SIOFORNING TA`SIR MEHANIZMI
Sioforning ta’sir mexanizmi.
Qari va keksalarda insulinoterapiyaga o’tish hamma vaqt katta javobgarlikni talab qiladi,
chunki tashqaridan yordam, parhezga amal qilish va ovqatni regulyar qabul qilish –
xxxxxhavfli asorat-gipoglikemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uy
sharoitlarida glikemiyani bemor o’zi mustaqil yoki qarindoshlari yordamida nazorat qilish
muhimligini tushuntirish kerak. Insulinoterapiyaga ko’rsatma bo’lib qari va keksa qandli
diabet bilan og’rigan bemorlarda quyidagilar hisoblanadi:
-ketoatsidoz, prekoma, giperosmolyar va laktatatsidotik koma
-qandli diabet dekompensatsiyasi
-dietoterapiyaga (rezistentli) va PSP ga rezistentlik
-ifektsion kasalliklar
-xirurgik aralashuvlar va travmalar
-jigar va buyrak funktsiyasining og’ir buzilishlarida
-trofik yaralar
-og’ir polineyropatiya va retinopatiya
-oshqozon-ichak buzilishlari, qusish va ich ketishlari bilan birga kuzatilganda
-o’tkir, makrovaskulyar asoratlar (insult, miokard infarkti, gangrena va boshqalar).
Hozirgi vaqtda insulinning turli ko’rinishlari mavjud: sintetik qisqa ta’sirli odam insulini,
uning ta’siri 2-5 soatdan so’ngdan so’ng cho’qqiga chiqadi, ta’siri 8 soat davom etadi:oraliq
ta’sirga ega bo’lgan insulin, masalan NPX 4-12 soat ta’siri cho’qqiga chiqadi, uzoq ta’sir
qiluvchi insulin, (ultralente) 24 soat ta’sir qiladi. Odam insulini preparatlari-qisqa ta’sirli
insulin
va
NPX
insulinini
saqlovchi
tayyor
eritmalar
ko’rinishida
chiqariladi.
Yengil anoreksigen
ta`sirga ega
XS va TG darajasini
kamaytirib, ularning
ichakda so`rilishini
kamaytiradi
Siofor
Insulin
ta`sirini
kuchaytiradi insulinga
to`qima
retseptorlari
sezuvchanligini
noshiradi
insulin
rezitsentlikni
kamaytiradi.
To`qimalarda
glyukoza
utilizatsiyasini
yaxshilaydi
jigarda
uning x.b. tormizlaydi.
Boshqa
barcha
BGlarga
nisbatan
gipogilikemik xolatiga
kamroq olib keladi.
74
Insulin farmakokinetikasi.
Insulin turlari
Ta’sir boshlanishi,soat Ta’sir kuchayish
vaqti,soat
Ta’sir
davomiyligi,soat
Oddiy tez ta’sir
qiluvchi insulin
0,5
2,5-5
8
NHP ning oraliq
ta’siri
1,5
4-12
24
70% NHP,30% oddiy
0,5
2-12
24
Uzoq ta’sirga ega
bo’lgan (insulin
ultralente)
4
10-30
36
Hozirgi vaqtda qari yoshdagi bemorlarda insulinni 0,2dan 0,5 ED/kg tana vaznigagacha
bo’lgan dozasidan boshlash tavsiya etiladi. Yoshga, asoratlar borligiga , interkurrent
kasalliklar va metobolik nazorat darajasiga qarab dozalar individual tanlanadi.Unga yuqori
bo’lmagan giperglikemiya kuzatilgan bemorlarda boshlang’ich davo maqsadida insulinni
sutkalik dozasini 1 in’ektsiyada yuborish tavsiya etiladi. Agar bemorda och qorinda yuqori
giperglikemiya kuzatilsa, NPH insulini uyyyqudan oldin (0,2ED/kg tana vazniga) yuboriladi.
Ayrim holatlarda NPH ning kechki in’ektsiyasini sulfonilmochevinaning maksimal sutkalik
dozasi bilan birga kombinatsiya qilib yuborish mumkin; Bunday kombinatsiya tana vazni va
giperinsulinemiyani oshishiga olib keladi. Agar och qorindagi giperglikemiya kasallik klinik
ko’rinishida asosiy symptom hisoblanmasa, NPH insulini nonyshtadan yarim soat oldin (0,2
dan 0,5 ED/kg tana vazniga) buyuriladi, past giperglikemiyali kasallarda eng past dozadan
boshlab bemorning mustaqil glikemiya nazorati ko’rsatkichlariga mos ravishda har kuni
dozasini 10-20%ga oshirish kerak. Peroodik ravishda qisqa ta’sirga ega bo’lgan insulinning
ko’p bo’lmagan miqdorini nonushtadan so’ng giperglikemiya nazorati uchun (20-30% umimiy
dozadan) qo’shib boriladi. Qari bemorlarda quyidagi insulinteapiya sxemasi, ya’ni kuniga
insulinni 2ta in’ektsiyasi rejimi qo’llaniladi. Bu rejimda NPH 1ta insulini yoki qisqa insulin
bilan birga nonushtadan va kechki ovqatdandan yarim soat oldin yuboriladi. Sutkalik dozasini
0,2ED/kg( tana vazniga) dan boshlash kerak, kechki va ertalabki dozalar o’zaro nisbati 50:50
yoki 60:40 ga teng bo’ladi. Qari bemorlarda ko’pinch tayyor aralashmalar qo’llaniladi, chunki
ularni ishlatishda qullayliklar mavjud.(shprits-ruchka). Bu insulin preparatlari qo’llanilganda
gipoglikemiya kam uchraydi, lekin uning sutkalik ehtiyoji oshishi mumkin, bu esa tana
vaznining oshishiga va pyeriferik giperinsulinyemiyaga olib keladi. Ayrim hollarda ko’p
martalik insulin in’yektsiyalar ryejimi qo’llaniladi.. Bu qaror bemorga bog’liq bo’lib,
individual ravishda qabul qilinadi. Har asosiy ovqat qabul qilingandan oldin qisqa ta’sirli
insulin yuboriladi, 1ta NPH in’ektsiyasi-kechqurun yuboriladi. Insulinoterapiyaning 4 martalik
rejimi 3ta pryeprandial qisqa ta’sirli insulin va 1ta NPH in’yektsiyasini (uyqudan oldin) o’z
ichiga oladi.
Boshlang’ich sutkalik doza 0,3 Ed/kg tana vazniga tyeng bo’lib, kyeyin doza pre va post
prandial glikyemiyaga mos ravishda tanlanadi.
ularni ishlatishda qullayliklar mavjud.(shprits-ruchka). Bu insulin preparatlari qo’llanilganda
gipoglikemiya kam uchraydi, lekin uning sutkalik ehtiyoji oshishi mumkin, bu esa tana
vaznining oshishiga va pyeriferik giperinsulinyemiyaga olib keladi. Ayrim hollarda ko’p
martalik insulin in’yektsiyalar ryejimi qo’llaniladi.. Bu qaror bemorga bog’liq bo’lib,
75
50% sutkalik doza NPHga to’g’ri kelsa, 50%i qisqa ta’sirli insulinning 3ta in’yektsiyasiga
bo’linadi, u asosiy ovqat qabul qilishdan oldin 12, 18, 20% nisbatlarda (nonushtadan, tushlik
va kyechki ovqatdan kyeyin) qabul qilinadi, kyeyinchalik glikyemiya darajasiga mos
ravishda o’zgarishi mumkin. Insulinoterapiyaning istalgan rejimi, qari bemorlarda ularning
individual ehtiyojlariga mos va chuqur qayta ishlovdan o’tgan bo’lishi kerak. Har doim eng
oddiy rejimni tanlash kerak, biroq og’ir holatlarda ko’p martali in’ektsiyalar rejimi ham
buyuriladi.
Qandli diabetning kompyensatsiya kriteriyalari (mmol/l).
Ko’rsatkichlar
Yaxshi
O’rtacha
Salbiy
Och
qorinda
glikemiya
4,4-6,7
<7,8
>7,8
Ovqatdan keyingi
glikemiya
4,9-8,9
<10
>10
HbAlc
6%(<7,5%)
aglyukozuriya
Qandli diabet kompenstsiya kriteriyalari %
Tekshirish vaqti
Glyukoza darajasi
Ideal
Mumkin bo`lgan
Nonushtadan oldin och
qoringa
70-90
70-110
Kun davomida ovqatdan
oldin
70-105
70-130
Ovqatdan keyin 1 soat
o`tganda
100-160
100-180
Ovqatdan keyin 2 soat
o’tganda
80-120
80-150
Diabetda favqulodda holatlar.
Giperglikemiya
(qonda glyukoza miqdorinnig oshishi).
Sabablar: ortiqcha ovqat eyish, insulin va diabetga qarshi boshqa dori vositalar dozasining
etarli emasligi, kasallik, stresslar.
Kasallik boshlanishi: sekin-asta, diabetik komaga o’tishi mumkin.
Simptomlari
1.
tez-tez siyish;
2.
ko’rishning buzilishi;
3.
terining qurishi;
4.
uyquchanlik;
Nima qilish mumkin?
1.Glyukozani qondagi miqdorini tekshirish.
2.Agar glyukoza miqdori 200mg/gl dan yuqori bo’lsa va 2kun davomida bu daraja saqlansa.
Gipoglikemiya
76
(qonda glyukoza miqdorining kamayishi).
Sabablari: etarlicha ovqatlanmaslik; insulin va diabetga qarshi boshqa preparatlar dozasini
oshirish.
Kasallik boshlanishi: birdan; gipoglikemik shok yoki hushdan ketish rivojlanishi mumkin.
Simptomlari:
1.titroq.
2.yurak urib ketishi.
3. terlash.
4. bosh aylanishi.
5.bezovtalik.
6.ochlik hissi.
7.ko’rishning buzilishi.
8.tez charchash.
9.bosh og’rig’i.
10. ta’sirchanlik.
Nima qilish mumkin?-Yarim stakan yoki oddiy alkogolsiz ichimlik yoki 1stakan sut, yoki 1
nechta yumshoq konfetlar (shokolad bo’lmasligi kerak).
Keyin 30 minut davomida qonda glyukoza miqdorini tekshirish. Agar simptomlar
yo’qolmasa vrachga murojaat qilish.
Engil (istalgan buterbrod) biror egulik va yarim stakan sut ichiladi.
- Qandli diabetning paydo bo'lishida irsiy omillar, infeksiya, ruhiy zarbalar, semirish
katta ro`l o'ynaydi. Butun Jahon Sog'likni Saqlash tashkilotining tavsiyasiga binoan 65
yoshdan oshgan bemorlarda uchraydigan bu kasallik "Qarilik diabeti" deb ataladi.
Qandli diabet ko'pincha semizlik bilan birga kechadi. Semizlikda qandli diabet tana og'irligi
normal bo'lgan bemorlarga qaraganda 4 barobar ko'proq uchraydi. Qandli diabetda insulin
yetishmovchiligi oqibatida uglevod, lipid, oqsil, vitamin, suv - tuz almashinuvi buziladi.
Normada qonda glyukoza miqdori 3,34-5,55 mmol bo'ladi. Kasallik klinikasi og'irligiga
qarab qandli diabet yengil, o'rtacha og'ir va og'ir turlarga bo'linadi. Engil turi - qonda
glyukoza 7,77 mmol/l. gacha bo'ladi, bunda parhez va uglevodlarni cheklash bilan
kifoyalaniladi. O'rtacha og'ir turida glyukoza miqdori 12,21 mmol/l. gacha bo'lib, kuniga 20-
60 TB insulin, parhez bilan qand pasaytiruvchi sulfanilamid preparatlari tayinlanadi. Og'ir
turi qonda glyukoza 12,21 mmol/l.dan ortiq bo'lib, katta dozalarda insulinoterapiya
o'tkaziladi. Yoshi qaytgan va keksa kishilarda qandli diabet belgilari aniq ifodalanmaydi. Bu
esa kasallikning erta diagnostikasini kechiktiradi. Keksalarda bu kasallikning o'ziga xos
alomatlari tana og'irligining pasayishi, ko'p siyish, teri qichishishi, yiringli kasalliklarning
paydo bo'lishi hisoblanadi.
Keksalar immuniteti pasayganligi sababli diabetik bemorlarda pnevmoniya, o`tkir
respirator kasalliklar og'irroq kechadi. Ayniqsa tuberkulyoz kasalligi bunday bemorlarda tez
paydo bo'ladi.
Parhez bilan davolash kasallikning barcha turlarida buyurishadi. Uglevodlar miqdori
cheklanadi, yetarli miqdorda oqsillar va yog'lar tavsiya etiladi. Bemorlarga "Parhez №9"
buyuriladi. Sutkali rasionda uglevodlar 50%, oqsillar 30%, yog'lar 30% ni tashkil etadi.
Insuilin
bilan
davolashda
yurak
tomir
yetishmovchiligiga,
ishemik
kasallarda
gipoglikemiyaga yo'l qo'ymaslik kerak. Qonda qand miqdorini pasaytirishda peroral
preparatlardan sulfanilamidlar va biguanidlar (butamid, siklamid, bukarbon, glibenklamid,
adebit, glyukofag) ishlatiladi. Bunda qondagi leykositlar va trombositlar soni kuzatib
boriladi. Qandli diabetning asoratlaridan gipoglikemik koma, insulin miqdorini oshirib
77
yuborganda paydo bo'ladi. Bemorda holsizlanish, bo'shashish, qaltirash, sovuq ter bosishi,
ochlik, bosh og'rig'i, bezovtalik kuzatiladi. Bunday holatda darhol shirin choy, pichenye,
bulochka, konfet beriladi, venadan 50 ml. 40 % glyukoza eritmasi yuboriladi.
Yuboriladigan insulin miqdori etarlicha bo'lmasa, diabetik koma ro'y berishi mumkin.
Bunda moddalar almashinuvi chuqur izdan chiqib, qonda keton tanalari to'planib qoladi.
Bemorda bo'shashish, apatiya, uyquchanlik, ko'ngil aynishi, qayt qilish, chanqash,
ishtahaning yo'qolishi kuzatiladi, og'zidan aseton hidi keladi, odam hushidan ketadi. Diabetik
komada 100 TB da insulin, organizmning suvsizlanishiga qarshi izotonik natriy xlor eritmasi,
vitaminlar yuboriladi.
Qandli diabet bilan og'rigan bemorlar dispanser kuzatuvida turadilar. hamshira
bemorning qoni va siydigada glyukoza miqdorini muntazam tekshirib boradi.
Semizlik - turli to'qima va organdarning yog' bosishi bo'lib, erta qarishning alohida
omillaridan biridir. Keksalar ularda energetik sarf va moddalar almashinuvining pasayishi
sababli semizlikka moyil bo'ladi. Semizlik kam harakatlanish, ortiqcha ovqat yeyish, irsiyat
oqibatida yuzaga keladi.
Semizlik uchta darajada farq qilinadi:
1 daraja: yengil - tana og'irligi 20-30% ga.
2 daraja: o'rtacha - tana og'irligi 30-40% ga.
3 daraja: yuqori -tana og'irligi 40 % ga ortib ketadi.
Bemorlar nafas qisishidan, hansirashdan, bosh og'riqlaridan, uyquchanlikdan, zidiyatdan
nolishadi. Tez-tez ochlik hissi paydo bo'lib, qaltirash bosadi, odam bo'shashadi va ovqat
iste'mol qilgach bu belgilar yo'qoladi. Qonda xollesterin, trigliseridlar soni ortib, glyukoza
miqdori pasayadi. Semizlikni davolashda engillashtiruvchi parhez, harakat faollashishini
oshirish, suv muolajalari, kaloriyasi past ovqatlar, ishtahani pasaytiruvchi moddalar -
dezapimon, Meforin buyuriladi.
Vaziyatning oldini olish uchun sabzavot, mevalar, surgi vositalari tayinlanadi.
10> Dostları ilə paylaş: |