11 - MA’RUZA. BUG’ HOSIL BO’LISH PROTSESSI
Reja:
1.
Umumiy tushinchalar.
2.
Bug’ hosil bo’lish protsessining p
- diagrammada tasvirlanishi.
3.
Suv bug’ining ts va is –diagrammasi.
1. Umumiy tushinchalar
Suv bug’i bug’ turbinalari, bug’ mashinalari va boshqa bir necha
qurilmalarda ishchi jism, issiqlik almashinuv qurilmalarida esa issiqlik tashuvchi
sifatida keng qo’llaniladi.
Moddaning suyuq holatdan gaz holatiga o’tishi
bug’lanish
deyiladi. Bunda
molekulalarning bir qismi suyuqlik yuzasidan qolgan molekulalarning tortishish
kuchini yengib, uchib chiqadi va atrof - muhitga tarqaladi. Kinetik energiyasi
ancha katta bo’lgan molekulalargina bunday ish bajara oladi.
Agar suyuqlik o’zgarmas bosimda isitilsa, uning molekulalarining barcha
hajm bo’yicha harakat tezligi ortadi va bug’ hosil bo’lish kuchayadi. Suyuqlikning
fizik xususiyatiga va bosimga qat’iy muvofiq keladigan muayyan temperaturada
bug’lanish protsessi qaynash protsessiga aylanadi.
Suyuqlikning faqat erkin sirtidan emas, balki butun hajmi bo’yicha jadal
ravishda bug’ga aylanishi va bug’ pufakchalarining tez hosil bo’lishi va ko’paya
borishi
qaynash
deyladi.
Bug’lanish protsessiga teskari protsess, ya’ni moddaning gaz holatidan
suyuq holatiga o’tishi kondencatlanish deyiladi.
Bosim o’zgarmas bo’lgan paytda kondencatlanish protsessida bug’lanishda
bo’lgani kabi temperatura o’zgarmasdan qoladi.
Agar bug’lanish yopiq idishda ketayotgan bo’lsa, u holda bug’ miqdori
muvozanat qaror topguncha, ya’ni suyuqlik va bug’ miqdorlari o’zgarmas
bo’lguncha ortaveradi. Bu vaqt birligi ichida suyuqlikdan chiqib ketayotgan
zarralar soni shu vaqt ichida suyuqlikka qaytayotgan zarralar soniga teng degan
so’zdir. Suyuqlik bilan muvozanatda turgan bug’
to’yingan bug’
deyiladi.
To’yingan bug’ning temperaturasi u hosil bo’layotgan qaynayotgan suyuqlik
temperaturasiga teng bo’ladi.
Qaynash sodir bo’ladigan temperatura bilan bosim bir-biriga bog’liqdir.
Ular to’yinish temperaturasi va bosimi deyiladi va
m
m
p
t
,
bilan belgilanadi.
Suyuqlik qaynaydigan bosim qanchalik yuqori bo’lsa, qaynash temperaturasi ham
shuncha yuqori bo’ladi.
Temperaturasi va bosimi to’yinish bosimi bilan temperaturasiga teng, lekin
tarkibida suv zarralari bo’lmagan bug’
Dostları ilə paylaş: |