liligi; n, m, k, ... — o ‘lchamlilikning daraja ko‘rsatkichi. Har bir o ‘lchamlilikning daraja ko‘rsatkichi musbat yoki man- fiy, butun yoki kasr songa yoxud nolga teng bo‘lishi mumkin. Agar barcha daraja ko‘rsatkichlari nolga teng bo‘lsa, u holda bunday kattalikni o‘lchamsiz kattalik deyiladi. Bu kattalik bir nom- dagi kattaliklarning nisbati bilan aniqlanadigan nisbiy (masalan, dielektrik o ‘tkazuvchanlik), logarifmik (masalan, elektr quvvati va kuchlanishining logarifmik nisbati) bo‘lishi mumkin. O‘lchamliliklarning nazariyasi, odatda, hosil qilingan ifoda (for- mula)larni tezda tekshirish uchun juda qo‘l keladi. Ba’zan esa bu tekshirish noma’lum bo‘lgan kattaliklarni topish imkonini beradi. 34
Kattaliklarning birliklari. Muayyan obyektni tavsiflovchi katta lik shu obyekt uchun xos bo‘lgan miqdor tavsifiga ega ekan, bu kabi obyektlar o ‘zaro birgalikda ko‘rilayotganda faqat mana shu miqdor tavsiflariga ko‘ra tafovutlanadi. Buning uchun esa solishti- rilayotganda obyektlararo biror-bir asos bo‘lishi lozim. Bu asosga solishtirish birligi deyiladi. Aynan mana shunday tavsiflash asos- lariga kattalikning birligi deb nom berilgan. Ko‘rilayotgan fizikaviy obyektning ixtiyoriy bir xossasining miqdor tavsifi bo‘lib uning o ‘lchami xizmat qiladi. Lekin «uzunlik o ‘lchami», «massa o ‘lchami», «sifat ko‘rsatkichining o ‘lchami» degandan ko‘ra «uzunligi», «massasi», «sifat ko‘rsatkichi» kabi iboralarni ishlatish ham leksik, ham texnikaviy jihatdan o ‘rinli bo‘ladi. O‘lcham bilan qiymat tushunchalarini bir-biri bilan adash- tirmaslik kerak. Masalan, 100 g, 105 mg, 10—