O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Savollar: 
1) Qanday kasallik haqida o'ylash mumkin? 
2) Hamshiralik jarayoniga asoslanib hamshiralik yozuvini to'ldiring. 
3) Siz ushbu bemorga parxez ovqatlanish xaqida qanday tavsiyalar berasiz? 
2) Bemor 70 yoshda, xolsizlik, doimiy yurak o'ynashi, tilda achishish belgilari, oyoqlarda
uvishishiga shikoyat qiladi. Bemorni tekshirganda atrofik gastrit, qon taxlilida gipoxrom 
anemiya, suyak ko'migi tekshirilganda megaloblastlar aniqlangan. 
Savollar: 
1)Qanday kasallik xaqida o'ylash mumkin? 
2)Hamshiralik jarayoniga asoslanib hamshiralik yozuvini to'ldiring. 
3)Stasionarda gematologik bemorlar parvarishining o'ziga xos xususiyatlarini ayting? 
3) Bemor 67 yoshda, tana xaroratining 38,8 gradusgacha ko'tarilishi, tomoqdagi og'riqqa va 
yutinganda og'riqning kuchayishiga shikoyat qiladi. Tomoqni ko'rganda nekrotik angina 
aniqlandi. Anamnezida bemor oxirgi 3 yil mobaynida ORVI, angina, gaymorit o'tkazgan. 
Qon taxlilida yetilgan limfositlar xisobiga leykositlar sonining oshishi kuzatiladi. 
Paypaslashda taloq va jigarning kattalashishi aniqlandi.
Savollar: 
1)Qanday kasallik xaqida o'ylash mumkin? 
2)Hamshiralik jarayoniga asoslanib hamshiralik yozuvini to'ldiring. 
3)Uyda gematologik bemorlar parvarishining o'ziga xos xususiyatlarini ayting? 
4) O'z - O'zini parvarish qilishning tamoyillarini ayting 


90 
4) Bemor ayol 65 yosh. Boldir soxasi og'riq'lariga, tizza va tovonlardagi mexanik 
xarakterga ega og'riqlarga (yurganda, zinadan ko'tarilganda) shikoyat qiladi. Og'riqlar asosan 
kechqurun kuchayadi, vaqti vaqti bilan bo'g'imlarda shishlar kuzatiladi. Ko'ruvda bo'g'imlar 
deformasiyasi yo'q, bilinar bilinmas shishlar sezildi. Qon taxlilida EChT 23 mm/soat, 
leykositlar normada. 
Savollar: 
1) Qaysi kasallik xaqida o'ylash mumkin? 
2) Ushbu kasallikning asosiy sababi nimada deb o'ylaysiz:
3) Davolash va parvarish qilish usullarini ayting? 
4) Asosiy qoidalar va reabilitasiya turlari? 
5) 70 yoshli bemor. Poliklinikaga tashrif buyurib, xurugga o'ng oyoq bosh panjasining 
qizarib, shishib, qattiq og'rib bezovta qilayotganidan shikoyat qilib, murojaat qildi. Kasallik 
o'tkir boshlanib, kechasi bilan bemor uxlamay chiqqan. Qon taxlilida leykositoz, EChT 20 
mm/soat, siydik kislotaning oshishi aniqlandi. 
Savollar: 
1). Qaysi kasallik xaqida fikr yuritsa bo'ladi? 
2). Hamshiralik tashxisini qo'ying. 
3). Hamshiralik jarayoni kartasini to'ldiring. 
4). Bu pasientga siz ovqatlanish bo'yicha qanday ko'rsatmalar berishingiz mumkin? 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin