O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Vaziyatli masala № 4 
 
Kardiologiya bo’limiga 76 yoshli bemor “YIK, postinfarkt kardioskleroz, hillpilovchi 
aritmiya, qon aulanish etishmovchiligi III daraja, kaxektsiya” diagnozi bilan kelib tushdi. 
Hamshira tomonidan bemor haqida quyidagi ma’lumotlar yig’ildi: kuchli ifodalangan 
umumiy holsizlikka, ishtahaning judayam pasayib ketishiga, yurak urib ketishiga, tinch holda 
hansirash, ozish, o’z o’ziga xizmat qilishning buzilishiga shikoyat qiladi. O’zini 7 yil 
mobaynida kasal deb hisoblaydi, kasallik miokard infarktdan keyin paudo bo’lgan.Ahvoli 3 
hafta oldin grippdan so’ng o’zgargan, oxirgi 5 kun ichida to’shakdan tura olmay qolgan. 
Bemor doimiy yurak glikozidlari va siydik haudovchi vositalar qabul qilgan. 
Ob’ektiv: umumiy ahvoli og’ir, bemor tormozlangan, makonda orientir saqlagan, to’shakda 
qiyinchilik bilan o’giriladi, teri qoplamlari quruq, tsianotik, dumg’aza va tovon sohalaridagi 
terida qizarish, to’qimalar turgori kamaygan, ularning trofikasi ham juda buzilgan, nafas 


100 
olish soni 26 ta 1 minda, o’pkada qattiq nafas, o’pkaning pastki bo’limlarida mayda 
pufakchali nam xirillashlar, puls 92ta 1 minda , aritmik, AQB 110/70 mm s. u.,qorin 
kattalashgan, jigar qovurg’a ravog’dan 2 sm pastda, og’riqsiz. Axlat 2 sutkada 1 marta, 
siyishi oz miqdorda, gohida. 
Tavsiyalar: 
1.Palata rejimi. 
2. Dieta 10. 
3.suv balansini nazorat qilish. 
4.EKG. 
5. Laziks 2 ml v/i. 
6. Digoksin (0,025%) 1 ml v/i tomchilab fiziologik eritmada yuborish. 
7.Polyar aralashma 200 ml v/i tomchilab yuborish. 
8. Oksigenatsiya kuniga 3 marta 20 mindan. 
Topshiriq 
 
1. Qaysi ehtiyojlar qoniqishi buzilgan, bemorning xozirgi va potentsial muammolarini 
aniqlang, dolzarb muammoni toping. 
2. Maqsad qo’ying va motivatsiyali hamshira aralashuvininig rejasini tuzing.
3.Yurak-qon tomir sistemasining yoshga bog’liq qanday hususiyatlari qari yoshda 
kardiologik kasalliklar rivojlanishiga olib keladi? 
4. Bu bemorda yotoq yaralar yuzaga kelishida qanday faktorlar muhim ahamiyatga ega? 
5.Bemorning qarindoshlariga suv balansini qanday nazorat qilish kerakligini o’rgating. 
6.Bemor qarindoshlariga yotoq yaralarning profilaktikasi chora-tadbirlarini o’rgatish. 
7.Agar o’lim sodir bo’lsa bemor qarindoshlarini psixologik yordam ko’rsatish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin