Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


Yuqorida biz tez-tez o ‘zaro almashuvchanlik degan iborani



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   162
1666003133-1

Yuqorida biz tez-tez o ‘zaro almashuvchanlik degan iborani
tilga oldik. X o‘sh, o ‘zaro almashuvchanlik deganda nimani tushu­
namiz?
O ‘zaro almashuvchanlik alohida tayyorlangan detallar, bo‘laklar
va agregatlarning mashina, qurilma yoki asbob kabilarni yig‘ishni
qulay va to ‘siqsiz amalga oshirish xossalarini bildiradi. Bu atama
shu detallar va bo‘laklar buyumga nisbatan texnikaviy talablarni
og‘ishmay bajarilishini ta’minlashi hamdir.
Masalan, standartlashtirishda elektr lampochkasi misolini yana
bir bor eslang. Yoki, kompyuterning disk yuritmasiga diskni
joylayotganimizda «disket (disk) diskovodga sig‘armikan yoki
yo‘qmi» deb deyarli hech kim o ‘ylamasa kerak (3.16-rasm). Vaho-
lanki, aksariyat hollarda disk yurituvchi boshqa korxonada, disk
esa boshqasida ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Endi ushbu
144


3.16-rasm. Disk yurituvchilarning umumiy ko‘rinishi.
moyillikni saqlash uchun nafaqat bir xildagi disklarni ishlab chi­
qarish, balki disk yurituvchilar ham bir talablar asosida ishlab
chiqarilishi shart ekan.
O‘zaro almashuvchanlik quyidagicha bo‘lishi mumkin:
— to ‘liq o ‘zaro almashuvchanlik;
— cheklangan o ‘zaro almashuvchanlik;
— tashqi o ‘zaro almashuvchanlik;
— ichki o ‘zaro almashuvchanlik.
To‘liq o ‘zaro almashuvchanlik — qo‘shimcha ishlovsiz, sozlash
yoki moslashsiz va tanlovsiz buyum yoki qurilmalarni yig‘ish imko-
nini beradigan aniqlikdagi parametrlarni olish va ta’minlashdir.
O‘zaro almashuvchanlikning ushbu turida buyumni yig‘ish va
ta’mirlash va uni avtomatlashtirish ancha osonlashadi, u bilan
bog‘liq sarf-xarajatlar esa kamayadi.

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin