o ‘zaro o ‘lchamlari bilan farqlanishi mumkin. Masalan, metr, fut va duym uzunlikning birliklari bo‘lib, quyidagicha o ‘lchamlarga ega: 1 fut = 0,3048 m, 1 duym = 25,4 mm. Kattalikning birligi ham kattalikning o ‘ziga o ‘xshash asosiy va hosilaviy birliklarga bo‘linadi. Kattalikning asosiy birligi deb, birliklar tizimidagi ixtiyoriy ravishda tanlangan asosiy kattalikning birligiga aytiladi. Bunga misol qilib, LMT kattaliklar tizimiga to‘g ‘ri kelgan MKS birliklar tizimida metr, kilogramm, sekund kabi asosiy birliklarni olishimiz mumkin. Hosilaviy birlik deb, berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan, ta ’riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga aytiladi. Hosilaviy birlikka misol qilib, 1 m /s — xalqaro birliklar tizimidagi tezlik birligini; 1 N = 1 k g m /s2 kuch birligini olishimiz mumkin. Xalqaro birliklar tizimi. 1960-yili o ‘lchov va og‘irliklarning XI Bosh konferensiyasi Xalqaro birliklar tizimini qabul qilgan, mamlakatimizda bu tizim SI (SI — Systeme international) xalqaro tizimi deb yuritiladi. Keyingi bosh konferensiyalarda SI tizimiga bir qator o ‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, hozirgi holati va birliklarga qo‘shimchalar va ko‘paytirgichlar haqidagi ma’lumotlar 2.1- va 2.2-jadvallarda keltirilgan. Kattaliklarning birliklarini belgilash va yozish borasida standart- lar asosida m e’yorlangan tartib va qoidalar mavjud. Bu qoidalar va tartiblar O‘z DSt 8.012:2005 standartida atroflicha yoritilgan. Xalqaro birliklar tizimi (SI)ning hosilaviy birliklari. SI ning hosilaviy birliklari SI ning kogerent hosilaviy birliklarini hosil qilish