Diabetik nefropatiya.
Diabetik nefropatiya –buyraklarning diffuz zararlanishi bo’lib, bunda diabetik
mikroangiopatiya rivojlanishi mumkin. Bu xavfli asorat bemorlarda kuchayuvchi buyrak
etishmovchiligiga, oxir oqibatda uremiyadan o’lishiga olib keladi. Qandli diabet bilan
og’rigan bemorlarning yarmida diabetik nefropatiya klinik belgilari kuzatilib, 10 yil davom
etishi bilan namoyon bo’ladi. U sekin-asta rivojlanib uzoq vaqt bilinmasligi mumkin.
Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet 5% diabetik nefropatiya bilan birga ilk aniqlanishi
mumkin. Kechki stadiyalarda uning avj olishini to’xtatish mushkul. Diabetik nefropatiya
hozirga vaqtda qandli diabet bilan oq’rigan bemorlar nogironligi va o’limining etakchi
sababchisi bo’lib qolmoqda.
Patogenez. Diabetik nefropatiya rivojlanishi glikemiyaning nazoratsiz keskin tebranishlari,
diabet 1-tipidagi ummunologik buzilishlar, irsiy moyillik bo’lganda avj oluvchi
mikroangiopatiyalar rivojlanishi va buyrakda qon aylanish buzilishi (giperfiltratsiya)
keyinchalik specifik intrakapillyar glomeruloskleroz (o’choqli yoki diffuz) shakllanishi bilan
boq’liq.
Qandli diabet rivoglanishi bilan erta bosqichlarda kuchaygan koptokcha filtratsiyasi sekin-
asta pasayib, oxirgi stadiyada tez kuchayuvchi suruncali byurak etishmovchiligiga olib
keladi. Koptokcha afferent arteriollalar gialinozi va sklerozi giporenimik gipoaldosteronizm
sindromi rivoglanishiga olib keladi. Diabetik nefropatiya asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib,
uning buyrak tosh kasalligi, pielonefrit, siydik pufagi atoniyasi, prostata bezi adenomasi
bilan birga kelishi hisoblanadi. Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet 42% hollarda
pielonefrit bilan birga uchraydi. Qarilik va immunodeffitsit holatlar pielonefritning og’ir
kechishiga sabab bo’ladi.
Diabetik oyoq sindromi.
Bu sindrom bemorlarda angio va neyropatiyalar bilan namoyon bo’ladi. Diabetik oyoq – 30
- 80% qandli diabet bilan og’rigan bemorlarda turli ko’rinishlarda aniqlanadi. Bemorlarning
bu guruhida oyoqlar amputaciyasi 15 marta ko’p uchraydi.
Diabetik nefropatiya bosqichlari.
Bosqich
Klinik-laborotor tavsifi
Rivojlanish muddatlari.
Buyraklar
Giperfunkciyasi
-koptokchalar
filtratsiyasi
tezligining oshisi>140 ml/min.
-buyrakda qon aylanishning
oshishi
-buyraklar gipertrofiyasi
normoalbuminuriya(<30mg/sut
Diabetning ilk davrida paydo
bo’ladi.
Boshlang’ich
struktur o’zgarishlar.
-koptokcha kapillyarlarida BM
qalinlashishi.
-mezangiumning kengayishi
-normoalbuminuriya;
-yuqori
koptokchalar
filtraciyasi
tezligining
saqlanishi.
1-5 yil
61
Boshlanuvchi nefropatiya
-mikroalbuminuriya
(30-300
mg/sut);
-normal yoki yuqori KFT.
-tranzitor AD oshishi
5-15 yil
Rivoglangan nefropatiya
-proteinuriya;
-KFT normada yoki biroz
pasaygan.
-AG
10-15 yil
Uremiya
-KFTning pasayishi<10ml/min)
AG barqaror bo’lishi
-intoksikatsiya
Diabetik oyoq sindromi qandli diabetning eng kech asoratlaridan bo’lib, qon tomir, periferik
nervlar, yumshoq to’qimalar, bo’g’im, suyaklar zararlanishi, teri qoplamlarining surunkali
yaralari va suyak-destruktiv o’zgarishlar shakllanishi bilan boradigan anatomo-funkcional
o’zgarishlar murakkab kompleksidan iborat bo’ladi.
Diabetik oyoq sindromi rivoglanishi patogenezida 3 ta asosiy faktor: neyropatiya, oyoq
tomirlari zararlanishi va infektsiya rol o’naydi. Oxirgi faktor 2 ta oldingi faktorga olib keladi.
Harorat, og’riq, taktil va vibratsiya sezgilarning pasayishi yurish mexanikasining
o’zgarishiga olib keladi. Oyoq panjasi bitta joyga tayanishi tufayli maksimal bosim
nuqtalarini yaratadi. Teri qoplamlarining quruq va sezgir joylarida giperkeratoz maydonlari
surunkali yaralar paydo bo’lishi tufauli infektsiyalanishi mumkin. Qari va keksa bemorlar
diabetik oyoq panjasi kuzatiladigan bemorlar kontingentiga aylanadi, chunki ular hamma
vaqt ham oyoq panjasining tagini, barmoqlararo oraliqlarni mustaqil ko’ra olmaydi, kerakli
poyafzal tanlashda va oyoqlarni to’g’ri parvarish qilishda qiynalishadi.
Diabetik panja xavf gyryhlariga kiradi:
- periferik tomirlar kasalliklari
- distal polineuropatiyalar;
- o’tkazilgan amputatsiyalar;
- gipertoniya va giperxolesterinemiya;
- diabetik nefropatiya (ayniqsa surunkali buyrak etishmovchiligi stadiyasida) ;
- ko’rlar va sust ko’ruvchilar;
- yolg’iz qariyalar;
- alkogol iste’mol qiluvchilar va chekuvchilar.
Neyropatik o’zgarishlar ustunligiga yoki periferik qon tizimidagi buzilishlarga qarab diabetik
panjaning 3ta asosiy klinik formalari: neyropatik, ishemik, aralash (neyroishemik) turlari
ajratiladi.
Diabetik panjaning ko’rinishlaridan biri bo’lgan neyropatik turidagi osteoartropatiyaning
(Sharko bo’g’imi) rivojlanishida giperglikemiya sharoitida osteoklastlar aktivligining
oshishi, suyakning tasirlanishi va patologik sinishlar shakllanishi yotadi. Jarayon bir
tomonlama bo’lib, zararlangan bo’g’im yuzasida qizarish, panja deformaciyasi va og’riqning
bo’lmasligi bilan xarakterlanadi. Rentgenogrammada suyak destrukciyasi, bo’g’im
yuzalarining buzilishi, subxondral skleroz, osteofitlar, bo’g’im ichki sinishlari aniqlanadi.
Agar sinishdan bir necha kun o’tsa, rentgennogrammada o’zgarishlar kuzatilmaydi, faqat
skanerlash vaqtida anchagina o’zgarishlar aniqlanishi mumkin. 60% holatlarda old kaft usti
62
va kaft usti-kaft bo’g’imlari, 30% holatlarda kaft-barmoq bo’g’imlari, 10% boldir-tovon
bo’g’imlari zararlanishi mumkin. Keksa va qari bemorlarni davolashda diabetik oyoq panjasi
rivoglanish stadiyalarini hisobga olish juda muhimdir.
Quyidagi bosqichlar farq qilinadi:
O – bosqich - oyoq panjasida ochiq jarohatlar yo’q, giperkeratozlar yumshoq to’qimalar
autolizini niqobi ostida paydo bo’lishi mumkin.
1 - bosqich-yuza, oyoq panjasining noinfektsiyalangan jarohatlari.
2 – bosqich - chuqur infekciyalangan oyoq panjasining jarohati yumshoq to’qima va
paylarning zararlanishi bilan.
3 – bosqich - oyoq panjasi chuqur jarohati, osteomielit va qon aylanish buzilishi bilan.
4 – bosqich - oyoq panjasi qismlari va barmoqlari gangrenasi.
5 - bosqich tarqalgan gangrena.
0 - 3 guruhlar neyropatik xarakterdagi o’zgarishlar bilan namoyon bo’ladi va konservativ
davoga muhtoj bo’ladi.
4 - 5 guruhlar neyroishemik tabiatga ega bo’lib, operativ davoga muhtoj bo’ladi.
Diabetik panja markazi tavsiyalariga binoan bemorlar 2 - bosqichida statsionar
sharoitlarida davo olishlari mumkin, lekin 3 - bosqichida albatta stasionar davo olishi shart.
Diabetik oyoq panjasi kuchayishida asosiy metabolik faktor bo’lib giperglikemiya
hisoblanadi, shuning uchun davolashda asosiy yutuq uglevod almashinuvining adekvat
korrekciyasiga bog’liq.
Qari insonlarda periferik tomir va nervlar zararlanishi, oyoq panjasi deformatsiyasi
kuzatilsa, ular havf guruhiga kirib 1 yilda 1 martagacha tekshiruv va ko’rikdan o’tishi kerak,
bu tekshiruvlar teri qoplamlarini ko’rish, og’riq, taktil, harorat va vibratsion sezgisini
baholashni o’z ichiga olishi kerak.
Qon oqimini baholash zarur, bunga magistral tomirlar pulsaciyasi, boldir - elka indeksini
aniqlash (AQB oyoqlarda/AQB qo’llarda, normada oyoqlarda balandroq bo’ladi), RVG,
angiografiya kiradi. Diabetik panjani oldini olish uchun bemorlarni o’z-o’zini nazorat
qilishga o’rgatish qonun-qoidalarga amal qilish katta ahamiyatga ega.
Diabetik panjada oyoqlarni parvarish tamoyillari:
-glikemiya nazorati;
-oyoqlarni ko’zdan kechirish va palpatsiya;
-oyoqlarni parvarish qilish;
-oyoq kiyim tanlash;
63
Diabetik oyoq
Sindromi
Qandli diabet
kompensatsiyasi
Oyoqlarni umumiy ko’zdan kechirish va paypaslab ko’rish –oyoq panjasini zararlanishini
aniqlaydigan eng oddiy va effektiv usul hisoblanadi. Quyidagi belgilarga ahamiyat berish
zarur: oyoqlarning rangi-qizil (neuropatik shishlar yoki Sharko artropatiyasida), rangpar,
cianotik (ishemiyada), pushti rangda og`riqli simptomatika va pulsatsya yo`qligi bilan birga
kelishi (og`ir ishemiya), deformatsiyalari: hallux valgus, hallux varus, oyoq panjasi matarzal
suyaklarning boshchalarini bo`rtib chiqishi, Sharko artropatiyasi; shishlar; ikki tomonlama-
neyropatik-yurak yoki buyrak etishmovchilligi sababli kelib chiqqan bir tomonlama
infekcialangan zararlanish yoki Sharko artropatiyasi sababli kelib chiqqan shishlar paydo
bo’ladi; tirnoqlar holati-neyropatiya va ishemiya tufayli atrofik bo’ladi, zamburug’li
zararlanishda tirnoqlar rangining o’zgarishi kuzatiladi; giperkeratozlar –oyoq panjasining
ko’proq bosim ta’sir etadigan maydonlarida ayniqsa kuchli ifodalangan bo’ladi, masalan
metatarsal suyaklar boshchalari proekciyasi sohasida ko’proq kuzatiladi; yaralar DP ning
neyropatik turida tovon sohasida, ishemik turida akral nekroz shaklida kuzatiladi; pulsaciya-
oyoq panjasi usti va orqa boldir arteriyasida susaygan yoki ishemik turda xatto aniqlanmaydi,
neyropatik turida esa normada bo’ladi; terining holati-quruq, ingichkalashgan(neyropatiya)
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |