38
bli, hushmuomala, nazokatli kishi har doim vaziyatni to’g’ri baholay oladi va undan
kutilayotgan muomalani qiladi.
Muomala me’zomlarini bilmaslik va ularni buzish odobsizlik hisoblanadi.
Odobsizlik esa o’zaro kelishmovchiliklarga olib keladi. Natijada muomala madan iyati
buziladi, munosabatlar taranglashadi, salbiy natijalar kelib chiqadi va ishga putur
etadi.
Barcha faoliyatga o’rgatilgani kabi, muomalaga ham o’rgatiladi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilning be’vosita harakatdagi,
muomaladagi ko’rinishi o’rganila boshlandi va unda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni
aniqlashga kirishildi. Tilning rivojlanishi kishilarning hayoti, ularning nutq faoliya tlari
bilan bog’liq ravishda o’rganila boshlandi. Tilshunoslik fanida tilning ushbu t omoni
uning kommunikativ aspekti deb nom oldi. Bu kommunikativ tilsh unoslikning
vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Kommunikativ tilshunoslikning quyidagi tarmoqlari mavjud:
1. Psixolingvistika.
2. Sotsiolingvistika.
3. Matn tilshunosligi.
4. Pragmatik tilshunoslik.
Kommunikativ tilshunoslik quyidagi masalalar bilan shug’ullanadi:
-
Kommunikatsiya jarayoni, uning mohiyati, qonuniyatlari, tuzilishi, shart -
sharoitlari, xususiyatlari, tarkibiy qismlari va boshqalar.
-
Muomalaning axborot almashish jarayoni ekanligi.
-
Muomalaning kishilarning o’zaro ta’sir qilish jarayoni ekanligi.
-
Muomaladagi ijtimoiy nazorat masalalari.
-
Muomaladagi me’zon va me’yor.
-
Muomaladagi rollar masalasi.
-
Muomala madaniyati va odobi.
-
Muomala turlari.
-
Tabiiy muomala.
-
Muomala jarayonidagi qayta bog’lanish.
-
Muomalaning milliy xususiyatlari.
-
Muomala jarayonining shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri.
-
Muomala treyningi (mashqi).
Dostları ilə paylaş: