Cheklangan o ‘zaro almashuvchanlik usuli yig‘ish paytida detal- larni guruhlab tanlash (selektiv yig‘ish), kompensatorlarning ishla- tilishi, holatni sozlash, moslash kabi tadbirlar yo‘l qo‘yilishi bilan tavsiflanadi. Tashqi o ‘zaro almashuvchanlik sotib olinadigan buyumlar va bo‘laklarning foydalanish ko‘rsatkichlari, o ‘lchamlari va shakllari bo‘yicha o ‘zaro almashuvchanligi hisoblanadi. Ichki o ‘zaro almashuvchanlik buyumning tarkibiga kiruvchi alohida detallar, bo‘laklar va uzellarning o ‘zaro almashuvchanligini bildiradi. Davlatlararo iqtisodiy munosabatlarning tobora rivojlanib bora- yotganligi va bozor munosabatlari keng tatbiq etilayotganligini 145
hisobga olgan holda o ‘zaro almashuvchanlikning bu turi hozirgi kunlarda juda dolzarb hisoblanadi. O‘zaro almashinuvchanlik — bir buyum, jarayon yoki xizmat o ‘rniga xuddi o ‘sha talablarni bajarish maqsadida boshqa buyum, jarayon yoki xizmatdan foydalanish uchun yaroqliligi (funksional o ‘zaro almashinuvchanlik, geometrik (o ‘lchovli) o ‘zaro alma shinuvchanlik). Bir-biriga moslik — mahsulot, jarayon yoki xizmatning talab larni bajarish uchun berilgan sharoitlarda qo‘shma (birgalikdagi), nomaqbul o ‘zaro ta’sirlarni keltirib chiqarmaydigan foydalanishga yaroqliligi. Tizimlashtirish — predmetlar, hodisalar yoki tushunchalarning belgilangan tartib va ketma-ketlikda joylashishi (alifbo, TST sinflari; MH belgilanishi, afzal sonlar va boshqalar). Tasniflash — tizimlashtirishning bir turi bo‘lib, predmetlar, hodisalar yoki tushunchalarning ularning umumiy belgilariga bog‘liq holda sinflar, kichik sinflar, razryadlar bo‘yicha joylashishi.