T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


Banklarda kredit operatsiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

5.1. Banklarda kredit operatsiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
Kredit operatsiyalari (lotincha «creditum» - kredit degan ma'noni anglatadi.) 
deganda shartlar asosida, ya'ni qaytarishlilik muddatlilik va to'lovlilik shartlari 
asosida ma'lum bir miqdordagi pulni qarzga berish tushuniladi. Boshqacha qilib 
aytganda, qarzdor qarzni belgilangan muddat ichida qaytarib berishi va undan 
tashqari ma'lum summani to ‘lashi lozim. Bu summa qarzga olingan mablag'lar uchun 
to'lov bahosi bo'lib, u kredit uchun foiz deb ataladi. Odatda, zamonaviy bank kreditni 
pul shaklida qarzga beradi.
Bank o 'z tabiati jihatidan moliya-kredit tashkiloti bo'lib, uning uchun kredit 
operatsiyalari, bank xizmatlarinig bir ko'rinishi hisoblanib, u boshqa bank 
operatsiyalari ichida asosiy o'rin egallaydi.
Bank o 'z kredit operatsiyalari uchun faqatgina o'ziga tegishli bo'lgan pul 
mablag'larini 
ishlatmay, 
balki 
bunday 
pul 
mablag'larining 
manbalarini 
shakllantirishdan hosil bo'lgan pul mablag'larini ham ishlatadi. Bunda boshqa 
Banklardan olingan kredit bilan bir qatorda, bank shuningdek pul mablag'larini o 'z 
omonatchilaridan va tashkilotlardan turli hisob varaqlarga jalb etadi. Bu erda 
m ablag'lar saqlanadi va turli xil hisob-kitoblarda qo'llaniladi. Bunday, pul 
mablag'lam i jalb etish ham kredit xarakteriga ega, chunki u ham qaytarishlilik 
muddatlilik va to'lovlilik shartlariga asoslanadi, bank esa bu erda qarzdor sifatida 
namoyon bo'ladi.
Bank kreditlari muddatiga qarab turlicha bo'ladi (uzoq va qisqa); qarzdoming 
tashkiliy - huquqiy tuzilishiga qarab (davlat, xususiy va aktsionerlik jamiyati, 
kooperativlar, uyushmalar, boshqa banklar, qo'shm a korxonalar, fermerlar, xususiy 
shaxslar va hokazolar); tarmoqqa qarab, (sanoat qishloq xo'jaligi, kommunal kredit); 
maqsadiga 
qarab 
(mavsumiy 
xarajatlar 
uchun, 
to'lov hujjatlami to'lash 
uchun, aylanma mablag'lami to'ldirish uchun va boshqa asosiy aktivlar bilan bog'liq 
xarajatlami moliyalashtirish) shuningdeq boshqa mezonlarga qarab yirik va kichik 
kreditlarga farqlanadi.
Bank kredit berish uchun jalb qilingan barcha mablag'lami va o 'z mablaishrini 
ishlatishi mumkin. Tijorat banklari bu mablag'lam ing bir qismini majburiy rezervlar 
sifatida Markaziy bankga o'tkazishi kerak va shuningdek, ulaming bir qismini yuqori 
likvid m ablag'lar shaklida saqlanishi lozim. M ablag'lar qoldig'i bankning kredit 
potentsialini ifodalab, kredit berish uchun ishlatiladi. Bank foyda ko'rib ishlashi 
uchun o 'z kredit potentsialidan samarali foydalanishi lozim, bu esa zamonaviy 
sharoitlarda juda qiyin masala hisoblanadi.
Bozor 
iqtisodiyotida 
rejali 
iqtisodiyotdan 
farqli 
o'laroq, 
kredit 
munosabatlarining markazlashtirilgan qat'iy me'yorlari bo'lmaydi. Bu esa, bank va 
qarzdor o'zaro munosabatlari shartnoma asosida tuzilishini anglatib, ikkala tomon 
qam teng huquqli va o 'z maqsadlariga asoslangan holda ulami mujassamlashtirib 
faoliyat ko'rsatadilar. Qarzdor kredit olish uchun o'ziga munosib bankni tanlashi va 
bir y o 'la turli banklar kreditlaridan foydalanishi mumkin. Bank ham o 'z navbatida


mijozlami tanlash huquqiga ega va unga kredit berishda o'zlariga muhim va foydali 
deb topgan shartlami qo'yishi mumkin.
Kreditlashni tashkil etish kredit munosabatlarining ikki sub'ekti - bank va qarz 
oluvchining o'zaro majburiyatlari hamda manfaatlarini uyg'unlashtirishni nazarda 
tutadi. Kreditor sifatida banklaming olib boradigan faoliyati ular uchun me'yoriy 
b o'lgan hujjat kredit siyosatida o 'z aksini topadi. Tijorat banklari kredit siyosatini 
mustaqil tuzadilar. Har bir bank siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa jihatlami 
hisobga olgan holda, o 'z kredit siyosatini shakllantirishi bank kreditlash faoliyatining 
m uhim 
tomoni 
hisoblanadi. 
Tijorat 
bankining 
kredit 
siyosati 
kreditlami 
boshqarishning asosi hisoblanadi.
Banklarda kredit siyosatiga quyidagicha ta'rif beriladi: bankning kredit siyosati
— kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi xatarlami boshqarishda bank rahbariyati 
tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublami belgilovchi hamda bank 
rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar 
bilan ta'mlnlovchi hujjatdir. Shuningdeq banklarda kredit siyosati bankning kredit 
faoliyati maqsadlarini aniq ko'rsatishi va aniqlab berishi shart deyiladi.
Banklaming kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishning asosi 
hisoblanadi. Bu siyosat bank xodimlarining kredit berish, bankning kredit portfelini 
boshqarish bilan bog'liq ob’ektiv standartlarini va mezonlarini aniqlab beradi. Kredit 
siyosatini to 'g 'ri tuzish va olib borish, barcha bo'lim lar tomonidan bu siyosat 
maqsadining aniq tushinilishi bank boshqaruviga kredit standartlarini to'gri olib 
borishiga, yuqori xatarlardan krichishga, bank imkoniyatlarini to 'g 'ri aniqlashga asos 
hisoblanadi. Yaxshi ishlab chiqilgan kredit siyosati kredit xatarini boshqarish va uni 
kamaytirishga yaxshi imkon beradi.
Kredit siyosatining zarurligi shundaki, bank katta yoki kichikligidan, unda kam 
yoki ko'p xodim ishlashdan qat'iy nazar, bankda bu siyosat bo'lishi lozim. Chunki bu 
siyosat kredit bo'yicha unifitsiyalashgan umumiy qoida va tamoyillarining 
bajarilishini, operatsiyalar bajarilishining ketma-ketligini ta’minlaydi. Bankning 
kredit 
siyosati 
bankning 
hamma 
xodimlari - kichik xodimdan yoki bank 
boshqaruvi raisigacha bir xil bo'lm og'i lozim. Shuning uchun ham kredit siyosatini 
oldindan belgilab olingan qoida va echimlar to'plam i deyiladi.
Kreditlash siyosati va uning samaradorligi to 'g 'ri kredit narxlari belgilangan 
sharoitida muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Kredit siyosatini samarali olib borishda 
bank xodimlari bank mijozlarining mablag'larini kimlarga foydalanishga berish 
mumkinligini yaqqol bilishi lozim.
Bank qanday kreditlar, qancha miqdorda, qanday shaklda, kimga, qaysi shartlar 
bilan berilishini hal qilishi zarur. Biznesning shunday turlari borki, bank kredit 
bera turib ular bo'yicha qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun har bir 
faoliyat xatar bilan 
bog'liq 
ekanligini 
hech 
qachon 
esdan 
chiqarmaslik 
lozim. Bankning kredit siyosati uniyag faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan 
xavfli holatlaming oldini olishga, buning uchun depozitlar va kreditlar o'rtasidagi 
nisbatning, 
bank 
majburiyatlari 
bilan kapitali o'rtasidagi va boshqa 
ko'rsatkichlam ing me'yorda bo'lishini taqozo qiladi. 
Oqilona kredit siyosati 
beriladigan kreditlaming sifatini oshiradi. Shuning uchun kredit siyosatining asosiy 
maqsadi boshqaruv jarayoni, 
fondlaming 
etarliligi, 
xatarlami 
sifat darajasi


bo'yicha turkumlari, 
kredit portfelining balansi, majburiyatlaming 
tarkibiy 
qismlarini 
ajratish 
kabi elementlarini o 'z ichiga olmog'i lozim. Endi 
biz bank siyosatiga to'xtaladigan bo'lsak bank siyosati - bankning depozit siyosati
kredit siyosati, 
foiz 
siyosati, 
valyuta 
siyosati, 
mijozlarga 
kassa-hisob 
xizmatini ko'rsatish siyosati va 
boshqa bank xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha 
siyosati, 
banklaming 
likvidliligini 
ta'minlash 
siyosati, kadrlar 
siyosati 
majmuasidan 
iboratdir. Bank kredit siyosatining mazmuni quyidagilardan iborat: 
bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish bilan bog'liq masalalar; 
bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan o'rinbosari, kredit 
qo'm itasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar ro'yxati; 
bankning kredit berish 
sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish 
bo'yicha jami majburiyatlar;
kredit arizalari bo'yicha tekshirish va qaror chiqarish tizimi bayoni;
kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit 
ishida 
albatta
saqlanadigan hujjatlar ro'yxati;
kredit 
ishlari 
saqlanishi 
va 
tekshirilishi 
uchun 
kim javobgarligi, kim 
va qanday holatda ulami olish huquqiga egaligi to'g'risida batafsil ma'lumotlar; 
kreditning ta'minlanganligi va uni qabul qilish, baholash va amalga oshirishning 
asosiy qoidalari;
barcha kreditlar sifatini belgilaydigan me'yorlar bayoni; eng yuqori kredit 
imtiyozlarini belgilash va ko'rsatish;
bank xizmat ko'rsatadigan mintaqa, kredit qo'yilmalarining asosiy qismi joriy 
etiladigan tarmoq, iqtisodiyot sohasi yoki sektori; u muammoli kreditlar tarkibi 
va tahlili, bunda muammolami qanday hal etilishi ehtimollari ko'rsatiladi.
Qolgan 
hujjatlarda 
ta'qiqlanadigan 
yoki 
nomaqbul 
kredit turlari 
tavsifi anadi.
Kredit siyosati malakali tuzilib, bank rahbaridan tortib operatorgacha barcha 
darajalarda me'yorda amalga oshirilsa, bu bank rahbariyatiga to 'g 'ri qarorlar 
chiqarish, ortiqcha xatarlardan xolos bo'lish, bank kreditlarini to 'g 'ri baholash 
imkonini beradi. Shu bilan bir vaqtda kredit siyosati siyosiy, iqtisodiy va huquqiy 
shartlarini hisobga olgan holda ancha yumshoq bo'lishi darkor.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin