Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)
Vaziyatli masala 3 72 yoshli bemor kardiologik bo’limga “Gipertoniya kasalligi II daraja, distsirkulyator
entsefalopatiya I daraja, semizlik I daraga” diagnozi bilan yotqizildi. Bemor haqida ma’lumot
yig’ilganda hamshira quyidagilarga, ya’ni ensa sohasida kuchli bosh og’riqlar, umumiy
holsizlik, tez charchash, ta’sirchanlik, uyqusizlik bezovta qilayotganiga e’tibor berdi.
O’zini 8 yildan beri bemor hisoblaydi, umumiy ahvoli oxirgi 1,5 oy ichida bog’da
ishlaganidan keyin o’zgargan. Dorilarni regulyar ichmagan: ayrim vaqtda esdan chiqqan,
ayrimda nojo’ya ta’sirlardan qo’rqib bilib turib ichmagan. Parhezga amal qilmagan, o’tkir,
sho’r, yog’li ovqatlar va ko’p suyuqliklar iste’mol qilgan.
Bemor davoning foydasi haqida shubhalanyapti, o’lim vahimasi bor.
Ob’ektiv: umumiy ahvoli qoniqarli, hushi o’zida, teri qoplamlari toza, oddiy tusda, bemor
ortiqcha tana vazniga ega. Bo’yi 168 sm, tanna og’irligi 86 kg, nafas soni18 ta, puls 68ta 1
minda, ritmik, tarang, AQB 180/100 mm s.u. II ton aktsenti aortada, jigar qovurg’a ravog’da.
Tavsiyalar:
1.
Palata rejimi.
2.
Dieta 10.
3.
Zimnitskiy bo’yicha siudik analizi.
4.
Bioximiyaviy qon analizi.
5.
EKG.
6.
Okulist, nevropatolog konsultatsiyasi.
7.
Enalapril 5 mg 1 marta sutkasiga.
8.
Indapamid 1.25 mg 1 marta sutkasiga.
Topshiriq 1.
Qaysi ehtiyojlar qoniqishi buzilgan, bemorning xozirgi va potentsial muammolarini
aniqlang, dolzarb muammoni toping.
2.
Bu bemorda kasallik kuchayishiga qaysi omillar ta’sir qilgan?
3.
Maqsad qo’ying va motivatsiyali hamshira aralashuvininig rejasini tuzing.
4.
Bemorga Zimnitskiy bo’yicha siydik to’plash qoidalarini tushuntirib bering, yo’llanma
bering.
5.10-parhez bo’yicha ovqatlanish qonun-qoidalarini tushuntiring.
6.O’z-o’zini nazorat qilish haqida kundalik tutishni bemorga o’rgatish.
7.EKGga yo’llanmani to’ldirish.