Qarilikda uglevodlar almashinuvining hususiyatlari.
Qarilikda insulin almashinuvining barcha bosqichlarida o’zgarishlar
kuzatiladi,
metabolik sindrom asosida yotuvchi insulinga rezistentlikning vujudga kelishiga sharoit
yaratiladi
. Insulinga rezistentlik deganda
- to’qimalarda glukoza to’planishining
insulin yordamida
pasayishi tushuniladi, natijada kompensator giperinsulinemiya kelib
chiqadi. Bu holat qariyalarda insulinga bog’liq bo’lmagan
qandli diabetning asosiy
patogenetik bosqichi hisoblanadi. Bunda semizlik alohida ahamiyat kasb etadi. Qarilik
jarayonida yog’ to’qimasining miqdori qonuniyat asosida ko’payadi,
hatto tana
massasining oshmaganida ham shu holat kuzatiladi. Insonning yog’ to’qimasi leptinlar
ishlab
chiqaradi, ular gipotalamusda to’yish markaziga ta’sir qilib, ovqatlanish
markazining aktivligini pasaytiradi. Ovqat iste’mol qilishni
pasaytiruvchi eng kuchli
regulyator bo’lib giperglikemiya hisoblanadi. Yosh o’tkan sari gipotalamik markazlarni
boshqaruvchi signallarga nisbatan sezuvchanligining pasayishi kuzatiladi. Ovqat qabul
qilish jarayoni meyordan ko’p yeyilgandagina to’xtaydi. Yuqorida ko’rsatilgan
semizlikdagi havfli omillarga quyidagilar kiradi:
1.
Noesterefitsirlangan yog’ kislotalarning ko’payishi, ayniqsa to’yingan (polimetin,
stearin) yog’ kislotalari tufayli ayrim oqsil aminokislotalari
glukoza sintezi uchun
qo’llanila boshlaydi (glukoneogenez aktivatsiyasi). Bunda asosan limfotsitlarning
oqsillari qo’llaniladi, bu esa o’z navbatida yosh o’tishi bilan hujayra immunitetining
pasayishiga va metabolik immunosupressiya rivojlanishiga olib keladi.
2.
Semizlik va giperinsulinemiya jigarda triglitseridlar
va juda past zichlikka ega
bo’lgan lipoproteidlar sintezini kuchaytiradi, bu esa
TG va xolisterinning qonga
tushishiga sharoit yaratadi, ateroskleroz rivojlanishiga asos bo’ladi.
3.
Trobоtsitlar funksiyasi buziladi (lipidlarning membranada yig’ilishi tufayli), bu esa
tromb hosil bo’lish havfini oshiradi.
Gipotalamik markazlar
sezuvchanligining
pasayishi
Giperfagiya
Giperglikemiya
Insulin ajralishining
kuchayishi
Giperinsulinemiya
Retseptorlar
sezuvchanligining
pasayishi
Giperglikemiya
Giperinsulinemiya
Giperfagiya
Dostları ilə paylaş: