lampalarda ishlovchi, ikki-uch xonali uylarning o ‘lchamidek bo‘l- gan. Birxillashtirish va agregatlashtirishni qo‘llash natijasida ular ning o ‘lchami keskin kichraydi. Yangi elektron texnologiyalarning rivojidan keyin esa hozirgi siz foydalanadigan o ‘lchamlarga ega bo‘ldi. Agar kompyuteringizning disk yurituvchi qurilmasi ishdan chiqqan bo‘lsa, o ‘rniga bemalol boshqasini o ‘rnatishingiz mumkin. 140
Kompyuterning ichida hech qanday radiomontaj ishlari qilish shart emas. O ‘rnatish joylari ham yangisinikiga mos keladi. Bu narsalar oddiydek tuyuladi. Lekin buning tagida qanchalar katta mehnat, izlanishlar, tajribalar yotganini ko‘z oldiga keltirish qiyin. Avtomatik ishlab chiqarish va agregatli stanoklarni yaratish bo‘yicha yig‘ilgan stanoksozlik ishlar tajribasi qurilma konstruk- siyasining ko‘plab elementlarini standartlashtirish qamrab olingan- ligini tasdiqlash imkonini beradi. Stanok ishlab chiqaruvchi zavodlar ishlab chiqargan stanoklardan iste’molchi-zavodlar standart va unifikatsiyalashgan elementlardan foydalanib, ko‘plab avtomatlash- tirilgan stanoklar va avtomatik ishlab chiqarish yaratishgan (3.13, 3.14, 3.15-rasmlar). Standart elementlardan agregatli stanoklarning muhim afzalligi ularni tezlik bilan qayta komponovkalash imkoniyati hisoblanadi. Ishlab chiqarish obyekti smenasida xuddi shunday standart ele mentlardan stanoklar tekshirib ko‘riladi va stanoklarning yangi komponovkasi yig‘iladi. 3.7.4. Modullashtirish Modullashtirish — unifikatsiyalangan uzellar va agregatlardan foydalanib mashina, asbob, apparatura va boshqarlarni yaratish usulidir. Modul deganda qat’iy qayd qilingan parametrlarni (vazifa-