62
Statistik metod matematikaga va ehtimollar nazariyasiga oid dalillardan unumli fo yda-
langan holda ish yuritishni taqozo qiladi. Ushbu metod tarjimada kompyuterdan foy-
dalanish, lug’at, bibliografiya tuzish, axborotlar tizimini tuzish, programmalashtirilgan
darsliklar tuzish, chet tillarni o’qitish jarayonida ta’lim mazmuninig hajmini belgilash
borasida katta ahamiyatga ega.
M a’ n o k o m p o n e n t l a r i n i t a h l i l q i l i s h
metodi. Keyingi 20-25 yillar
ichida so’zlarning ma’no anglatish jihatlarini o’rganishga e’tibor kuchaydi.
So’zlarning ma’nosi ularni farqlovchi s e m a l a r yig’indisidan iborat. Sema
so’zning eng kichik ma’no birligidir.
Masalan: meva- taom; olma- taom;
-ovqat; -ovqat;
- umumiy; - konkret.
Hozirgi kunda tilshunoslikda ma’no komponenti tahlili metodining ikki ko’rinishi
mavjud:
1. So’zning lug’aviy ma’nosini tahlil qilish.
2. Ko’p pog’onali tahlil.
Agar so’zning ma’nosi ochiq, aniq (eksplitsit) ifodalangan bo’lsa tahlilning birinchi
turidan, agar so’zning ma’nosi yashirin (implitsit) tarzda ifodalangan bo’lsa ko’p
pog’onali metoddan foydalangan holda tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: