlar 
nazorati ostida 
jigar va buyrak 
funksiyasi 
pasayganda 
ehtiyotlik bilan 
yuborish 
kerak. 
Gliklazid 
Gloreal 
Diabeton 
Diabrezid 
Reklid 
INC- 
Pharmaceutic
al Servier 
Molteni 
Farmaciutici 
Dr. 
Reddy’lab 
8-10s 
80mg 
0,32 
Gematologik 
ko’rsatkichlarg
a ta’sir qiladi, 
qonning 
reologik 
xusuyatlari, 
gemostaz 
sisitemasi va 
mikrosirkulyat
siyaga ta’siri 
bor. 
Glipizid 
Antidiab 
Glibinez 
Minidiab 
Minidiab 
Minidiab 
Glyukotrol 
Glipizid 
KRKA 
PFIZER 
UPJON 
LECIVA 
TORRENT 
PFIZER 
MYLAN 
FARMA- 
CEUTICALS 
8-10s 
5mg 
45mg 
Yurak qon-
tomir 
kasalliklaridan 
o’lim 2,5 
martaga 
oshadi. Sekin 
ta’sir qiluvchi 
formalarida 
gipoglikemik 
holat bo’lishi 
mumkin. 
Glimepirid 
Amaril 
HOECHST 
24s 
1mg 
0,08 
Preparat 1-
marta qabul 
qilinganda, 
sutka 
davomida 
glikemiyaning 
nazorat qilish 
imkoniyatini 
beradi. 
Glikvidon
Glyurenorm 
Boeringer 
Ingelchim 
8s 
30mg 
0,12 
Yurak qon-
tomir 
kasalliklaridan 
o’lim havfini 
oshiradi. 
Sulfanil mochevina preparatlari yuqori effektivligiga qaramasdan kechki qandli diabetni 
davolashning muhim etaplarida bir necha oy, hatto yillardan so’ng sulfanalamidlarga 
rezistentlik paydo bo’ladi va pankreatin orolchalarning 
β
hujayralari charchashi tufayli 
qandli diabet dekompetsatsiyasi kechadi. Bu holatlarni kelib chiqishiga stress ta’sirlar, 
davoning nosistemaligi, parhez buzilishlari sabab bo’ladi. Keksa va qari bemorlarda 
davoning boshida sulfonilmochevina preparatlarining qabul qilganda ovqatlanish rajimi 


72 
buzilmaslik haqida ogohlantirish kerak, chunki bu keyinchalik 
β
hujayralar insulin 
rezervining kamayishiga olib keladi. 
Biguanidlar (BG) 
BG lar qonda glukoza miqdorini jigarda glyukoneogenez jarayoni to’xtatish orqali 
kamaytirish orqali ta’sir qiladi. Hozirgi vaqtda insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabetni 
davolashda bu preparatlar gurugidan metmorfin (gliformin, siofor) qo’llaniladi. Buformin va 
fenformin laktatatsidoz rivojlanish havfi yuqori bo’lgani sababli hozirgi vaqtda 
qo’llanilmaydi. Metmorfin qandli diabetda esa laktoanidoz kelib chiqish havfi ancha kam 
darajada bo’ladi. Medmorfin monotarapiyasida gipoglikemiya rivojlanishi deyarli 
kuzatilmaydi, chunki preparat insulin sekretsiyasini kuchaytirmaydi. Antigeperglikemik 
ta’sirdan tashqari medmorfin qondagi lipidlar miqdorini kamaytiradi, fibrinolitik ta’sir 
ko’rsatadi, insulin bilan birga qo’llanilganda tana vazni oshishiga ta’sir qilmaydi va 
monoterapiyada esa hatto tana vazni kamayishiga yordam beradi. BG larga qarshi ko’rsatma 
bo’lib; koma, prekoma, kaxeksiya, subkaloriyali dieta, anemiya, qand o’rniga fruktoza 
qo’llanilganda o’tkir infeksion kasalliklar 20-30% ga kamaytiradi, qon tomir asoratlari, 
kardiovaskulyar buzilishlar rivojlanish havfini kamaytiradi, yog’ almashinuvini, gemostazni 
tiklaydi, stress faktorlarga chidamlilikni, immunoreaktivlikni oshiradi.
Metformin tavsifi 
Preparat 
Sotuvdagi 
nomi 
Ishlab 
chiqargan
firma 
1tabletka 
dagi 
miqdori 
Maksimal
sutkalik 
dozasi 
Eslatma 
Metomorfin Sifor 500 
Sifor 850 
Berlin
Chemie, 
Germaniya 
500 mg 
850mg 
1500mg 
Glyukortikoitlar, 
simpatomimetiklar, 
glyukagon,
diuretiklar, nikotin 
kislota preparatlari, 
kontratseptiv 
vositalar, uning
tasirini
kamaytiradi.
Metabolik sindrom terapiyasi. 
Insulinga rezistent metabolik sindrom rivojlanishida yuqoridagi o’zgarishlar katta rol 
o’ynaydi, asosiy davo to’qimalarning insulinga sezuvchanligini oshirishga yo’naltirilgan 
bo’lishi kerak. Buning uchun tana vaznini kamaytirish kerak bo’ladi, bunga anoreksigen 
ta’sirga ega bo’lgan siofor qo’llaniladi. Siofor bilan davolashda uning dozasini asta-sekin 
oshirib borish tavsiya etiladi. Boshlang’ich sutkalik dozasi 0,5-1,0 g interval bilan sutkasiga 
3 g gacha oshirib boriladi. Qari va keksa bemorlarni davolashda yondosh kasalliklar, 
oshqozon-ichak trakti va motor funktsiyasi holatiga e’tibor berish kerak. 
Insulinoterapiya. Parhez va peroral qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlar yordamida 
yaxshi glikemik nazoratga erisha olmasa –insulin buyuriladi.


73 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin